{"id":22203,"date":"2022-03-21T20:26:41","date_gmt":"2022-03-21T17:26:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22203"},"modified":"2023-03-20T07:03:55","modified_gmt":"2023-03-20T04:03:55","slug":"navrozning-yangilanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/navrozning-yangilanishi\/","title":{"rendered":"Navro\u2019zning yangilanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tabiatda tun va kunning teng bo\u2019lishi, bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro\u2019z bayrami o\u2019tgan davrlarda muayyan taqiqlarga duch kelsa-da, u xalq istagi bilan qayta tiklandi va 1990 yildan boshlanib, mamlakatimizning rasmiy bayramiga aylantirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvallari Navro\u2019z tabiat uyg\u2019onishi, yangi qishloq xo\u2019jalik mavsumini shodu-xurramlik bilan kutib olish tantana bo\u2019lgan bo\u2019lsa, u 90-yillardan boshlab yangilangan Navro\u2019z sifatida tabiat va inson o\u2019rtasidagi munosabatlarni uyg\u2019unlashtiruvchi, tabiat go\u2019zalliklari va boyliklarini saqlash, ko\u2019paytirishga da\u2019vat etuvchi, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko\u2019kalamzorlashtirish, inson mehnatini ulug\u2019lash kabi ulug\u2019vor ishlarni amalga oshirishga chaqiruvchi tadbirga aylandi. Zamonaviy mohiyat kasb etgan yangicha Navro\u2019z mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun avvalo, uning 90-yillarda respublikamizning turli hududlaaridagi tiklanish tajribalari bilan tanishish lozim. Chunki bu bayram turli joylarda mahalliy sharoit va mavjud imkoniyatlar asosida rang-barang usul, shakllarda yangilana boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019onada Navro\u2019z arafasida hamma joyda hovlilar, uylar, ko\u2019chalar tozalanib, bezatiladi. Kechki payt esa, kishilar bir-birlarinikiga mehmonga borib, keksalar ziyorat qilinadi, ota-onalar, ustozlar va tabarruk kishilardan xabar olinadi, o\u2019zaro aralashgan, gina-qudurat qilganlar yaratishriladi va hokazo. Farg\u2019ona viloyatining ko\u2019pgina qishloqlarida ham Navro\u2019z bayramini tashkil qilish juda yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yilib, u ikki kun davomida o\u2019tkaziladi. Odatda, bayram \u201cBahorxonim\u201d ning o\u2019z dugonalari bilan bezatilgan ochiq mashinada aholi yashaydigan ko\u2019chalarni karnay-surnay sadolari jo\u2019rligid aylanishi bilan boshlanadi. \u201cBahorxonim\u201d qishloq yoki mahallaning markaziy maydonlarida to\u2019xtab, o\u2019lkaga bahor kirib kelgani bilan aholini tabriklaydi, hammani Navro\u2019z bayrami tantalari bo\u2019ladigan joyga taklif qiladi. Shundan so\u2019ng joylarda o\u2019yin-kulgilar uyushtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayramning ikkinchi qismi madaniyat va istirohat bog\u2019ida \u201cBahorxonim\u201d va uning dugonalarini tantanali kutib olish bilan boshlanadi. Keyin \u201cBahorxonim\u201d va mehmonlar maxsus bezatilgan minbarga ko\u2019tarilishadi. \u201cBahorxonim\u201d bayram qatnashchilariga shodlik, do\u2019stlik va obodonchilikka oid o\u2019z shartlarini aytadi. So\u2019ng oldidan belgilangan joyda \u201cBahorxonim\u201d birinchi bo\u2019lib niholni ekadi. Bayramning boshqa qatnashchilari ham daraxt o\u2019tqazishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navro\u2019zning uchinchi qismida bahor kirib kelishi, yangi hosil yili boshlanishiga bag\u2019ishangan tematika dastur (ommaviy tomosha yoki teatrlashtirilgan konsert) namoyish qilinadi. Buning uchun sahna bayramga mos bezatiladi va uning atrofiga stol-stullar qo\u2019yiladi. Dasturxonlar yalpiz, ko\u2019k piyoz, ko\u2019katli somsalar va patirlar, meva sharbatlari, lazzatli an\u2019anaviy taom bo\u2019lgan sumalak bilan bezatiladi. Bayramning teatrlashtirilgan dasturidan bahorga bag\u2019ishlangan mushoiralar, qo\u2019shiq va raqslar, askiya va intermediyalar, ilg\u2019or ishchilar, faxriylar va yoshlarning tabrik nutqlari ham o\u2019rin oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navro\u2019z bayramining keyingi qismi ommaviy sayillar, xalq o\u2019yinlari, sport musobaqalariga (kurash, otchopar o\u2019yinlar, shaxmat-shashka kabilarga) ulanib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quvada Navro\u2019z har yili an\u2019anaviy tarzda, maxsus ssenariy asosida tashkil qilinadi. Badiiy havaskorlik jamoalari konsertlar berishadi. Tomoshalar, xalq o\u2019yinlari, sport musobaqalari o\u2019tkazilib, ushbu bayram haqiqiy xalq sayliga aylanib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ham Navro\u2019z \u201cBahorxonim\u201d va dugonalarning mahalla ko\u2019chalarini aylanishi, aholini tabriklashi bilan boshlanib, joylarda o\u2019yin-kulgi uyushtirishi hamda daraxtlar o\u2019tkazish kabi marosimlardan tashkil topadi. So\u2019ng Navro\u2019zga bag\u2019ishlangan tomoshalar, sayillar, musobaqalar, ommaviy o\u2019yinlar va bazm uyushtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qashqadaryo viloyatida Navro\u2019z bayrami mehnat ilg\u2019orlariga mukofotlar, Navro\u2019z arafasida tug\u2019ilgan chaqaloqlarning ota-onalariga guvohnomalar, voyaga yetgan yoshlarga passport topshirish kabi turli marosimlarga bog\u2019lab o\u2019tkazilgan. Bunday marosimlar Navro\u2019z bayrami mazmunini yanada boyitib, uning g\u2019oyaviy-estetik ta\u2019sirchaligini oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navro\u2019z bayrami Qashqadaryo viloyatining Arabxona qishlog\u2019ida ham katta tantana bilan o\u2019zgacha tartibda nishonlanadi. Bu yerdagi urf-odatlar, an\u2019analar o\u2019zining qiziqarligi bilan kishini rom qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navro\u2019zdan ikki kun oldin kechqurun karnay-surnaylar, nog\u2019ora-tanburlar chalinib, jarchilar tepalik ustidan turib e\u2019lon qiladilar. 20 mart esa ertalab soat 7:00 dan boshlab butun arabxonaliklar turli-tuman taomlar pishirib gilam-ko\u2019rpacha, dasturxon, choynak-piyolalari bilan baland tepalik ustiga chiqishadi. Yangi kelin olgan qaynona va qaynotalar Navro\u2019zdan uch kun oldin o\u2019rik turshagidan sharbat tayyorlab qo\u2019yishadi. 20-martda tepalik ustiga katta dasturxon yoyib, bitta qo\u2019y so\u2019yib, dasturxon bezab, barcha kelin tomonning qarindosh-urug\u2019larini chaqirib, ularga bir kosa o\u2019rik sharbatidan \u201cGumingba\u201d suzib berishadi. Keyin qo\u2019y go\u2019shtidan tayyorlangan shirin, mazali oshga taklif etadilar. Bu odatni barcha yangi kelin olgan qaynona-qaynotalar bajarishadi. O\u2019rik sharbati berishning ramziy ma\u2019nosi \u2013 qishda a\u2019zoyi badanlarimizda qolgan boylarni haydab chiqarsin deb kelgan mehmonlarga birinchi haydab chiqarsin deb kelgan mehmonlarga birinchi o\u2019rik sharbatini berishadi. Ikkinchi, oshga taklif etishning ramziy ma\u2019nosi barcha ichak-chavog\u2019im izni yog\u2019lasin, degan ma\u2019noda toza zig\u2019ir yog\u2019idan va qo\u2019y go\u2019shtidan qilingan oshga taklif qilishaid Shu kuni barcha Arabxona qishlog\u2019i aholisi tepalik ustida yig\u2019ilib, ovqatlanib, o\u2019yin-kulgi qilishadi. Kimdir doira chertsa, kimdir tor chaladi, kimlar qo\u2019shiq aytadi, kimlar raqsga tushadi. Shunday qilib o\u2019sha kuni san\u2019atkorlar ham, raqqosalar ham xalq ichidan chiqadi. Chetdan san\u2019atkorlar taklif qilinmaydi. Navro\u2019z bazmi kechgacha davom etadi. Bu bazmning o\u2019z qonun-qoidalari bor: odamlar tepalikka chiqmasdan 3 kun oldin uydagi barcha gilam \u2013 ko\u2019rpacha, parda, qozon-tovoq kabi narsalarni yuvib, quritib hamma joylarini toza-ozoda tutib, kiyimlarini yuvib, dazmollab qo\u2019yishadi. Hamma odamlar tozalikka rioya qiladi va uchinchi kun tepalikka chiqishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahrisabz Navro\u2019z bayrami dasturida O\u2019rta Osiyoning buyuk allomalari \u2013 Firdavsiy, Beruniy, Umar Hayyom, Navoiy, Zavqiy, Muqimiylarning Navro\u2019z haqidagi fikrlari, she\u2019rlaridan keng foydalaniladi. Navro\u2019zning bunday tarzda o\u2019tkazilishi ham ilmiy, ham madaniy, ham amaliy ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Forishda Navro\u2019z bayrami tabiat qo\u2019ynida o\u2019tkaziladi. Tuman markazi aholisi Navro\u2019z kuni ertalabdan bayram o\u2019tkaziladigan joyga yo\u2019l olishadi. Bayramning ochilish qismida tuman rahbarlari, ilg\u2019or chorvadorlar, dehqonlar so\u2019zga chiqadi. So\u2019ng tuman madaniyat uyi qoshidagi \u201cChorvador\u201d xalq ansambli, \u201cChuchnoma\u201d folklore jamoasi, Toshpo\u2019latovlar oilasi ansambli, 6-hunar-texnika bilim yurti havaskor qizlari katta bayram konsertini tomoshabinlar e\u2019tiboriga havola etishadi. Undan keyin kurash, arqon tortish, ot sporti musobaqalari, xalq o\u2019yinlari boshlanadi. Ko\u2019pgina oilalar bayram bo\u2019layotgan joyga turli taomlar tayyorlab chiqishadi. Tushlik vaqtida ular tabiat qo\u2019ynida dasturxonlar yozib, yoru do\u2019stlari, qarindosh-urug\u2019lari va tanish-bilishlarini ziyofatga taklif qilishadi. Bayram kechqurungacha davom etib, so\u2019g tuman markazidagi istirohat bog\u2019ida nihoyasiga yetkaziladi. Bu yerda yoshlar kechalari, ommaviy raqslar va qiziqarli o\u2019yinlar uyushtiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tabiatda tun va kunning teng bo\u2019lishi, bahorning kirib kelishi, dalalarda ish boshlanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishonlanuvchi Navro\u2019z bayrami o\u2019tgan davrlarda muayyan taqiqlarga duch kelsa-da, u xalq istagi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/navrozning-yangilanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1056,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[99],"tags":[],"class_list":["post-22203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ananalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22203"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55501,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22203\/revisions\/55501"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}