{"id":22474,"date":"2022-03-26T16:10:29","date_gmt":"2022-03-26T13:10:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22474"},"modified":"2022-03-26T16:10:34","modified_gmt":"2022-03-26T13:10:34","slug":"ruminiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ruminiya\/","title":{"rendered":"Ruminiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ruminiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Buxarest. Hududi \u2013 238,4 ming km.kv. Aholisi 22,3 mln kishidan ortiq (2012). Rasmiy tili \u2014 rumin. \u00a0 \u00a0 Dini-pravoslavlar (70%), katoliklar (6%), qolganlari yahudiylar va musulmonlar. Pul birligi \u2014 ley.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropa qit\u2019asining janubi sharqida joylashgan davlat. Sharqda Moldova (chegara uzunligi \u2014 450 km), shimolda Ukraina (1531 km), janubda Bolgariya (608 km), janubi g\u2018arbda Yugoslaviya (1476 km), g\u2019arbda Vengriya (443 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubi sharqda Ruminiya Qora dengiz bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 2508 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 234 km. Ruminiya Bolqon yarimorolining shimolida, Quyi Dunay havzasida joylashgan. Mamlakatning markaziy va shimoliy qismida Sharqiy va Janubiy Karpat togiari hamda Transilvan yassitog\u2018ligi yastanib yotibdi. Ruminiyaning yuqori nuqtasi Moldoveanul tog\u2018i (2544 m). G\u2018arbda G\u2018arbiy Rumin togiari joylashgan. Mamlakatning janubi sharqida Dobruja yassitogiigi mavjud. Quyi Dunay tekisligi mamlakatning janubini egallagan. Shunday qilib, relyefi turfa va uyg\u2018unlashgan holda taqsimlangan. Mamlakat markazida Karpat tog\u2018lari yarim aylana hosil qilib hududning 31% ini egallagan, tepaliklar va tog\u2018 tekisliklari 33%, pastliklar esa 36% ni egallaydi. Mamlakatning asosiy daryosi \u2014 Dunay. Asosiy tabiiy resrurslari \u2014 neft, tabiiy gaz, ko\u2018mir, temir rudasi, rangli metallar. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 63% ini, yaylov va o\u2018tloqlar 33% ga yaqin, o\u2018rmonlar va o\u2018rmonzorlar 28% ini tashkil qiladi.\u00a0 Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil kontinental. O\u2018rmonlarida buk, eman, oqqayin, grab va archa daraxtlari o\u2018sadi. Hayvonot dunyosida ayiq, bug\u2018i, tog\u2019 echkilari, quyon, qushlardan o\u2018rdaklar, g\u2019ozlar, oqqushlar, laylak va yozda uchib keladigan pelikanlar hamda flamingolar mavjud. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 40 ta uyezd, maxsus maqomga ega bo\u2019lgan Buxarest munitsipiyasiga bo\u2018lingan. Usmoniylar imperiyasidan Ruminiya 1878-yilda mustaqillik oladi. Milliy bayram \u2014 1-dekabr \u2014 barcha tarixiy rumin hududlarining yagona davlatga birlashgan kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) va hukumat boshlig\u2019i premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat (yuqori palata) va Deputatlar palatasi (quyi palata)dan iborat parlament amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: Ruminiyaning sotsial-demokratik partiyasi, Rumin milliy birligi partiyasi, Ruminiya Mars partiyasi, Mehnat Sotsialistik partiyasi, Ruminiya vengrlarining demokratik ittifoqi, Ruminiya agrar-demokratik partiyasi, Demokratik partiya.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Ruminiya iqtisodi bozor iqtisodiga o\u2018tish bosqichida. Ruminiyaning so\u2018nggi yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlari mamlakatda iqtisodiy o\u2018sish jarayoni davom etayotganligini tasdiqlamoqda. Sanoatning yaxshi rivojlangan tarmoqlari: tog\u2018-kon sanoati, yog\u2018ochni qay\u00adta ishlash, kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, neft qazib olish va neftni qayta ishlash, oziq-ovqat. Ruminiya bug\u2018doy va makkajo\u2018xori yetishtiruvchi yirik davlat hisoblanadi. 2012-yil YIM miqdori 236,6 mlrd AQSH mln dollarni (aholi jon boshiga \u2013 11 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 11380 km (3758 km elektrlashtirilgan), avtoyo\u2018llar \u2014 72816 km. Asosiy portlar: Konstansa, Sulina (dengiz porti), Breila, Galau (Dunay daryosida).\u00a0 Tarixi.\u00a0II asrda hozirgi Ruminiya hududini rimliklar bosib oladilar va o\u2018zlarining Dakiya viloyatini tashkil qilishadi. Ill asrdan boshlab mamlakat hududiga got, xunn, skif, avar qabilalari hujum qilib turdilar, VI-VII asrlarda esa bu yerlarga slavyan qabilalari kirib kelib o\u2018troq hayot kechira boshladi. XIII asrda vengrlar Transilvaniyani bosib olishadi va rumin aholisini Dunay vodiysiga siqib chiqaradi. XIV asrda yuqori iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasiga ega bo\u2018lgan Moldaviya va Valaxiya rumin knyazliklari tarkib topdi.<ins> <\/ins>Stefan Buyuk va Minoy Jasurlarning qahramonona qarshiligiga qaramasdan, Moldaviya va Valaxiya turklar tomonidan bosib olindi. XVI-XX asrlarda turk hukmronligi ostida qolib ketdi. XIX asr boshlarida Moldaviya va Valaxiya Rossiya yordami bilan avtonomiyani qo\u2018lga kiritdi, 1859-yilda esa Aleksandr Kuza boshqargan yagona Ruminiya davlatiga birlashtirildi. 1878-yilda Rossiya-Turkiya urushi davrida to\u2018la mustaqillikni qo\u2018lga kiritdi va 1881-yilda Avstro-Vengriya va hamda Germaniya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzolagan Ruminiya qirollik deb e\u2019lon qilindi. Biroq XX asr boshlariga kelib bu ittifoq zaiflashdi va Birinchi jahon urushi davrida Ruminiya qiroli Ferdinand Rossiya va uning ittifoqchilari tarafida turib jangovar harakatlarda ishtirok etdi. Urush tugagach, Ruminiya o\u2018z tarkibiga Transilvaniyani, Bukovina, Banata va Bessarabiyani qo\u2018shib olishga muvaffaq bo\u2018ldi. 1929-yilda parlament boshqaruvi Jema-Kodreanu boshchiligidagi \u00abTemir gvardiya\u00bb profashistik tuzumi bilan almashindi, 1938-yilda mamlakatda Antonesku diktaturasi o\u2018rnatildi. 1939-yilda nemis qo\u2018shinlari Shimoliy Transilvaniyani bosib olgani bilan bir vaqtda SSSR Bessarabiyani qo\u2018shib oldi (anneksiya). Fashistik Germaniya tarafida urush domiga tortilgan Ruminiya, Stalingrad jangidan so\u2018ng qirol Mixay davlatining tashqi siyosiy yo\u2018nalishini o\u2018zgartirib ittifoqchilar tarafida jang qila boshladi. Shu vaqtning o\u2018zida Antonesku diktaturasi ag\u2018darildi va mamlakatda Milliy birdamlik hukumati tuzildi. Mamlakat ozod qilinganidan so\u2018ng SSSR ta\u2019siri doirasiga tushib qoldi va 1947-yilda qirol Mixay taxtdan voz kechgach, Rumi\u00adniya respublika deb e\u2019lon qilindi. Hokimiyat tepasiga 1965-yilda kelgan Chaushesku Sovet Ittifoqi va sotsialistik mamlakatlar siyosatidan farq qiladigan tashqi siyosat yurita boshladi va shu vaqtning o\u2018zida mamla\u00adkatda diktatorlik kommunistik tuzumini o\u2018rnatdi. Bu tuzum 1989-yilda armiya qo\u2018llab-quvvatlagan xalq qo\u2018zg\u2018oloni oqibatida ag\u2018darildi. 1989-yil 25-dekabrda \u00abMilliy Qutqaruv Kengashi\u00bb Chaushesku va uning xotini Yelenani otib o\u2019ldirish haqida buyruq berdi. 1990-yilning may oyida erkin saylovlar o\u2018tkazilib, unda prezidentlik lavozimiga lliyesku saylandi.\u00a0 \u00a0Ruminiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1995-yilda o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ruminiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Buxarest. Hududi \u2013 238,4 ming km.kv. Aholisi 22,3 mln kishidan ortiq (2012). Rasmiy tili \u2014 rumin. \u00a0 \u00a0 Dini-pravoslavlar (70%), katoliklar (6%), qolganlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ruminiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22479,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22474","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22474","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22474"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22474\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22480,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22474\/revisions\/22480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22479"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22474"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22474"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22474"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}