{"id":22428,"date":"2022-03-26T10:02:28","date_gmt":"2022-03-26T07:02:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22428"},"modified":"2022-03-26T10:02:29","modified_gmt":"2022-03-26T07:02:29","slug":"lyuksemburg","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lyuksemburg\/","title":{"rendered":"Lyuksemburg"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Lyuksemburg Buyuk Gersogligi. Poytaxti \u2014 Lyuksemburg. Hududi -2,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 460 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 nemis va fransuz. Dini \u2014 katolik dini (97%), boshqa dinlar (3%) Pul birligi \u2014 yevro.&nbsp;Geografik joylashuvi va tabiati.G\u2018arbiy Yevropada joylashgan (Gollandiya va Belgiya bilan birga Benilyuks guruhiga kiradi). G\u2018arbi va shimoli Belgiya bilan (chegara uzunligi \u2014 148 km). Janubi Fransiya bilan (73 km), sharqi Germaniya bilan (138 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 359 km. Shimolida Ardenn tog\u2018 tizmasi joylashgan bo\u2018lib, uning yuqori nuqtasi Burgplats tog\u2018idagi Lyuksemburg cho\u2018qqisi (balandligi 559 m)dir. Qolgan hududlar tepalikli tekisliklardan (Gutland) iborat. Asosiy daryosi \u2014 Mozel va uning irmog\u2018i \u2014 Zauer. Mamlakat boy temir rudasi konlariga ega.&nbsp; Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil, kontinental.&nbsp;Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Gersoglikning hozir\u00adgi chegaralari o\u2018rnatilgan 1839-yili Lyuksemburg mustaqil davlat bo\u2018ldi. 1867-yilgi London konferensiyasi Lyuksemburgni suveren, betaraf davlat deb e\u2019lon qildi. Milliy bayrami \u2014 23-iyun \u2014 Lyuksemburg buyuk knyazi Jonning tug\u2018ilgan kuni rasmiy bayram qilinadi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 Buyuk Lyuksemburg gersogi (Buyuk Lyuksemburg gersogi Jon 1964-yil 12-noyabrdan beri hokimiyat tepasida). Qonun chiqaruvchi hokimiyat Buyuk gersog Lyuksemburgskiy va parlament \u2014 Deputatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Xristian-ijtimoiy xalq partiyasi, Lyuksemburg sotsialistik ishchi partiyasi, Demokratik partiya, Yashillar partiyasi.&nbsp;&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.Mamlakat iqtisodiyoti inflyatsiyaning pastligi va ishsizlikning amalda yo\u2018qligi bilan xarakterlanadi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, oyna va aluminiy ishlab chiqarish. Oxirgi o\u2018n yillikda bank sektori faol rivojlanmoqda. Qishloq xo\u2018jaligi oilaviy fermerlar ishlab chiqarishiga asoslangan bo\u2019lib, ular yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Lyuksemburg savdo va moliya masalalarida iqtisodiy ittifoq tuzgan, shuningdek, Niderlandiya bilan iqtisodiy aloqalarda uzviy bog\u2018langan. 2012-yil YIM miqdori 2,1 mlrd dollarni (aholi jon boshiga \u2013 41,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.&nbsp;Asosiy savdo hamkorlari:&nbsp; YI mamlakatlari, AQSH.&nbsp;Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 271 km (243 km elektrlashtirilgan, avtomobil yo\u2018llari \u2014 5108 km (5000 km \u2014 qattiq qoplamali). Daryo porti \u2014 Mertert.&nbsp;Tarixi.&nbsp;\u041c. a. I asrda hozirgi Lyuksemburg hududiga keltlarning trever qabilasi kelib joylashgan bo\u2018lib, Lotaringiyadagi Buyuk Karl imperiyasining Belgiya provinsiyasi tarkibiga kirgan edi. Lyuksemburg gersogligiga 1354-yili asos solingan. Gersoglik dastlab Burgundlar, keyin Gabsburglar mulki bo\u2018ldi, keyinroq Niderlandiya, Fransiyaning tarkibiga kirdi. 1815-yil Vena kongressining qaroriga ko\u2018ra Germaniyaga berilgan Lyuksemburg Buyuk gersoglikka aylandi va Gollandiya qiroli Giyon I ga sovg\u2018a qilindi. 1839-yili gersoglikning hozirgi chegaralari o\u2018rnatildi, 1867-yilda esa London konferensiyasi Lyuksemburgning suverenitetini belgiladi va betaraf davlat deb e\u2019lon qilindi. Shunga qaramasdan Lyuksemburg hududi nemis qo\u2018shinlari tomonidan Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida okkupatsiya qilindi. 1946-yili Lyuksemburg Buyuk gersogligi Gollandiya va Belgiya bilan bojxona ittifoqiga kirdi (Benilyuks).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Lyuksemburg Buyuk Gersogligi. Poytaxti \u2014 Lyuksemburg. Hududi -2,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 460 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 nemis va fransuz. Dini \u2014 katolik dini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lyuksemburg\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22449,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22428","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22428","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22428"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22428\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22450,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22428\/revisions\/22450"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22449"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22428"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22428"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22428"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}