{"id":22384,"date":"2022-03-25T19:57:48","date_gmt":"2022-03-25T16:57:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22384"},"modified":"2022-03-25T19:57:51","modified_gmt":"2022-03-25T16:57:51","slug":"belorussiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/belorussiya-2\/","title":{"rendered":"Belorussiya"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Belarus Respublikasi. Poytaxti \u2014 Minsk. Hududi \u2014 207600 kv.km. Aholi\u00adsi \u2014 10,3 mln kishi kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 belarus va rus. Dini \u2014 pravoslav (80%), katolik (15%). Pul birligi \u2014 Belarus rubli.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimoli g\u2018arbda Litva va Latviya, sharqda \u2014 Rossiya, janubda Ukraina, g\u2018arbda Polsha davlatlari bilan chegaradosh.\u00a0Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Tepaliklar kam uchraydi, ulardan Minsk tepaligi (345 m) alohida ajralib turadi. Iqlimi mamlakatning deyarli hamma joyida bir xil. Asosiy daryolari \u2014 Dnepr, Pripyat, Berezina, G\u2019arbiy Dvina, Neman, Soj. Mamlakatda Naroch, Osvey, Svityaz kabi yirik ko\u2018llar bor. Tabiiy qazilma boyliklari: kaliyli va toshli tuzlar, ko\u2018mir, neft, temir rudasi, torf. Belarusda keng bargli o\u2019rmonlar keng tarqalgan bo\u2018lib, ular mamlakat hududining 1\/3 qismini egallagan. Belarus o\u2018rmonlarida 8 turdagi daraxtlar (ulardan eng ko\u2018p tarqalganlari \u2014 qarag\u2019ay, archa, qayin, eman va shumtol), \u00a0 70 turdan ortiq butalar va yarimbutalar uchraydi. Mamlakat hududida juda ko\u2018p dorivor o\u2018simliklar \u2014 archagul, itburun, zira, landishlar o\u2018sadi. Belarus hayvonot dunyosi 50 turdan ortiq hayvonlar (los, cho\u2018chqa, bo\u2018ri va boshq.), 200 turdan ortiq qushlardan iborat. Shuningdek, Belovej Pushchasi deb ataladigan milliy qo\u2018riqxonada zubrlar va kam uchraydigan botqoq toshbaqasi ham bor.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Kengashi va Vakillar Palatasidan iborat parlament \u2014 Milliy yig\u2018inga tegishli. Mamlakat 6 ta: Brest, Gomel, Grodno, Minsk, Mogilyov va Vitebsk viloyatlariga bo\u2018lingan. Yirik siyosiy partiyalari: Belarus birlashgan demokratik partiyasi, Belarus sotsial-demokratik partiyasi, Belarus xalq fronti, Belarus kommunistik partiyasi.<br>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Sanoatning asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik va traktor mashinasozligi, radioelektronika, yengil, kimyo sanoatlari, uskunasozlik, oziq-ovqat, harbiy texnika ishlab chiqarish. Qishloq xo\u2018jaligi asosan donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar yetishtirishga hamda go\u2018sht va sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Eksporti: mashinasozlik mahsulotlari, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari. Importi: sanoat va oziq-ovqat xomashyosi. 2012-yil YIM miqdori 104,2 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2014 10,7 AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, Polsha, Germaniya, Litva.\u00a0Tarixi.\u00a0VII asrdan boshlab hozirgi Belarus hududlarida slavyan qabilalaridan \u2014 dregovichlar, radimichlar, krivichlar istiqomat qilganlar. IX asrda Belarus yerlari Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. Dastlabki shaharlar\u2014Minsk (1087), Vitebsk, Pinsk, Brest XI asrda paydo bo\u2019ldi. XII asrda feodal tarqoqlik boshlangan bir vaqtda bir qator mayda knyazliklar: Polotsk, Turovo-Pinsk, Grodno, Minsk va boshqalar vujudga keldi. XIV asrda butun Belarus yerlari Litva Buyuk Knyazligi tarkibiga kirdi. 1569-yili Polyak\u2014Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi, Belarus ham o\u2018z-o\u2018zidan bu davlat tarkibiga kirdi. XVII asrdan bu hududlar Belaya Rus deb atala boshladi va 1795-yili Rossiya imperiyasi tarkibiga qo\u2019shib olindi. I jahon urushi vaqtida mamlakat deyarli to\u2019liq nemis qo\u2018shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi. 1918-yili Belarussiya Xalq Respublikasi e\u2019lon qilindi, biroq tez orada bolsheviklar uni yo\u2018q qilishdi. 1919-yili Sovet Belarussiyasi tuzildi. Polsha 1920-yili vaqtincha Belarussiya hududlarini bosib oldi va 1921-yilgi sovet \u2014 polyak \u00abRiga tinchlik sulhi\u00bbga ko\u2019ra unga G\u2018arbiy Belarussiya hudud- lari o\u2018tdi. 1922-yil 30-dekabrda SSSR tashkil topdi va Belorussiya SSRning tarkibiga kirdi. 1939-yil SSSR va Germaniya o\u2019rtasidagi separat kelishuvlar natijasida G\u2018arbiy Belarussiya respublika tarkibiga qaytarildi. Ikkinchi jahon urushida 1941-1944-yillarda Belarus yerlari nemis bosqinchilariga qarshi jang maydoniga aylandi. Urushda mamlakatning 2,5 mln aholisi qirib tashlandi, yirik shaharlar \u2014 Minsk, Brest, Vitebsk, Mogilyov vayron qilindi, 9 mingdan ortiq qishloqlar yondirib yuborildi. Urush vaqtida mamlakat hududida 1100 ta partizan otryadlari (375000 jangchi) harakat qildi. 1944-yilning yozida Belarussiya sovet qo\u2019shinlari tomonidan ozod qilindi. 1945-yili Belarussiya SSSR tarkibida hozirgi hududlariga ega bo\u2019ldi. SSSRning parchalanishi oqibatida 1991 -yilning 25-avgustida mustaqil davlat \u2014 Belarussiya e\u2019lon qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Belarussiya jiddiy iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklami boshdan kechirdi. Natijada aholining turmush darajasi sezilarli darajada pasaydi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda Belarusda iqtisodiy va siyosiy ahvol barqarorlashib bormoqda. Keyingi yillarda mamlakat hukumati yuritayotgan oqilona iqti\u00adsodiy siyosat tufayli Belarus xalqining ijtimoiy turmushi ancha yaxshilandi va MDH davlatlari orasida oldingi o\u2018rinlardan birini egalladi.<br>Belorussiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Belarus Respublikasi. Poytaxti \u2014 Minsk. Hududi \u2014 207600 kv.km. Aholi\u00adsi \u2014 10,3 mln kishi kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 belarus va rus. Dini \u2014 pravoslav (80%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/belorussiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22385,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22384","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22384","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22384"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22384\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22386,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22384\/revisions\/22386"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22385"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22384"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22384"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22384"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}