{"id":22405,"date":"2022-03-25T21:06:42","date_gmt":"2022-03-25T18:06:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22405"},"modified":"2022-03-25T21:06:44","modified_gmt":"2022-03-25T18:06:44","slug":"gretsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gretsiya\/","title":{"rendered":"Gretsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Gretsiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Afina. Hududi \u2014 132 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2014 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 grek. Dini \u2014 pravoslav. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Gretsiya (Yunoniston) Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolining janubiy qismi va Egey, Ioniya hamda 0\u2018rta Yer dengizi orollarida joylashgan davlat. U shimolda Bolgariya va Makedoniya, shimoli g\u2018arbda Albaniya, shimoli sharqda Turkiya bilan chegaradosh. Janubda 0\u2018rta Yer dengizi, Sharqda Egey dengizi, g\u2018arbda Ioniya dengizi suvlari Gretsiya sohillarini yuvib turadi. Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos va bir nechta orollar Gretsiya hududining 1\/5 qismini tashkil etadi. Hududining 2\/3 qismi tog\u2018li hududlar hisoblanadi. Eng baland nuqtasi Olimp tog\u2018i, balandligi 2917 m. Asosiy daryolari: Alyakmon, Axelos, Strimon, Nestos. Asosiy qazilma boyliklari: neft, boksit, nikel. 0\u2018rmonlar mamlakat hududining 10-11% ini tashkil etadi. Tog\u2018lar ignabargli daraxtlar bilan qoplangan.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 13 ta yeparxiyadan tashkil topgan. Yeparxiyalar o\u2018z navbatida 52 ta nomlarga boiingan. Gretsiya 1830-yil Usmonli turklar istibdodidan ozod bo\u2018lib o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qilgan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 bir palatali parlament. Asosiy siyosiy partiyalari: Yangi Demokratiya, Umumgrek sotsialistik harakati, Gretsiya Kommunistik Partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Turizm Gretsiya iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Gretsiya xalq xo\u2018jaligida sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to\u2018qimachilik va metallurgiya tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligida asosan qand-lavlagi, tamaki, uzum va kartoshka yetishtiriladi. Mamlakat go\u2018sht va sut mahsulotlaridan tashqari barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan o\u2018z-o\u2018zini ta\u2019minlaydi. 2012-yil YIM miqdori 364,1 mlrd AQSH mln dollarni (aholi jon boshiga \u2013 32,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya.\u00a0 Tarixi.\u00a0Bugungi Gretsiya yerlarida m. a. III ming yillikdayoq yuksak rivojlangan madaniyat va sivilizatsiya vujudga kelgan. \u041c.a. XII asrda Gretsiyaga doriylar bostirib kirgan. Peloponess urushlaridan so\u2018ng (m.a. 431-404-yy.) Bolqon yarimorolida Makedoniyaning roli keskin oshdi. Makedoniya hukmdori Filipp II butun Gretsiya yerlarini o\u2018ziga bo\u2018ysundirdi. Uning o\u2018g\u2018li Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Misr va Hindistongacha bo\u2018lgan yerlarni bosib olib, ulkan imperiyani vujudga keltirdi. \u041c. a. II asrda Gretsiya Rim imperiyasi istibdodiga tushib qoldi. Qadimgi Rim imperiyasi inqirozidan so\u2018ng, Vizantiya butun Bolqon yarimorolini o\u2018z nazoratida saqlab qoldi. IX asrda Gretsiyani arablar istilo qilishdi, oradan ko\u2018p o\u2018tmay X asrda bolgarlar bosib olishdi. XV asrga kelib Vizantiya inqirozidan so\u2018ng 1460-yilda Gretsiya Usmonli turklar imperiyasining tarkibiy qismiga aylandi. 1830-yili turklar Gretsiya mustaqilligini tan oldi. 1924-yil Gretsiya Respublika deb e\u2019lon qilindi, 1935-yili esa monarxiya qayta tiklandi. 1941-yil Germaniya Gretsiyani bosib oldi. 1945-yil urush tugaganidan so\u2018ng, Gretsiyada hukumat qo\u2018shinlari va kommunistlar o\u2018rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Urush 1949-yilgacha davom etdi. 1967-yil 21-aprelda mamlakatda harbiylar davlat to\u2018ntarishini amalga oshirdi. 1973-yil harbiylar monarxiyani bekor qilishdi. 1974-yil harbiylar hokimiyatdan chetlashtirildi. Shu yili o\u2018tkazilgan referendumda Gretsiya xalqi respublika uchun ovoz berdi. 1975-yil yangi Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gretsiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Gretsiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Afina. Hududi \u2014 132 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2014 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 grek. Dini \u2014 pravoslav. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gretsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22408,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22405","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22405","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22405"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22405\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22409,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22405\/revisions\/22409"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22408"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22405"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22405"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22405"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}