{"id":22430,"date":"2022-03-26T10:03:20","date_gmt":"2022-03-26T07:03:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22430"},"modified":"2022-03-26T10:03:20","modified_gmt":"2022-03-26T07:03:20","slug":"makedoniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makedoniya\/","title":{"rendered":"Makedoniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Makedoniya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Skope. Hududi \u2014 25713 km.kv. Aholisi \u2013 2 mln 100 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 makedon. Dini \u2014 pravoslav (59%), islom (26%), katolik (4%), protestant (1%). Pul birligi \u2014 makedoniya dinori. &nbsp;&nbsp;&nbsp; Geografik joylashuvi va tabiati.Bolqon yarimorolida joylashgan davlat (Yevropaning janubi-sharqi), janubda Gretsiya (chegara uzunligi \u2014 228 km), sharqda Bolgariya (148 km), shimolda Serbiya hamda Chernogoriya davlatlari (221 km), g\u2018arbda Albaniya bilan (151 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 748 km. Hududi tog\u2018li, tog\u2018 massivlari chuqurliklar bilan almashadi. Suvi ko\u2018p, shuningdek, kichik, lekin tezoqar daryolari ko\u2018p. Asosiy daryosi \u2014 Vardar. Eng katta ko\u2018llari bir qismi mamlakat hududiga kiradigan \u2014 Oxrida va Prespa ko\u2018llaridir. Asosiy tabiiy resurslari \u2014 qo\u2018rg\u2018oshin, rux, mis, temir rudasi.&nbsp;Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil-kontinental. O\u2018simlik dunyosi juda boy. Makedoniya togiari buk, eman, qarag\u2018ay o\u2018rmonlari bilan qoplangan.&nbsp;Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 Respublika. 1991-yil 20-noyabrda Make\u00addoniya Yugoslaviyadan mustaqillik oldi. Ijroiya hoki\u00admiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Assambleya tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti, Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi, ijtimoiy- demokratik ittifoq, Demokratik taraqqiyot partiyasi, Milliy demokratik partiya, Islohotchi kuchlar ittifoqi, Sotsialistik partiya.&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Respublika iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan neft va gazga, shuningdek, zamonaviy mashina uskunalari va ehtiyot qismlarga to\u2018liq bog\u2018liq. Sanoatda ko\u2018proq qazib olish va qayta ishlash (ko\u2018mir, qo\u2018rg\u2018oshin, rux, temir va nikel rudalarini qazib olish va qayta ishlash) sohalari rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligining rivojlanish darajasi (YIM \u2014 12%) mamlakatning oziq-ovqatga bo\u2018lgan talabini qondirish imkonini beradi. Asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari \u2014 bug\u2018doy, makkajo\u2018xori, mevalar, sabzavotlar va tamaki. 2012-yil YIM miqdori 19,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 9,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: sobiq Yugoslaviya mamlakatlari, Germaniya, Gretsiya, Albaniya.Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 10591 km.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. VIII asrda Perdikka I hozirgi Makedoniya hududida birinchi makedon qirolligini tashkil etdi. Bu davlat m. a. 513-yili fors podshosi Doro I tomonidan bosib olingan. M. a. 479-yili Aleksandr I forslami jangda yanchib mamlakat mustaqilligini qaytarib oldi. Mamlakatda m. a. 359-yili absolyut monarxiya o\u2018rnatilgan Filipp II davrida esa butun Gretsiya bosib olindi. Buyuk Aleksandr m. a. 334-323-yillarda Makedoniya hududlarini forslar davlati va boshqa davlatlar hisobiga kengaytirib katta imperiya tuzdi. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi qulaganidan so\u2018ng mamlakatni m. a. 148-yilga qadar antigonidlar sulolasi boshqardi. M. a. 148-yili esa Makedoniya Rim provinsiyalaridan biriga aylandi. 345-yili Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylangan Makedoniyaga varvarlar tez-tez bostirib kirishardi. VI asrdan boshlab hozirgi Makedoniya hududiga slavyan qabilalarining kirib kelishi, shuningdek, IX-X asrlarda Bolgariyaga qaramlik Makedoniya etnik tarkibini sezilarli darajada o\u2018zgarishiga olib keldi. 1371-yili Makedoniya Serbiya va Gretsiya ta\u2019sir doiralariga bo\u2018lindi, turklar tomonidan bosib olindi va 1913-yilga qadar turklar hukmronligi ostida qolib ketdi. Ikkinchi Bolqon urushidan so\u2018ng Buxarest shartnomasiga ko\u2018ra Make\u00addoniya Bolgariya, Gretsiya va Serbiya o\u2018rtasida bo\u2018lib olindi. Serbiya qirolligi tarkibiga kirgan Vardar Makedoniyasi (1929-yildan boshlab Yugoslaviya) ikkinchi jahon urushi paytida Bolgariya tomonidan anneksiya qilindi, lekin ozod qilinganidan so\u2018ng xalq respublikasi sifatida Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1963-yildan YSFR tarkibidagi sotsialistik respublika bo\u2018lgan Makedoniya 1991-yili o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Makedoniya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Skope. Hududi \u2014 25713 km.kv. Aholisi \u2013 2 mln 100 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 makedon. Dini \u2014 pravoslav (59%), islom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makedoniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22453,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22430","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22430","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22430"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22454,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22430\/revisions\/22454"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22453"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}