{"id":22482,"date":"2022-03-26T16:26:28","date_gmt":"2022-03-26T13:26:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22482"},"modified":"2022-03-26T16:26:29","modified_gmt":"2022-03-26T13:26:29","slug":"sloveniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sloveniya\/","title":{"rendered":"Sloveniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi- Sloveniya Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Lyublyana. Hududi \u2014 20,3 ming km.kv. Aholisi \u2014 2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 sloven. Dini katoliklar (96%), pravoslavlar (1 %), musulmonlar (1 % ). Pul birligi \u2014 tolar.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Bolqon yarimorolining shimoliy qismida, Yevropaning janubi sharqida joylashgan davlat. Janubda va janubi sharq\u00adda \u2014 Xorvatiya, g\u2018arbda \u2014 Italiya, shimolda \u2014 Avstriya, shimoli sharqda \u2014 Vengriya bilan chegara\u00addosh. G\u2019arbiy sohillari Adriatika dengizi bilan tutash- gan. Mamlakat g\u2019arbida Yuliy Alplari viloyati joylash\u00adgan. Sharqda tog\u2018lar, daryo vodiylari bilan almashinib turadi. Mamlakat markazida baland bo\u2018lmagan togiar ustunlik qiladi. Mamlakatning eng baland nuqtasi Triglav (2863 m) tog\u2018idir. Asosiy daryolari: Drava va Sova. Karet ko\u2018llari va tog\u2018 muzliklari uchrab turadi.\u00a0 \u00a0Iqlimi-mo\u2018tadil kontinental.\u00a0 Foydali qazilmalaridan:\u00a0qo\u2018ngir ko\u2018mir, qo\u2018rg\u2018oshin, rux, simob, uran va kumush mavjud. Mamlakat hududining 50%ini o\u2018rmonlar egallagan. Eman, archa kabi daraxtlar keng tarqalgan. Hayvonlardan ayiq, qobon, silovsin, kiyik va ohularni uchratish mumkin.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament amalga oshiradi, u Davlat Kengashi hamda Davlat yig\u2018inidan tashkil topgan. Ma\u2019muriy jihatdan mamlakat 60 ta provinsiyaga bo\u2018lingan. Yirik siyosiy partiyalari: Xristian-demokratlar partiyasi, Liberal demokratik partiyasi, Sotsial demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Sloveniya milliy partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Sloveniya \u2014 industrial-agrar davlat. Uning iqtisodi sanoat ishlab chiqarishga asoslangan. Ko\u2019mir, qo\u2019rg\u2019oshin, rux rudalari qazib olinadi va qayta ishlanadi. Poytaxt Lyublyanada va Yesenitse shahrida og\u2018ir sanoat korxonalari joylashtirilgan. Ammo sanoat tarmoqlari asosini mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat tashkil etadi. Metallurgiya, yog\u2019ochni qayta ishlash, teriga ishlov berish, sport mollari ishlab chiqarish, to\u2018qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yaxshi taraqqiy etgan. Bu mahsulotlar tashqi bozorga chiqariladi. Yangi sanoat tarmoqlari elektron uskunasozlik, kimyo va farmakologiya sanoati, transport mashinasozligi kabilardan iborat. Poligrafiya sohasini alohida qayd etib o\u2019tish zarur. Qishloq xo\u2018jalik ishlab chiqarishining 40%ini o\u2018simliklar o\u2018stirish, 55% ini chorvachilik, 5%ini uzumchilik va mevachilik tashkil etadi. Yaylov chorvachiligi Alp va Subalp viloyatlari hamda Karetda keng tarqalgan. 0\u2018rmonchilik iqtisodning favqulodda muhim sohalaridan bo\u2018lib qolmoqda. Hukumat keyingi yillarda turizm sohasidagi xususiy tadbirkorlikni rag\u2019batlantirmoqda. Turizmdan kelib tushadigan daromadlar asosiy valuta tushumlari manbalaridan biridir. 2012-yil YIM miqdori 47,4 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 29,7 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Italiya, Fransiya, Xorvatiya, Avstriya.\u00a0 \u00a0Asosiy portlari:\u00a0Koper, Piran.\u00a0 Tarixi.\u00a0\u041c. a. I asrda bu yerlar Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Sloveniya hududiga slavyanlar VI asrda kirib kelishgan. M. a. 628-258-yillarda bu hududlar Samo davlati, keyinchalik Karantaniya tarkibiga kirgan. XI-XIII asrlarda Sloveniya hududida bir qator feodal knyazliklar-Shtiriya, Krayna va boshqalar vujudga keldi. XVI asr boshlaridan mamlakatning deyarli butun hududi Avstriya Gabsburglari tomonidan bosib olingan edi. 1809-1813-yillarda Illiriya provinsiyalari sifatida Napoleon davlati tarkibiga kirgan. XIX asrning 70- yillarida madaniy va milliy avtonomiya shiorlari ostidagi milliy-ozodlik harakatlari kuchayib bordi. 1918-yili Sloveniya Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligi tar\u00adkibiga qo\u2018shildi (1929-yildan Yugoslaviya davlati nomini oldi). 1941 -yilda Yugoslaviya Germaniya, Italiya, Vengriya qo\u2018shinlari tomonidan ishg\u2018ol qilindi. Nemis bosqinchilariga qarshi kurashga Yugoslaviya Xalq ozodlik armiyasi otlandi. II jahon urushidan so\u2018ng Sloveniya Yugoslaviya federatsiyasi tarkibiga kirdi. Italiya bilan imzolangan tinchlik shartnomasiga ko\u2018ra slovenlar ko\u2018pchilikni tashkil qilgan hududlarning barchasi Yugoslaviya tasarrufiga topshirildi. Yugoslaviya tarkibida Sloveniya keng madaniy va iqtisodiy avtonomiyaga ega bo\u2018ldi. 1980-yillarning oxirlarida Sloveniya siyosiy rahbariyati ko\u2018ppartiyaviylik asosidagi saylovlarni o\u2019tkazishga qaror qildi. 1990-yil aprelda Yugoslaviyada birinchi bor ko\u2018ppartiyaviylik asosida demokratik saylovlar o\u2019tkazildi. \u00a0 \u00a01991-yil 21-avgustda Sloveniya mustaqillik to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1991-yil oktabrida to\u2019la mustaqil davlatga aylandi. Sloveniya 1992-yil may oyida BMTga a\u2019zo bo\u2018ldi.\u00a0 Slovakiya Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi bilan 1993-yilda diplomatiya munosabati o\u2018rnatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi- Sloveniya Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Lyublyana. Hududi \u2014 20,3 ming km.kv. Aholisi \u2014 2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 sloven. Dini katoliklar (96%), pravoslavlar (1 %), musulmonlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sloveniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22487,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22482","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22482","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22482"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22482\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22488,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22482\/revisions\/22488"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22487"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22482"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22482"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22482"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}