{"id":22378,"date":"2022-03-25T19:46:08","date_gmt":"2022-03-25T16:46:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22378"},"modified":"2022-03-25T19:46:09","modified_gmt":"2022-03-25T16:46:09","slug":"andorra-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andorra-2\/","title":{"rendered":"Andorra"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Andorra Knyazligi. Poytaxti \u2014 Andorra-la-Velya. Hududi \u2014 0,468 ming km.kv. Aholisi \u2014 70977 kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 katalon. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropaning janubi g\u2018arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janubda va g\u2018arbda Ispaniya (chegara uzunligi \u2014 65 km), sharq va shimolda Fransiya (60 km) bilan chegaradosh. Mamlakat hududi asosan qoyali togiardan iborat, eng yuqori nuqtasi \u2014 Kama Pedrosa tog\u2018i (2946 m). Ko\u2018p miqdorda muzlik davrida tashkil topgan ko\u2018llar mavjud. Tabiiy boyliklari: gidroenergiya, mineral suv, temir rudasi, qo\u2018rg\u2019oshin, yog\u2019och.Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 suveren parlament knyazligi. Andorra ikkita knyaz \u2014 Fransiya prezidenti hamda Ispaniya yepiskopi- ning mahalliy vakillari tomonidan boshqariladi. Bir palatali parlamenti \u2014 Vodiylar Bosh Kengashi, Sud hokimiyati quyidagicha taqsimlangan: fuqarolik ishlarini Perpinyan (Fransiya)dagi Andorra Oliy sudi yoki yepiskop Urnelskiy cherkov sudi (Ispaniya) hal qilsa, jinoiy ishlarni \u2014 Sudlar Tribunali. Birinchi siyosiy partiya \u2014 Demokratik ittifoq \u2014 1976-yilda tashkil topgan.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Andorra iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi (yiliga 13 mln turist). Sigaretlar, sigaralar va mebel ishlab chiqish yo\u2019lga qo\u2018yilgan. Ekinga yaroqli yer kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi \u2014 qo\u2019ychilik. 2006-yil YIM miqdori 2113 mln dollarni (aholi jon boshiga \u2014 26800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Fransiya va Ispaniya.<br>Temiryo`llari yo\u2018q. Avtomobil yo\u2018llari uzunligi \u2014 96 km.<br>Tarixi.\u00a0Andorra tarixiy manbalarda dastlab 805- yilda tilga olingan. XIII asrda graf Fua (Fransiya) va katalon yepiskopi Urnel boshqaruviga o\u2018tadi. Ispaniya va Fransiya protektorati ostida bo\u2018lgan Andorra 1993-yilda mustaqil davlat deb e\u2019lon qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Andorra Knyazligi. Poytaxti \u2014 Andorra-la-Velya. Hududi \u2014 0,468 ming km.kv. Aholisi \u2014 70977 kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 katalon. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andorra-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22379,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22378","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22378","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22378"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22378\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22380,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22378\/revisions\/22380"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22379"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22378"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22378"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22378"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}