{"id":22387,"date":"2022-03-25T20:01:49","date_gmt":"2022-03-25T17:01:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22387"},"modified":"2022-03-25T20:01:50","modified_gmt":"2022-03-25T17:01:50","slug":"bolgariya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolgariya-2\/","title":{"rendered":"Bolgariya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Bolgariya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sofiya. Hududi \u2014 110912 km.kv. Aholisi \u2013 7,9 mln (2012). Davlat tili bolgar. Dini \u2014 pravoslavlar (85%), musulmonlar (13%). Pul birligi \u2014 lev.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Bolqon yarimorolidagi Janubi sharqiy Yevropa davlati. Shimolda \u2014 Ruminiya, g\u2019arbda \u2014 Yugoslaviya va Makedoniya, janubda \u2014 Gretsiya va Turkiya bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz bilan tutashgan. Hududining katta qismini tog\u2018 va tepaliklar egallagan. Mamlakat markazida shimoli g\u2018arbdan Qora dengiz- gacha cho\u2018zilgan Bolqon togiari joylashgan. Janubda \u2014 Rodopi togiari, janubi g\u2018arbda esa mamlakatning eng yuqori nuqtasi Musala cho\u2018qqisi (2925 m) joylashgan Rila togiari mavjud. Bolqon togiarining janubiy yonbagirlari va Rodopi togiari orasida Meritsa daryosi vodiysi yastanib yotibdi.\u00a0 \u00a0Iqlimi\u2014mo\u2019tadil kontinental. Asosiy daryolari: Dunay, Iskar va Maritsa. Foydali qazilmalardan boksitlar, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, ko\u2018mir, yog\u2018och mavjud. Mamlakat hududining katta qismini oimonlar egallagan. Vodiylarda bargli, tog`larda esa ignabargli o\u2018rmonlar ustunlik qiladi. Hayvonlardan quyon, tulki, qobon, bo\u2018rsiq, yumronqoziq, kiyik, ohu kabilar mavjud.\u00a0 \u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Bolgariya \u2014 prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Xalq yig\u2018ini tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Demokratik kuchlar ittifoqi, Bolgariya sotsialistik partiyasi, Xalq ittifoqi, Huquq va erkinliklar uchun harakat.<br>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Rivojlangan sanoat sohalari: mashinasozlik, metallurgiya, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik, kimyo, yog\u2018ochni qayta ishlash. Mashinasozlik \u2014 xalq xo\u2019jaligining muhim tarmog\u2018idir. Mashinasozlik korxonalari respub- likaning ko\u2018pgina shaharlarida qurilgan, ulardan eng yiriklari \u2014 Sofiya, Varna, Gusa, Burgos, Plovdiv. Bolgariya mineral resurslar bilan nisbatan yaxshi ta\u2019minlangan. Qishloq xo\u2019jaligi Bolgariya YMMning 1\/8 qismini tashkil etib, iqtisodiy faol aholining 1\/5 qismini ish bilan band qilgan. Donli ekinlar uchun haydaladigan yerlarning 3\/5 qismi ajratilgan. Makkajo\u2019xori, sholi, arpa, bug\u2018doy ekiladi. Texnikaviy o\u2018simliklardan janub\u00adda ekiladigan tamakiga va kungaboqarga alohida e\u2019tibor beriladi. Shuningdek, mamlakat pomidor va uzumning yirik eksportchilaridan biridir. So\u2019nggi yillarda turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 85,4 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2014 11,2 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Rossiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya.\u00a0 \u00a0 Asosiy portlari:\u00a0Burgos, Varna.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0M.a. Vlll asrda zamonaviy Bolgariya hududida frakiyaliklar qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. VI1 asrda mamlakat qirg\u2019oqlarida grek shaharlari \u2014 Apolloniya (zamonaviy Sozopol), Odessos (zamonaviy Varna), Mesembri (zamonaviy Nesebir)ga asos solindi. I asrda bu yerlarning Rim tomonidan bosib olinishi oqibatida Rim provinsiyalari Meziya va Frakiya tashkil topdi. 395-yili Rim imperiyasi inqirozga yuz tutganidan so\u2019ng bu ikki provinsiya Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrdan boshlab mamlakatga slavyan qabilalari kirib kela boshladi. 680-yilda xon Asparux boshchiligida birinchi bolgar qirolligi tashkil etildi. Vizantiya yangi davlatni tan oldi. 894-yilda aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyan yozuvini kiritdilar. 1014-yilda Vizantiya imperatori Vasiliy II Bolgaroboysa Belasitsa yonidagi jangda bolgar qo\u2018shinlarini tor-mor qildi. Tez orada mamlakat Vizantiya tarkibiga qo\u2018shildi. 1187-yilda mustaqil ikkinchi Bolgar qirolligi tashkil etildi. XIV asr oxirlarida Bolgariya turklar tomonidan ishg\u2018ol qilindi. 1878-yili rus-turk urushi oqibatida mamlakatning shimoliy qismida mustaqil Bolgar knyazligi tashkil topdi. Janubiy qismi \u2014 Sharqiy Rumeliya Turkiyaning avtonom provinsiyasi edi. 1885-yildagi turklarga qarshi ko\u2019tarilgan Plovdiv qo\u2019zg\u2019oloni mamlakatning birlashishiga olib keldi. 1908-yilda Bolgariya Turkiyadan to\u2018la mustaqilligini e\u2019lon qilib, qirollik sifatida qayta tashkil etildi. I jahon urushida Bolgariya Germaniya tarafida turib urush olib bordi va buning oqibatida Janubiy Dobruja hududini boy berdi. 1940-yili fashistik davlatlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi va Janubiy Dobrujani Ruminiyadan qaytarib oldi. 1941-1944-yillarda Bolga\u00adriya \u00a0II jahon urushida fashistik blok tarafida ishtirok etdi. 1944-yilda mamlakatga sovet qo\u2018shinlari kirib keldi. Shu vaqtda Sofiyada davlat to\u2018ntarilishi o\u2019tkazilib, yangi tuzilgan hokimiyat Germaniyaga qarshi urush e\u2019lon qildi. 1946-yilda monarxiya yo\u2018q qilinib, Bolgariya Xalq Respublikasi tashkil topganligi e\u2019lon qilindi. Bolgariya 1949-yilda OTYK (SEV)ga, 1955-yilda Varshava Shartnomasi uyushmasiga a\u2019zo bo\u2018lib kirdi. 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatda Todor Jivkov boshchiligidagi kommunistik tuzum hukmronlik qildi. 1990-yilda bu tuzum ag\u2018darilib, Bolgariya demokratik hukumatini tashkil etish jarayoni boshlandi.\u00a0 \u00a0 1991-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinib, mamlakat nomi Bolgariya Respublikasi deb o\u2018zgartirildi. Bolgariya 2004-yil 2 aprelidan NATO, 2007-yil \u00a01-yanvaridan esa YI a\u2019zosi.Bolgariya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o\u2018rnatilgan. Ikkala mamlakat o\u2018rtasidagi munosabatlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar yanada rivojlana boshladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Bolgariya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sofiya. Hududi \u2014 110912 km.kv. Aholisi \u2013 7,9 mln (2012). Davlat tili bolgar. Dini \u2014 pravoslavlar (85%), musulmonlar (13%). Pul birligi \u2014 lev.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bolgariya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22388,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22387","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22387","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22387"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22387\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22389,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22387\/revisions\/22389"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22388"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22387"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22387"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22387"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}