{"id":22056,"date":"2022-03-19T15:32:42","date_gmt":"2022-03-19T12:32:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22056"},"modified":"2022-03-19T15:32:43","modified_gmt":"2022-03-19T12:32:43","slug":"chita-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chita-viloyati\/","title":{"rendered":"CHITA VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHITA VILOYATI \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 26 sentabrda tashkil qilingan. Baykalortida joylashgan. Chita viloyati Aga Buryapglari muxtor okrugini o&#8217;z ichiga oladi. Maydoni 431,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1156,2 ming kishi (2002), asosan, rus, buryatlar, shuningdek, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64%. 31 ma&#8217;muriy tuman, 10 shahar, 45 shaharcha bor. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Chita shahri. Boshqa yirik shaharlari: Krasnokamensk, Borzya. Relefida o&#8217;rtacha balandlikdagi tog&#8217;lar (balandligi 3072 metr) va ularni bo&#8217;lib turgan soylik ko&#8217;p. Shimolda tog&#8217;lar 3072 metrgacha ko&#8217;tarilgan (kodar tizmasi). Janubda keng Ononbo&#8217;yi tekisligi bor. Foydali qazilmalari: qalay, oltin, polimetallar, mis, molibden, volfram, temir rudalari, toshko&#8217;mir va qo&#8217;ng&#8217;ir kumir, magnezit va boshqa konlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Qishi quyoshli, quruq va sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -26\u00b0, -33\u00b0. Yozi iliq, qisqa. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 17-21\u00b0. Yiliga 240-400 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 120-160 kun. Muzloq yer ko&#8217;p. Asosiy daryolari: Shilka va Argun (Amur irmoqlari), xilok va Chikoy (Selenga irmoqlari), Olyokma va Vitim (Lena irmoqdari). Yirik ko&#8217;llari: Katta Leprindo, Leprindokan, Nichatka, Chita ko&#8217;llari guruhi, Kenon, Zun Torey, Barun Torey. Mineral suvlar bor. Chita viloyati o&#8217;rta tayga va dasht zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, tog&#8217;tayga, podzol; dashtlarda qoratuproq va kashtan tuproq; tog&#8217;lararo soyliklarda o&#8217;tloq muzloq va o&#8217;tloq qora tuproq. Hududining 50% dan ziyodini tog&#8217; tayga o&#8217;rmonlari (Dauriya tilog&#8217;ochi, qarag&#8217;ay, kedr, qayin) egallaydi. Janubda va soyliklarda turli xil o&#8217;tli dashtlar bor. O&#8217;rmonlarda sobol, kolonok, tiyin, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, silovsin, shim. bug&#8217;usi, izyubr va boshqalar, o&#8217;rmonli dasht va dasht rayonlarda bo&#8217;rsiq, bo&#8217;ri, olasichqon, quyon, yumronqoziq va boshqalar yashaydi. Qushlardan karkur, kaklik, turna va boshqalar mavjud. Daryolarda baliqning noyob turlari (Omul, osetr, taymen, sig va boshqalar) bor. Viloyat hududida Dauriya va Soxonda qo&#8217;riqxonalari joylashgan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (oltin, molibden, qalay, qo&#8217;rg&#8217;oshinrux, polimetall, ko\u2019mir qazib olish), qora metallurgiya, mashinasozlik (yog&#8217;ochsozlik stanoklari, kemasozlik zavodlari). O&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Chita, Petrovsk Zabaykalskiy, Krasnokamensk, Baley, Borzya. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 chorvachilik (mayin junli va yarim mayin junli qo&#8217;ychilik, qoramolchilik), shimolda bug&#8217;uchilik va mo&#8217;ynachilik. Donli ekinlar (bug&#8217;doy, suli, arpa), kartoshka, sabzavot va boshqalar ekiladi. Temir yo\u2019llar (Transsibir temir yo\u2019l magistrali), avtomobil transporti rivojlangan. Chitala xalqaro aeroport bor. Shilka daryosida kema qatnaydi. Bir nechta o&#8217;rta maxsus bilim yurti, 3 oliy o&#8217;quv yurti, ilmiy tadqiqot institutlari, 4 muzey, 2 teatr faoliyat ko&#8217;rsatadi. 30 dan ziyod kurort va dam olish muassasalari ishlab turibdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHITA VILOYATI \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 26 sentabrda tashkil qilingan. Baykalortida joylashgan. Chita viloyati Aga Buryapglari muxtor okrugini o&#8217;z ichiga oladi. Maydoni 431,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chita-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22056","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22056","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22056"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22056\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22060,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22056\/revisions\/22060"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22056"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22056"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22056"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}