{"id":22391,"date":"2022-03-25T20:58:32","date_gmt":"2022-03-25T17:58:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22391"},"modified":"2022-03-25T21:00:01","modified_gmt":"2022-03-25T18:00:01","slug":"buyuk-britaniya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyuk-britaniya-2\/","title":{"rendered":"Buyuk Britaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti\u2014London. Hududi\u2014244100 km.kv. (Shotland orollari bilan birga). Aholisi \u2014 60,1 kishidan ortiq (2012). Davlat tili\u2014ingliz. Dini\u2014protestantlik (90%). Pul birligi \u2014 funt-sterling.\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Yevropaning shimoli g\u2019arbida, Britan orollarida joylashgan davlat. Buyuk Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya orolining shi\u00admoliy qismida joylashgan. Shimolda Irlandiya bilan chegaradosh, g\u2018arbda Atlantika okeani, sharqda Shimoliy dengiz, janubi sharqda Buyuk Britaniyani Yevropadan ajratib turadigan La-Mansh bo\u2018g\u2018ozi bilan tutashib ketgan. Angliya hududida Pennin tog\u2019lari (eng yuqori nuqtasi-Skeyfel-Payk \u2014 978 m) joylashgan. Pennin togiaridan janubda va Uelsdan sharqdan Markaziy va Janubiy Angliyaning katta qismini egallagan keng tekislik joylashgan. Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepaliklari (dengiz sathidan 610 m baland) bor.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<strong>Asosiy daryolari:<\/strong>\u00a0Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning katta qismini tekisliklar egallagan bo\u2018lib, markazida Britan orollaridagi eng yirik ko\u2019l \u2014 Lox-Ni (maydoni \u2014 390 km.kv) joylashgan. Shimoliy Irlandiyaning eng baland nuqtasi Muri tog\u2018laridagi Sliv-Donord (852 m) cho\u2018qqisidir.\u00a0Shimoliy Irlandiyaning eng yirik daryolari:\u00a0Foyl, Yuqori Bon va Quyi Bon. Shotlandiya hududlari asosan tog\u2018lardan iborat, biroq uni o\u2018z navbatida uch qismga bo\u2018lish mumkin: shimolda \u2014 Xeylands, markazda \u2014 Sentral Loupends va janubda Sazen Aplends.Shotlandiyaning asosiy daryolari:\u00a0Kloyd, Tey, Fors, Tvid, Di va Spey. Ko\u2018p sonli ko\u2018llar orasida Lox-Ness, Lox-Tea va Lox-Ketrinlar alohida ajralib turadi. Uels ham Shotlandiya kabi tog\u2018li hudud, biroq tog\u2018lar bu yerda unchahk baland emas. Asosiy tog\u2019 tizmasi Uels markazidagi Kembri tog\u2018laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. <\/p>\n\n\n\n<p>Iqlimi\u00a0\u2014 yumshoq va nam. Foydali qazilmalardan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan neft va gaz konlariga, shuningdek, ko\u2018mir va ohaktosh konlariga egalik qiladi. Buyuk Britaniyaning 77% yerlari dehqonchilik uchun yaroqlidir. Angliyaning o\u2018simlik dunyosi ancha kambag\u2018al, o\u2018rmonlar faqat 4% hududini egalla\u00adgan. Hayvonot dunyosida kiyik, tulki, quyon va bo\u2018rilar ko\u2019plab uchraydi. Qushlardan kaklik, kabutar, qarg\u2018a va boshqalar ko\u2018p tarqalgan. Ko\u2018llar va daryolarda turli baliqlar ko\u2018p.\u00a0 \u00a0<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 parlamentar monarxiya. Davlat boshlig\u2018i \u2014\u00a0qirol (qirolicha). Monarx qonun loyihalarini tasdiqlaydi, titul va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi organi \u2014 Jamoa palatasi (630 deputat) va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar va diniy perlar)dan iborat parlament. Oliy ijroiya organi \u2014 premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabineti. Buyuk Britaniya ma\u2019muriy jihatdan 4 ta ma\u2019muriy-siyosiy qism (tarixiy provinsiyalar)dan: Angliya (39 graflik, 6 metropoliya grafligi va Katta London), Uels (8 graflik), Shotlandiya (9 rayon va 3 orol hududlar), Shimoliy Irlandiya (26 okrug)lardan tashkil topgan. Men va Normand orollari ustidan alohida nazorat o\u2018rnatilgan. Buyuk Britaniyaga qaram hududlar: Angilya, Bermud orollari, Hind okeanidagi Britan hududlari, Britan Virgin orol\u00adlari, Kayman orollari, Folklend orollari, Gibraltar, Jersi, Gernsi, Mel oroli, Montserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari, Terks va Kaykos orollari. Qaram hududlar hozirgacha Buyuk Britaniyaning dengizorti mulklari deb nomlanib, to\u2018liq mustaqil davlat hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o\u2018z-o\u2018zini idora qilish huquqiga ega bo\u2018lib, o\u2018z qonunchilik organlariga egadirlar. Asosiy siyosiy partiyalari: Konservatorlar partiyasi, Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, <\/p>\n\n\n\n<p><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0<\/strong>Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat boiib, jahondagi sakkizta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb etadi. 0\u2018z hududidagi shaxtalaming yopilishi va ko\u2018mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olish ko\u2018paytirilmoqda. Sanoatning boshqa tarmoqlaridan \u2014 transport mashinasozligi (avtomobilsozlik, kemasozlik), aerokosmik sanoat (AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o\u2018rinda)da oddiy va harbiy samolyotlar, vertolyotlar va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq-ovqat sanoati (mashhur shotland viskisi, jun va sut ishlab chiqariladi), umumiy mashinasozlik (qishloq xo\u2018jaligi texnikasi, stanoklar, to\u2018qimachilik asbob-uskunalari), elektronika va elektrotexnika (kompyuterlar, dasturlashtirish, prot- sessorlar, superkompyuterlar, telekommunikatsiya vositalari, tibbiyot anjomlari, maishiy texnika), kimyo sanoati (dori ishlab chiqarish \u2014 jahonda 4-o\u2018rinda, agroximiya, parfyumeriya, yangi materiallar va biotexnologiya), metall ishlab chiqarish, sellyuloza-qog\u2018oz sanoat sohalari yuksak taraqqiy etgan. Zamonaviy sanoatning taraqqiyoti yuksak texnologiyalarning taraqqiy etganhgi bilan belgilanadi. Buyuk Britaniya ilmiy-texnikaviy potensial darajasi bo\u2018yicha Yevropada eng yuqori o\u2018rinni egallaydi. Mamlakat olimlari olgan Nobel mukofotlari soni bo\u2018yicha AQSHdan keyin 2-o\u2018rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zaxiralarining 12% i moliya sektorida band. London jahon moliya markazi \u2014 sayyoramizning moliya poytaxti hisoblanadi. Shuningdek, Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham yirik moliyaviy markazlardir. Ahamiyati bo\u2019yicha 2-o\u2018rinda turadigan soha \u2014 turizm. Bu sohada mehnatga layoqatli aholining 7%i band bo\u2018lib, yiliga 8 mlrd dollardan oshiq daromad keltiriladi. London dunyoning yirik turistik markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning qishloq xo\u2018jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan o\u2018z ehtiyojlarining faqat yarminigina qoplaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Asosiy qishloq xo\u2018jaligi ekinlari:<\/strong>\u00a0bug\u2018doy, tariq, qandlavlagi, arpa. Mamlakat chorvachilik sohasiga XXI asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada zarar yetkazdi.<strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Eksporti:<\/strong>\u00a0sanoat mahsu\u00adlotlari, yoqilg\u2018i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat.\u00a0<strong>Importi:<\/strong>\u00a0sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat. 2012-yil YIM miqdori 2097,9 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2014 34,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.<strong>\u00a0 <\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Asosiy savdo hamkorlari:<\/strong>\u00a0YI mamlakatlari, AQSH.\u00a0 Buyuk Britaniya ilq\u2018or mamlakatlar qatori rivojlan\u00adgan transport infrastrukturasiga ega. Yevrotunnelning ochilishi mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshiladi. Asosiy portlari: Aberdin, Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut, Sautgempton.<strong>\u00a0 <\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarixi.<\/strong>\u00a0\u041c.a. VIII asrdayoq orollarga kelt-brittlar kelib joylashgan edilar. 43-yilda Britaniya Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrda bir nechta mustaqil feodal qirollik va grafliklar tashkil topdi. Brittlarning bir qismi Fransiyaning shimoliga kelib joylashdi. VIII asrda normandlar asosan Daniyadan tez-tez mamlakat qirg\u2018oqlariga hujum qilib turdilar. Ular orolning shimoli sharqiy qismini egallab olishga muvaffaq bo\u2018lishdi. IX asrda qirol Egbert katta hududlarni bir davlatga birlashtirdi va bu davlat \u00abAngliya\u00bb deb atala boshladi. 1066-yili Buyuk Britaniyadagi mayda qirolliklar normand sarkardasi Vilgelm tomonidan bosib olinib yagona davlatga birlashtirildi. 1265-yili tarixda dastlabki ingliz parlamenti tuzildi. 1338-yili Angliya Fransiyaga qarshi yuz yillik urushga kirdi. Bu urush 1453-yilga qadar davom etdi. Bu urush tugashi bilan Angliya taxti uchun urushlar (\u00abgullar urushi\u00bb) boshlanib, 1485-yili tyudorlar sulolasining g\u2018alabasi bilan yakunlandi. 1588- yili \u00abYengilmas Armada\u00bbning (ispan floti) yakson qilinishi Angliyani dengizda asosiy hukmron davlatlar qatoriga olib chiqdi. XVII asrning boshlarida Angliya o\u2018zining Yangi dunyodagi mustamlakalariga ega bo\u2018ldi. 1603-yili shotland qiroli Yakov VI Yakov I nomini olib ingliz taxtiga o\u2018tirishi bilan amalda Shotlandiya va Angliya bitta davlatga birlashdi. Biroq Buyuk Britaniya qirolligi 1707-yili birlashish to\u2018g\u2018risidagi hujjat imzolangandan keyingina e\u2019lon qilindi. Shu paytdan boshlab London yagona davlat poytaxtiga aylandi. 1642-1649-yillarda Styuartlar bilan parlament o\u2018rtasidagi tortishuvlar qonli fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. Natijada Oliver Kromvel boshchiligida respublika e\u2019lon qilindi. Monarxiya tez orada qayta tiklandi, biroq qirolning huquqlari sezilarli darajada kamayib, amalda hokimiyat parlament qo\u2018liga o\u2018tdi. 1651-yili Irlandiya, 1652-yili esa Shotlandiya bosib olindi. Britan kolonial imperiyasi asosan XVIII asrda shakllandi. XVIII asrning oxirlarida Buyuk Britaniya Amerikadagi 13 ta mustamlakasidan ajraldi, biroq Kanada va Hindistonda mustahkamlanib oldi. 1805-yili Trafalgar yaqinida admiral Nelson tomonidan ispan-fransuz flotining yakson qilinishi bilan Buyuk Britaniya \u00abdengizlar xo\u2018jayini\u00bbga aylandi. 1793\u20141815-yillarda Angliya Fransiyaga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1815-yili ingliz sarkardasi gersog Vellington pruss qo\u2018shinlari bilan birga Vaterloo yaqinidagi jangda Napoleon ustidan yirik g\u2018alabaga erishdi. Shundan so\u2018ng mamlakatda butun yuz yil davomida tinchlik hukm surdi. Ayniqsa, qirolicha Viktoriya (1837-1901) davrida Buyuk Brita\u00adniya mulklari juda kengaydi. Angliya Antanta tarkibida Birinchi jahon urushida faol ishtirok etdi. Urush natijasida mamlakat Afrika va Osiyodagi nemis koloniyalarining bir qismini qo\u2018lga kiritdi. 1931-yili Britan Millatlar Hamdo\u2018stligi tuzildi. 1939-1945-yillarda Angliya Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. 1947-yili Hindiston va Pokistonga mustaqillik berdi, 1949-yili esa mamlakat NATOga a\u2019zo bo\u2018ldi. 1982-yili Folklend orollari uchun Angliya Argentina bilan harbiy to\u2018qnashuvga bordi. Qisqa davom etgan jangovar harakatlardan so\u2018ng inglizlar bu hududlar ustidan o\u2018z nazoratlarini o\u2018rnatdilar. 1979-1990-yillarda konservatorlar hukumati Margaret Tetcher boshchiligida iqtisodiy islohotlar o\u2018tkazdi. 1997-yili umumiy saylovlarda Leyboristlar partiyasi g\u2018alaba qozondi va Toni Bier premyer-ministr lavozimini egalladi. 2007-yili Toni Bier iste\u2019foga chiqdi va hokimiyatga Gordon keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti\u2014London. Hududi\u2014244100 km.kv. (Shotland orollari bilan birga). Aholisi \u2014 60,1 kishidan ortiq (2012). Davlat tili\u2014ingliz. Dini\u2014protestantlik (90%). Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyuk-britaniya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22396,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22391","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22391"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22399,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22391\/revisions\/22399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22396"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}