{"id":21999,"date":"2022-03-18T15:01:42","date_gmt":"2022-03-18T12:01:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21999"},"modified":"2022-03-18T15:01:44","modified_gmt":"2022-03-18T12:01:44","slug":"chumolilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chumolilar\/","title":{"rendered":"CHUMOLILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>CHUMOLILAR (Formicidae) \u2014 pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin bo&#8217;g&#8217;imlari ingichkalashib, ko&#8217;krak bilan qo&#8217;shiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jag&#8217;lari kuchli rivojlangan (kemiruvchi og&#8217;iz organlari). Chumolilar jamoa (oila) bo&#8217;lib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko&#8217;p minglab ishchi Chumolilar, qanotli o&#8217;nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo&#8217;ladi. Erkak Chumolilar faqat ko&#8217;payish davrida paydo bo&#8217;lib, urug&#8217;lanishdan so&#8217;ng o&#8217;lib ketadi. Ishchi Chumolilar jinsiy organlari rivojlanmagan urg&#8217;ochilardan iborat. Ona Chumolilar urchish davrida paydo bo&#8217;ladi; urchishdan so&#8217;ng qanotini tashlab, tuxum qo&#8217;ya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi Chumolilar oilani oziq bilan ta&#8217;minlaydi, uyani qo&#8217;riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saklaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi. Chumolilar polimorfizmining boshqarilishi urg&#8217;ochilarining har xil kattalikda tuxumlar qo&#8217;yishi, lichinkalarining rivojlanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi, lichinkalarni oziqlantiruvchi boshchi Chumolilarning fiziologik holati yoki hatti-harakati va boshqa omillar bilan bog&#8217;liq. Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo&#8217;yuvchi urg&#8217;ochisi bilan ishchi Chumolilar o&#8217;rtasida kimyoviy sezgi orqali bog&#8217;lanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, Feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o&#8217;zlari oziqlanadigan joylari bo&#8217;ladi. Bir qancha Chumolilar turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o&#8217;zaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda o&#8217;zlariga tegishli hududni qo&#8217;riqlashadi. Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yog&#8217;ochxo&#8217;r Chumolilar) uya quradi. Ba&#8217;zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uyayasaydi. Chumolilar tuproqdajuda murakkab, ko&#8217;p kamerali in quradi. Sariq o&#8217;rmon Chumolilarining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat. Inning yer osti qismida 1-3 metr chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan yo&#8217;laklar bo&#8217;ladi; bu yerda ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari rivojlanadi. Bir qancha tropik Chumolilar barglarni tikib uya yasaydi. Tropik mintaqalarda tarqalgan daydi Chumolilar uyasi bo&#8217;lmaydi. Chumolilar turli xil hasharotlar, o&#8217;simliklar urug&#8217;i, shuningdek, gul nektari, o&#8217;simlik shiralari va koktsidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. Ko&#8217;pchilik turlari o&#8217;z uyasida oziq bo&#8217;ladigan hasharotlar va zamburug&#8217;larni ko&#8217;paytiradi. Ayrim Chumolilarning o&#8217;z ishchilari bo&#8217;lmaydi. Ular boshqa oilaga mansub turdan ishchi Chumolilarni o&#8217;g&#8217;irlab olib kelishadi. Bir qancha turlari (mas, sariq o&#8217;rmon chumolisi) zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. O&#8217;rta Osiyo faunasida Chumolilarning 100 ga yaqin turi uchraydi. Cho&#8217;l zonasida tarqalgan Faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi o&#8217;simliklar doni, nektar bilan, cho&#8217;l va dashtlarda tarqalgan qir chumoli o&#8217;simliklar doni bilan oziklanadi; bog&#8217; qora chumolisi shira bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni yalaydi; ularni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi bilan qishloq xo\u2019jaligiga ziyon keltiradi. Xonadonlarda ko&#8217;p uchraydigan sariq Fir&#8217;avn chumolisi shirinlik va yog&#8217;li oziq-ovqat mahsulotlarini yeydigan zararkunanda hisoblanadi. Ad.: Mavlonov O., Xurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998; Nasekomie Uzbekistana, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHUMOLILAR (Formicidae) \u2014 pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin bo&#8217;g&#8217;imlari ingichkalashib, ko&#8217;krak bilan qo&#8217;shiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jag&#8217;lari kuchli rivojlangan (kemiruvchi og&#8217;iz organlari). Chumolilar jamoa (oila) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chumolilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21999","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21999","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21999"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21999\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22001,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21999\/revisions\/22001"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21999"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21999"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21999"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}