{"id":22042,"date":"2022-03-19T15:16:23","date_gmt":"2022-03-19T12:16:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22042"},"modified":"2022-03-19T15:16:25","modified_gmt":"2022-03-19T12:16:25","slug":"chirchiq-vodiysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chirchiq-vodiysi\/","title":{"rendered":"CHIRCHIQ VODIYSI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIRCHIQ VODIYSI &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshandagi vodiy, Toshkent viloyati hududida. Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shimol G&#8217;arb va shimolda Qorjontov va Ugom tizmalari, shimoliy Sharq va sharqda Talas Olatovi, Janubi Sharqda esa Chatqol tizmasi bilan o&#8217;ralgan. Janub va Janubiy g&#8217;arbiy qismlari tekislikka tutashgan. Uzunligi Alizar ko&#8217;tarilmasidan (Janubiy G&#8217;arb tomon) Sirdaryogacha 135 kilometr. Kengligi vodiy toraygan joylarda 80-100 metr, o&#8217;rta qismida 35-40 kilometrgacha. Vodiyning eng tor joyi (Chorvoq qisig&#8217;i yoki Chorvoq darvozasi) ga to&#8217;gon, suv ombori qurilgan. Chirchiq daryosining quyi oqimi tomon terrasa (ko&#8217;hna qayir) pog&#8217;onalari pasayib boradi va daryo vodiysining chegaralarini aniq payqash qiyin. Piskom va Chatqol daryolari qo&#8217;shilgan joydan Chirchiq shahrigacha bo&#8217;lgan hudud Chirchiq botig&#8217;idan iborat. Paleogen davrida Chirchiq vodiysi o&#8217;rnida dengiz bo&#8217;lgan. Chirchiq daryosining bir necha terrasalari buni isbotlaydi. Ushbu hududda tektonik harakatlar davom etmoqda. Yer yuzasidaga yangi tektonik harakatlar differentsial xarakterga ega. Tektonik jihatdan Chirchiq vodiysi grabensinklinal, yon-atrofdagi tizmalar gorst antiklinaldir. Ular gersin burmalanishi davrida shakllangan. Neogen to&#8217;rtlamchi davr yangi tektonik harakatlar ta&#8217;sirida hozirgi ko&#8217;rinishini olgan. Vodiy hududida bo&#8217;r, paleogen, neogen va to&#8217;rtlamchi davr yotqiziqlari (konglomerat, qum aralash shag&#8217;al toshlar, lyosslar) keng tarqalgan. Chirchiq vodiysining iqlimi kontinental, yozi issiq, qishi mo&#8217;tadil. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 11,6\u00b0-13,8\u00b0, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u20142 dan \u2014 2,9\u00b0 gacha. Eng past temperatura -29\u00b0, -33\u00b0 dekabr \u2014 yanvar oylarida kuzatiladi. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 23,9\u201426,8\u00b0, yoz faslining ba&#8217;zi kunlari temperatura 44\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Yillik yog&#8217;in vodiyning Janubiy g&#8217;arbiy qismida 300 millimetr, o&#8217;rta qismida esa 1000 millimetrdan ziyod. Tog&#8217;larda ko&#8217;proq qor, vodiyning o&#8217;zida yomg&#8217;ir va qor yog&#8217;adi. G&#8217;azalkent va Chirchiq shaharlari atroflarida yillik yog&#8217;inning 35-40% bahor oylariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Asosiy daryolari \u2014 Chirchiq va uning irmoqlari: Ugom, Oqsoqotasoy va boshqalar, vaqtincha oqar soy ham ko&#8217;p. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida suvning yemirish faoliyati kuchli, bahor va yoz boshlarida sel keladi, surilmalar sodir bo&#8217;ladi. Chirchiq vodiysida asosan, bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Tog&#8217; tizmalariga yaqin qismlarida qo&#8217;ng&#8217;ir, daryo bo&#8217;ylarida o&#8217;tloq, ekinlar ekiladigan erlarda agroirrigatsion tuproqlar mavjud. Bu tuproqlarda o&#8217;simliklardan bug&#8217;doyiq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, qorabosh, yong&#8217;oq, do&#8217;lana, betaga, tol, terak va boshqalar o&#8217;sadi. Vodiyning tekislik qismlarini, asosan, madaniy landshaftlar egallagan. Paxta, beda, g&#8217;alla, sabzavot va boshqa ekinlar ekiladi. Bog&#8217;dorchilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi hayvonlardan tog&#8217; echkisi, bo&#8217;ri, tulki, sug&#8217;ur, yumronqoziq, turli xil qushlar, sudralib yuruvchilardan ilonlar va boshqalar; suvlarda baliqlar bor. Chirchiq vodiysi aholisi zich hudud bo&#8217;lib, unda Toshkent, shuningdek, Chirchiq, Yangiyo&#8217;l, Bektemir, G&#8217;azalkent, Chinoz kabi shaharlar joylashgan. Chirchiq vodiysi mamlakatning iqtisodiyoti rivojlangan rnlaridan. Tog&#8217;li qismlarida sanatoriy va dam olish zonalari mavjud. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIRCHIQ VODIYSI &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshandagi vodiy, Toshkent viloyati hududida. Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shimol G&#8217;arb va shimolda Qorjontov va Ugom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chirchiq-vodiysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22042","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22042"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22044,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22042\/revisions\/22044"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22042"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22042"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22042"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}