{"id":22458,"date":"2022-03-26T16:01:19","date_gmt":"2022-03-26T13:01:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22458"},"modified":"2022-03-26T16:01:20","modified_gmt":"2022-03-26T13:01:20","slug":"niderlandiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/niderlandiya\/","title":{"rendered":"Niderlandiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Niderlandlar Qirolligi. Poytaxti \u2014 Amsterdam. Hududi \u2014 41548 km.kv. Aholisi \u2014 16,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 golland. Dini \u2014 katoliklar (34%) protestantlar (25%), islom (3%). Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropaning shimoli g\u2019arbida joylashgan davlat. Janubda Belgiya bilan (chegara uzunligi \u2014 450 km), sharqda Germaniya bilan (chegara uzunligi \u2014 577 km) chegaradosh. Shimolda va g\u2018arbda Niderlandiya (boshqa nomi \u2014 Gollandiya). Shimoliy dengizga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1027 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa \u2014 451 km. Mamlakat asosan qirg\u2018oqbo\u2018yi pasttekisliklarida va quritilgan yer (poldera) uchastkalarida joylashgan. Mamlakat hududining 2\/5 qismi dengiz sathidan pastda (ayrim joylari dengiz sathidan 5 m pastda) joylashgan. Janubi sharqqa qarab bu sath yuqorilab boradi. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Vaalserberg (321 m).\u00a0 Asosiy daryolari\u00a0\u2014 Reyn irmoqlari bilan, Maas, Shelda. Eng yirik ko\u2018li \u2014 Eysselmer. Mamlakat hududi\u00adda tabiiy gaz va neft konlari bor. Ishlov beriladigan yerlar umumiy hududining 26%ini (serhosil, unumdor yerlar mamlakatning eng muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi), o\u2018tloq va yaylovlar esa 32% ni tashkil qiladi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibida 12 ta provinsiya bor. Mamlakat poytaxti Amsterdam bo\u2018lishiga qaramasdan hukumat Gaagada joylashgan. Gollandiya 1579-yili Ispaniyadan mustaqillik olgan.\u00a0 Milliy bayrami \u2014 30-aprel Qirolicha kuni. Davlat boshlig\u2018i \u2014 monarx (Qirolicha Beatriks Vilgelmina Armgard fon Oratshen-Nassau 1980-yil 30-apreldan buyon hokimiyat tepasida). ljroiya hokimiyat Ministrlar Kabinetining boshlig\u2018i premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat monarx va parlament (General Shtatlar) tomonidan amalga oshiriladi. Parlament 2 palata \u2014 Birinchi va Ikkinchi palatadan iborat. Siyosiy partiyalari: Xristian demokratik chaqiriq, Mehnat partiyasi, Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, So\u2018l yashillar. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mamlakatning yuqori taraqqiy etgan iqtisodiyotida savdo va moliyaviy xizmatlar sektori YIMning yarmidan ko\u2018prog\u2018ini ta\u2019minlaydi. Sanoatda esa (YIM 1\/4 qismi) tabiiy gaz, neft qazib olish va neftni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, metallga ishlov berish va mashinasozlik (elektrotexnika va radiotexnika sanoati, kemasozlik) sohalari peshqadam hisoblanadi. Yuksak mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo\u2018jaligida mehnatga layoqatli aholining 5%i band bo\u2018lsa-da, bu soha nafaqat mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlaydi, balki yetishtirilgan mahsulotning katta qismini (sut mahsulotlari, gullar, gul qalamchalari, sabzavotlar) chetga eksport qilish imkonini beradi. 2012-yil YIM miqdori 647,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 39,5 mln AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 YI mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2757 km (shundan 1991 km elektrlashtirilgan). Gollandiya keng tarmoqli avtomobil yo`llariga ega bo\u2018lib, ularning umumiy uzunligi 104 831 km (shundan 9251 km qattiq qoplamali yo\u2018llar). Ichki suv yo\u2018llarining umumiy uzun\u00adligi \u2014 6340 km.\u00a0 \u00a0 Asosiy portlari \u2014 Amsterdam, Rotterdam.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Kelt qabilalari kelib o\u2018rnashgan hozirgi Niderlandiya hududlari m. a. I asrda rimliklar tomoni\u00addan bosib olingan. IV-V asrlarda varvarlar bosqinidan so\u2018ng etnik guruhlar quyidagicha joylashdilar: sakslar \u2014 sharqda, frizlar \u2014 qirg\u2018oq bo\u2018yida va franklar -mamlakat janubida. Xristianlik mamlakatga Buyuk Karl boshqaruvi davrida kirib keldi. Imperiya qulaganidan so\u2018ng Gollandiya 1843-yili Latoringiya tarkibiga kirdi. XIV asrda golland yerlari Burgundiya gersogi Filipp Dovyurak Flandriya grafinyasi Margaritaga uylanganidan so\u2018ng Burgundiyaga qo\u2018shildi. XV asr oxirlarida Gollandiya gabsburglar qo\u2018l ostiga, keyinroq fransuzlar qo\u2018l ostiga o\u2018tdi. Fransuz qiroli Filipp Chiroyli ispan taxti vorisiga uylanganligi sababli Gollandiya Ispaniya hukmronligi ostiga o\u2018tib qoldi. Ispaniya qiroli Karl V 1555-yili Filipp II foydasiga taxtdan voz kechdi. 1579- yili protestantlik cherkovi tarafdorlari \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 7 respublikadan iborat federatsiya \u2014 Utrext ittifoqini tuzdilar. 1581-yili bu ittifoq o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. 1648-yili Ispaniya Shimoliy Brabant va Flandriyani Niderlandiyaga berdi. XVII asrda Niderlandiya kuchli dengiz davlatiga aylandi va tez orada uning manfaatlari Britan imperiyasi manfaatlari bilan to\u2018qnashdi. 1794-yili Niderlandiyani Fransiya bosib oldi va uning hududida Bataviya respublikasini tuzdi, 1806-yilda esa Gollandiya qirolligini tuzdi va uni Napoleon Bonapartning akasi Lyudovik idora qildi. 1814-yili Vena kongressi qaroriga ko\u2018ra Niderlandiya qirolligi tuzilib, unga birlashgan provinsiyalardan tashqari Belgiya va Lyuksemburg ham kirdi. 1830-yilgi inqilob natijasida katoliklar Belgiyasi qirollikdan ajralib chiqdi va o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. 2 ta jahon urushlari oralig\u2019ida Niderlandiya iqtisodiy ko\u2018tarilishlar davrini o\u2018z boshidan kechirdi. 1940- yili Germaniya tomonidan bosib olingan Gollandiya 1945-yilda ozod qilindi. 1949-yili Niderlandiya Belgiya va Lyuksemburg bilan bojxona shartnomasini imzoladi (Benilyuks), NATO va YI a\u2019zosi.\u00a0 Niderlandiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Niderlandlar Qirolligi. Poytaxti \u2014 Amsterdam. Hududi \u2014 41548 km.kv. Aholisi \u2014 16,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 golland. Dini \u2014 katoliklar (34%) protestantlar (25%), islom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/niderlandiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22466,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22458","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22458","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22458"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22458\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22467,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22458\/revisions\/22467"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22466"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22458"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22458"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22458"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}