{"id":22472,"date":"2022-03-26T16:07:25","date_gmt":"2022-03-26T13:07:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22472"},"modified":"2022-03-26T16:07:26","modified_gmt":"2022-03-26T13:07:26","slug":"portugaliya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/portugaliya\/","title":{"rendered":"Portugaliya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Portugaliya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lissabon. Hududi \u2013 92,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 Portugal. Dini \u2014 katoliklar (97%), protestantlar. Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Pireney yarimorolida joylashgan janubi g\u2018arbiy Yevropadagi davlat. Atlantika okeanidagi Azor va Madera orollari ham Portugaliyaga tegishli hisoblanadi. Sharqda va shimolda Ispaniya bilan chegaradosh. G\u2018arbda va janubda Atlantika okeani suvlari uning qirg\u2018oqlarini yuvib turadi. Chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 1214 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 793 km. Portugaliyaning shimoliy va shimoli sharqiy qismi tog\u2018lar bilan tugallangan. Asosiy tog` tizmasi Syerra-de-Eshtrela. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi \u2014 Eshtrela (1551 m) tog\u2018idir. Portugaliyaning markazi va janubida pasttogiiklar va tepaliklardan iborat Portugal pasttekisligi yastanib yotadi. Asosiy daryolari: Doru (Duxro), Teju (Taxo), Gvadiana. Qazilma boyliklardan temir rudasi, uran rudasi, volfram, bulardan tashqari tabiiy boyliklardan marmar, yog\u2019och mavjud. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o\u2018rmonlar va dashtlar 40% ini egallagan.\u00a0 Iqlimiga Atlantika okeanining ta\u2019siri kuchli. 0\u2018simlik dunyosi daraxtlarga boy, asosan yirik bargli va ignabargli daraxtlardan iborat. Hayvonlardan bo\u2018ri, tulki va boshqalar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Dav\u00adlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 22 okrugga bo\u2018lingan. Portugaliya 1143-yilda mustaqillikka erishib, 1910-yili 5-oktabrda respublika deb e\u2019lon qilindi. Milliy bayrami 10-iyun \u2014 Portugaliya kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali Respublika Yig\u2018ini tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda 18 ta siyosiy partiya ro\u2019yxatga olingan, ularning eng yiriklari: Portugaliya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistik partiya, Portugaliya kommunistik partiyasi<ins>. I<\/ins>qtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Por\u00adtugaliya Yevropa hamdo\u2018stligiga a\u2019zo bo\u2018lib kirganidan buyon, so\u2018nggi o\u2018n yillikda kuchli iqtisodiy o\u2018zgarishni boshdan kechirdi, biroq Yevropa hamdo\u2018stligi a\u2019zolari ichida aholisining yashash darajasi hali ham past bo\u2018lib qolmoqda. Sanoatning eng rivojlangan sohalari: metallga ishlov berish, kimyo, neftni qayta ishlash, to\u2018qimachilik, baliqni konservalash, vinochilik. Turizmdan tushadigan mablag\u2018 davlat budjetining katta qismini tashkil qiladi. Qishloq xo\u2018jaligida mehnatga yaroqli aholining 20% i band bo\u2018lib, asosiy yetishtiriladigan mahsulotlar: donli ekinlar, kartoshka, uzum; chorvachilik ham rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 219 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 20,6 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Savdo hamkorlari \u2014 YI mamlakatlari, AQSH.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 3613 km, avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 73661 km, ichki suv yo\u2018llarining uzunligi \u2014 820 km. Mamlakat\u00adning yirik portlari: Lissabon, Portu, Setubal.\u00a0 Tarixi.\u00a0Liberiyalik luzitan qabilalari yashagan zamonaviy Portugaliya hududlari m. a. 1 asrda Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. V-VII asrlarda qadimgi Rim imperiyasidan so\u2018ng Luzitaniya, Provinsiya vandallar va vestgotlar bosqiniga duchor bo\u2018ldi. 713-718- yillarda mamlakat arablar tomonidan bosib olindi. 1095-yilda tashkil topgan Portugaliya grafligi asta-sekinlik bilan mavrlar (arablar) bosib olgan hududlarni qayta ishg\u2018ol qildi. 1493-yilda Alfonso\u00a0 I boshchiligida mustaqil Portugaliya qirolligi tashkil topdi va arablarga qarshi kurash davom etdi. V asrda mamlakatda hokimiyat tepasiga Avishlar sulolasi kelgan davrda Portugaliya yirik dengiz flotiga ega bo\u2018lgan davlatga aylandi. XV asr oxirlari va XVI asr boshlarida portugaliyalik dengizchilar (Diash, Vasko da-Gama, Kabral va boshqalar) bir qator geografik kashfiyotlar qilishgan, ammo Portugaliya tom ma\u2019nodagi Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi imperiyaga aylana olmadi. XVI asrning ikkinchi yarmida Portugaliya monarxiyasi zaiflashib, 1580-yilda ispan hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1840-yilgacha, ya\u2019ni Remels tashabbusi bilan mamlakatdan ispanlar quvilib, qirol taxtiga Brogansa sulolasi asoschisi Juan VI o\u2018tirguniga qadar, 1668-yilda Portugaliya yangidan mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. Biroq, 1703-yilgi Angliya bilan tuzilgan shartnoma idora qilish ittifoq munosabatlarini o\u2018rnatishni nazarda tutib, Portugaliya uning ta\u2019sirida XX asrgacha yashadi. Napoleon urushlari davrida qirol sulolasi Portugaliyaning Braziliyadagi koloniyalarining biriga qochib o\u2018tib, u yerda Portugaliya fransuz qo\u2018shinlaridan ozod qilinguniga qadar istiqomat qildilar. 1822-yilda monarx taxtga qaytganidan so\u2018ng mamlakatning siyosiy hayoti beqaror bo\u2018lib, qirol hokimiyati tarafdorlari va sentabriyetlar (respublikachilar) o\u2018rtasidagi doimiy kurash bilan tavsiflanadi. 1910-yilda Portugaliya Respublika deb e\u2019lon qilindi, biroq 1932-yilda qat\u2019iy avtoritar boshqaruviga asoslangan Estado Nabo (Yangi davlat) tuzumini e\u2019lon qilgan Salazar diktaturasi o\u2019rnatildi. 1968-yilda Salazar o\u2018rniga kelgan M. Kayetanu ungacha mavjud bo\u2018lgan siyosatini davom ettirdi, biroq 1974-yil 25-aprelda general Spinola boshchiligidagi bir guruh ofitserlar tomonidan ag\u2018darildi. Shundan keyin mamlakatda muhim ijtimoiy va siyosiy o\u2018zgarishlar ro&#8217;y berdi. Portugaliya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Portugaliya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lissabon. Hududi \u2013 92,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 11 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 Portugal. Dini \u2014 katoliklar (97%), protestantlar. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/portugaliya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22475,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22472","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22472","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22472"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22472\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22476,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22472\/revisions\/22476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22475"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22472"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22472"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22472"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}