{"id":22146,"date":"2022-03-19T19:51:53","date_gmt":"2022-03-19T16:51:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22146"},"modified":"2022-03-19T19:52:06","modified_gmt":"2022-03-19T16:52:06","slug":"chigatoy-ulusi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chigatoy-ulusi\/","title":{"rendered":"CHIG&#8217;ATOY ULUSI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIG&#8217;ATOY ULUSI \u2013 Chingizxon tomonidan 2-o&#8217;g&#8217;li Chig&#8217;atoy va uning merosxo&#8217;rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig&#8217;atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o&#8217;z ichiga qamrab olgan. Ko&#8217;chmanchilik bilan shug&#8217;ullanuvchi mo&#8217;g&#8217;ullarning o&#8217;troq aholini boshqarish tajribasi yo&#8217;kligi bois Chig&#8217;atoyxon o&#8217;ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, so&#8217;ngra uning o&#8217;g&#8217;li Mas&#8217;udbekka (1238-89) topshiradi. O&#8217;zi esa umrining oxirigacha ukasi O&#8217;ktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat ko&#8217;rsatadi. Chig&#8217;atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumga jo&#8217;natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo&#8217;shin xarajatlari yo&#8217;lida sarf qilish huquqiga ega bo&#8217;lgan. Chig&#8217;atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo&#8217;g&#8217;ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo&#8217;g&#8217;ul bosqoqlari, dorug&#8217;alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo&#8217;lgan soliqlardan tashqari mo&#8217;g&#8217;ullar joriy qilgan yangi soliq va o&#8217;lponlarni to&#8217;lashga majbur edi. Oxir-oqibat Chig&#8217;atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo&#8217;g&#8217;ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo&#8217;zg&#8217;olonlar bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Chig&#8217;atoy vafotidan so&#8217;ng mangu qoon va Botuxon Chig&#8217;atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni tuli va Jo&#8217;ji vorislari o&#8217;rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo&#8217;lib o&#8217;tgan qurultoyda mangu qoon etib saylangach, Chig&#8217;atoy xonzodalarning ko&#8217;pchiligi O&#8217;ktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig&#8217;atoy ulusini mangu qoon va Botuxon bo&#8217;lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo&#8217;lib qolgan. 13-asrning 60-yillarida Chig&#8217;atoyning 6-farzandi Baydarning o&#8217;g&#8217;li Olg&#8217;u (1261-65) chig&#8217;atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg&#8217;u vafot etgach, uning vorislari \u2014 Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo&#8217;lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chig&#8217;atoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga \u2014 Ohangaronga ko&#8217;chiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu ko&#8217;rsatmasiga muvofiq Mas&#8217;udbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Farg&#8217;ona vodiysida yangi shahar \u2014 Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318-26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga ko&#8217;chiriladi, qadimgi Nasaf yaqinida qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi ma&#8217;muriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Farg&#8217;ona va Qashqarda \u2014 o&#8217;rchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi \u2014 kebakiyga o&#8217;tiladi. Ammo mo&#8217;g&#8217;ul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida o&#8217;tkazilgan ma&#8217;muriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoqlikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr o&#8217;rtalarida Chig&#8217;atoy ulusi Movarounnahr va Mo&#8217;g&#8217;ulistonta bo&#8217;linib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining o&#8217;rnatilishi chig&#8217;atoiylar hokimiyatiga barham berdi. Ad.: Rashid addin, Sbornik letopisey, t.Dkn.2), t.2, M.L., 1952,1960; Bartold V.V., Sochineniya, t.2(ch.2), M, 1964; Mirzo Ulug&#8217;bek, to&#8217;rt ulus tarixi, T., 1996;Abulg&#8217;oziy, Shajarayi turk, T., 1992; O&#8217;zbekiston xalqlari tarixi, 1J., T., 1992. Hamidulla Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIG&#8217;ATOY ULUSI \u2013 Chingizxon tomonidan 2-o&#8217;g&#8217;li Chig&#8217;atoy va uning merosxo&#8217;rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig&#8217;atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o&#8217;z ichiga qamrab olgan. Ko&#8217;chmanchilik bilan shug&#8217;ullanuvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chigatoy-ulusi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22153,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22146\/revisions\/22153"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}