{"id":22425,"date":"2022-03-26T10:00:54","date_gmt":"2022-03-26T07:00:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22425"},"modified":"2022-03-26T10:00:55","modified_gmt":"2022-03-26T07:00:55","slug":"latviya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/latviya\/","title":{"rendered":"Latviya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Latviya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Riga. Hududi \u2013 65 ming km.kv. Aholisi \u2013 2,3 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 latish. Dini \u2014 lyuteranlik, katolik, pravoslav. Pul birligi \u2014 lat.&nbsp; &nbsp;Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Boltiq dengizi qirg\u00a3og\u2018ida joylashgan. Janubda Litva (chegara uzunligi \u2014 453 km) va Belarus (141 km), sharqda Rossiya (217 km), shimolda Estoniya (267 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbiy chegaralari Baltika dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1078 km. Hududining katta qismi pasttekisliklardan iborat. G\u2018arbida va sharqida tepaliklar mavjud. Asosiy daryosi \u2014 Daugava (G\u2018arbiy Dvina), ko\u2018p sonli ko\u2018llar mavjud. Tabiiy resurslardan kam miqdorda torf, ohak, yog\u2018och zaxiralari mavjud. Hududi 27% ekin ekiladigan maydonlardan, 39% o\u2018rmon va changalzorlardan iborat.&nbsp; Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.Mam\u00adlakat tarixiy 4 ta tumanga: Kurzele, Zemgale, Vidzeme va Lotgalega bo\u2018lingan. 1991-yil 21-avgustda mustaqil\u00adlikka erishgan. Latviya respublikasi e\u2019lon qilingan kun \u2014 18-noyabr \u2014 Milliy bayram hisoblanadi. Ijroiya hoki\u00admiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018iga) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Seymga tegishli. Asosiy partiyalari: Latviya ittifoqi, \u00abLatviya yo\u2018li\u00bb, \u00abLatviya mustaqilligi uchun harakat\u00bb, Latviya fermerlari ittifoqi, Latviya xristian-demokratlar ittifoqi, Latviya xalq fronti, Latviya sotsial-demokratik ishchi partiyasi, Latviya mehnat demokratik partiyasi.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Oxirgi yillarda Latviya rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asta-sekin o\u2018tmoqda. Iqtisodiyotni shakllantirishdan tashqari, hukumat kam miqdordagi tabiiy resurslarni va ishchi kuchlarini maksimal darajada safarbar qilgan holda chet el kapitalini ko\u2018plab jalb qilish chora-tadbirlarini ko\u2018rmoqda. Sanoatning mashinasozlik, kimyo, baliq mahsulotlari, yengil, farmatsevtika, qog\u2018oz-sellyuloza ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo\u2018jaligi ham mamlakat iqtisodiyotida muhim o\u2018rin tutadi (YIM \u2014 21,5%). 2012-yil YIM miqdori 58 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 17,2 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Rossiya, Germaniya, Shvetsiya, Belarus.&nbsp; Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2400 km, avtomobil yo\u2018llarining uzunligi \u2014 59500 km (33000 km \u2014 qattiq qoplamali), ichki suv yo\u2018llari \u2014 300 km. Mamlakatning asosiy portlari: Riga, Liyepaya, Ventspils.&nbsp; Tarixi.&nbsp;X asrda mev qabilalari (latishlarning ajdodlari) Kiyev Rusidan o\u2018rnak olib pravoslav dinini qabul qilishdi, biroq XII asrdan bosh lab katolik diniga o\u2018tish boshlandi. Tevton ordeni 1242-yili Chud ko\u2018lida mag\u2018lubiyatga uchraganligiga qaramasdan, XIII asrning oxirlariga kelib hozirgi Latviya hududlarini egallashga muvaffaq bo\u2018ldi. XIII asr o\u2018rtalarida Latviyada protestantlik tarqaldi. Tevton ordeni tarqalganidan so\u2018ng Livaniya hududi Polsha va Shvetsiya tomonidan bo\u2018lib olindi. XVIII asrda Latviya Rossiya tomonidan anneksiya qilindi.&nbsp; &nbsp;Birinchi jahon urushi davrida mamlakatning anchagina qismi Germaniya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1917-yili Latviyada sovet hokimiyati e\u2019lon qilindi, biroq Brest-Litovsk shartnomasiga ko\u2018ra Sovet Rossiyasi Latviya hududlarini Germaniyaga berdi. 1918-yil 19-noyabrda Milliy Kengash Latviyani mustaqil Respublika deb e\u2019lon qildi. 1934-yili Ulmanis tomonidan sodir etilgan davlat to\u2018ntarishi natijasida mamlakatdagi parlament tartibi diktatura bilan almashtirildi. 1940-yilning avgustida Latviya Sovet Ittifoqi tomonidan, 1941-yilda esa Germaniya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1944-yili mamlakat yana SSSR tarkibiga kirdi. 1991-yilning avgustida Latviya Respublikasining mustaqilligi qayta tiklandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Latviya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Riga. Hududi \u2013 65 ming km.kv. Aholisi \u2013 2,3 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 latish. Dini \u2014 lyuteranlik, katolik, pravoslav. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/latviya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22443,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22425","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22425","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22425"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22425\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22444,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22425\/revisions\/22444"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22443"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22425"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22425"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22425"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}