{"id":22165,"date":"2022-03-19T20:01:22","date_gmt":"2022-03-19T17:01:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22165"},"modified":"2022-03-19T20:01:23","modified_gmt":"2022-03-19T17:01:23","slug":"chodak-oltin-koni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chodak-oltin-koni\/","title":{"rendered":"CHODAK OLTIN KONI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHODAK OLTIN KONI \u2013 Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, shuningdek, bir qancha mayda oltinkumushli namoyonlarni qamrab olgan. Qurama tog&#8217; tizmalarining Janubiy yon bag&#8217;rida, Qo&#8217;qon shahridan 65 kilometr, Namangandan 73 kilometr masofada Chodak daryosi vodiysining o&#8217;rta qismida joylashgan. Kon 1953 yilda ochilgan. Oltin rudalari kvarsoltinli sanoat turiga mansub, kumush keng tarqalgan. Maydon yer po&#8217;stining yirik Ugom Qumbel va shimoliy Farg&#8217;ona siniqlari tutashgan, yuqori paleozoy vulkanizmi jarayonlari keng rivojlangan (60% dan ko&#8217;proq maydonni egallaydi) hududda joylashgan. Maydon tuzilishini bir necha omillar \u2014 turli yo&#8217;nalishlarda rivojlangan yirik siniqlar (Anjur, Chelpaksoy, Jo&#8217;lasoy, Chodakboshi, Pirmirob, Guzoqsoy, Oqbulokgqoraqo&#8217;ton va hokazolar) va ularning shoxobchalari murakkablashtirgan O&#8217;riklik qubba ko&#8217;tarilmasi, Chodak siniqoldi cho&#8217;kmasi hamda ushbu strukturalarga quyundi (S3 R,) porfirli granitoid intruziyasining joylashuvi (30% dan ziyodroq maydonni egallagan) belgilaydi. Ruda tanalarining joylashuvi, asosan, fanitoidlar ta&#8217;sirida skarnlashgan, berezitlashgan jinslar, argillizitlar, kvarsadulyar metasomatitlar orasida turli siniqlar bilan belgilangan bo&#8217;lib, ular plitasimon, murakkab tomir va tomirsimon, linza va ustunsimon shakllarda uchraydi. Ruda tanalarining uzunligi 1000 metrgacha, qalinligi 10 metrgacha, bir necha yuz metr chuqurlikkacha tarqalgan. Oltinning miqdori 30-40 gramm\/tonna (o&#8217;rtacha 5-6 gramm\/tonna), kumushniki 2200 gramm\/tonnagacha (o&#8217;rtacha 30-80 gramm\/tonna) yetadi. Asosiy rudali minerallari: pirit, arsenopirit, xalkopirit, kleofan, galenit, tennantit. Sfalerit, magnetit, gematit, pirargillit, freybergit, polibazit, galenit, allargentum va boshqalar ham uchraydi. Uning asosiy qismi \u2014 elektrum shaklida, bir necha (6 tagacha) generasiyasi mavjud; kyustelit ham uchraydi. Rudani yer osti usulida kazib olish qulay. Oltin ajratib olishning eng oson usuli \u2014 to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri tsianlashtirishdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHODAK OLTIN KONI \u2013 Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, shuningdek, bir qancha mayda oltinkumushli namoyonlarni qamrab olgan. Qurama tog&#8217; tizmalarining Janubiy yon bag&#8217;rida, Qo&#8217;qon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chodak-oltin-koni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22165","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22165","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22165"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22165\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22169,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22165\/revisions\/22169"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22165"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22165"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22165"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}