{"id":22285,"date":"2022-03-24T08:33:55","date_gmt":"2022-03-24T05:33:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22285"},"modified":"2022-03-24T08:33:56","modified_gmt":"2022-03-24T05:33:56","slug":"chorsu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chorsu\/","title":{"rendered":"CHORSU"},"content":{"rendered":"\n<p>CHORSU (fors, chor\u2014to&#8217;rt, Suk, \u2014 bozor; chorrahadagi bozor joy) \u2014 1) tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq bo&#8217;lgan savdo-sotiq joyi; aksari shaharning o&#8217;rtasida qurilib, Markaziy mujassamotga ega bo&#8217;lgan; 2) umuman savdosotiq joyi. Chorsularning paydo bo&#8217;lishi shaharning o&#8217;zi kabi qadimiydir. Qadimgi Misrda &#8220;shahar&#8221; ma&#8217;nosi doyra ichidagi chorraha shaklidagi ieroglif orqali ifodalangan. Qadimgi Rim shaharsozligida chorraha maxsus imorat (tetrapil)lar bilan ajratilgan. Bolqon mamlakatlari me&#8217;morligida Chorsu nomi &#8220;charshiya&#8221; deb talaffuz etiladi (masalan, Makedoniyadagi Skople va Bitola shaharlarining qadimgi bozorlari). Shahrisabzda Chorsularning yaqqol namunasi saqlangan. Samarqand Chorsusi ham tarixiy shaharning savdo-sotiq markazida, olti asosiy ko&#8217;cha yo&#8217;nalishlarning kesishgan joyida barpo bo&#8217;lgan. Buxoroda Chorsular &#8220;toq&#8221; iborasi bilan mashhur: Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon va boshqalar Toshkent, Shahrixon kabi shaharlarda Chorsu binolari sinchdan, yassi tomli qilib ishlangan (saqlanmagan). Xivada Chorsu do&#8217;konlari ko&#8217;proq Ota va polvon darvozalar ko&#8217;chalari bo&#8217;ylab joylashgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;CHORSU&#8221; \u2014 mehmonxona. Toshkent shahrining Chorsu maydoni, Navoiy, Beruniy va Samarqand darvoza ko&#8217;chalarining kesishgan joyida, Ukkosha bulog&#8217;i ustiga qurilgan, salobatli ko&#8217;rinishga ega. 1982 yilda qurilgan (bosh me&#8217;mor \u2014 V.Spivak, bosh muhandis \u2014 A.Asanov, me&#8217;morlar \u2014 L.Nesedov, N.Zolotina). Bino 23 qavatli bo&#8217;lib, dastlabki 2 qavati \u2014 restoran, banket zali, ma&#8217;muriy-boshqaruv xonalari joylashgan binoblok qo&#8217;shilib yaxlit me&#8217;moriy ansamblni tashkil etadi. Binoning pastki qismida baland qilib tirgakli devorlar yordamida supasimon kompozisiya (stilabat) tashkil qilinib, uning yaqinida joylashgan Ko&#8217;kaldosh madrasasining eng pastki qismiga tenglashtirilgan. Bino me&#8217;morligida oftobdan saqlovchi jihozlar orqali badiiy yechimga erishilgan. Mehmonxona 1, 2, 3 o&#8217;rinli xonalardan iborat turar joylarni tashkil etadi. Bino ichki bezaklarida turli bezakreleflar (bo&#8217;rtma rasmlar) ishlangan. Binoning ko&#8217;p qavatli qismi yig&#8217;ma temirbeton konstruktsiya bo&#8217;lib, zilzilaga chidamlidir. 2004 \u2014 05 yillarda qayta ta&#8217;mirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>CHORSU \u2014 Samarqand (Registon) yazxm chorrahada joylashgan usti berk bozordir (18-asr). Tarixiy manbalarga ko\u2019ra, Tuman og&#8217;o tomonidan qurilgan. Telpakfurushon TIMI (14-asr oxiri) taxminan Chorsuning o&#8217;rnida bo&#8217;lgan. Binoning tashqi devorlari 12 qirrali prizmani hosil qiladi. Olti tarafga qaragan ravoqlar va ular orqasidagi yo&#8217;laklar shaharning asosiy ko&#8217;chalari yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha qurilgan. Ravoqli tomonlarning oraliqlarida tarxlari uchburchak shaklida bo&#8217;lgan do&#8217;konlar joylashgan. Yo&#8217;laklar usti kichik gumbazlar bilan, markaz katta gumbaz bilan yopilgan. Chorsu yo&#8217;laklarining 6 ta bo&#8217;lgani shahar darvozalari soniga ishora \u2014 ramziy ma&#8217;nosi bor. Yo&#8217;laklarning yo&#8217;nalishlari Registon madrasalari tomonlariga ham mos kelgan. Chorsu binosi hozir ham attorlik do&#8217;konlari majmui. Xayrulla Po&#8217;latov.<\/p>\n\n\n\n<p>CHORSU \u2014 Shahrisabzdagi me&#8217;moriy yodgorlik (1598-1602). Shaharning bosh savdo inshooti, murabba tarxli timning har to&#8217;rt tomonida peshtoqli, qo&#8217;sh tabaqa darvozasi bor. To&#8217;rt tomondan kelgan yo&#8217;llar shu savdo timining o&#8217;rtasidagi ulkan gumbaz tagida kesishadi. Uning ostida savdo do&#8217;konlari \u2014 to&#8217;rtburchakli xonalar joylashgan. Bu xonalardan xrzir ham savdo inshooti sifatida foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHORSU (fors, chor\u2014to&#8217;rt, Suk, \u2014 bozor; chorrahadagi bozor joy) \u2014 1) tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq bo&#8217;lgan savdo-sotiq joyi; aksari shaharning o&#8217;rtasida qurilib, Markaziy mujassamotga ega bo&#8217;lgan; 2) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chorsu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-22285","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22285","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22285"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22285\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22290,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22285\/revisions\/22290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22285"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22285"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22285"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}