{"id":22484,"date":"2022-03-26T16:27:26","date_gmt":"2022-03-26T13:27:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22484"},"modified":"2022-03-26T16:27:27","modified_gmt":"2022-03-26T13:27:27","slug":"serbiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/serbiya\/","title":{"rendered":"Serbiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Serbiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Belgrad. Hududi \u2014 73,1 ming km.kv. Aholisi \u2014 7 mln kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 serb. Dini \u2014 pravoslav, musulmonlar ham bor. Pul birligi \u2014 serb dinori\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Serbiya Yevropanining janubi sharqida. Bolqon yarimorolining markazida joylashgan. Uning hududini G\u2019arbiy va Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika bilan bog\u2018lovchi magistrallar kesib o\u2018tadi. 7 ta davlat bilan chegaradosh: Sharqda \u2014 Bolgariya, shimoli sharqda \u2014 Ruminiya, shimolda \u2014 Vengriya, g\u2019arbda \u2014 Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, janubi g\u2019arbiy hududlari Chernogoriya bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi \u2014 2397 km.\u00a0 Serbiyaning shimoliy qismlarida hosildor Voye\u00advodina pasttekisliklari joylashgan. Markaziy qismida o\u2019rmonlar bilan qoplangan tepaliklar bor. Janubida baland tog\u2018lar, tog\u2019 daryolari kesib o\u2018tadigan keng o\u2019rmonli massivlar joylashgan.\u00a0 Serbiya umumiy maydonining 55%i ishlov beriladigan, 24%i esa o\u2018rmon bilan qoplangan yerlar hisoblanadi, eng baland tog\u2018 \u2014 Prokletiye bo\u2018lib, uning eng baland cho\u2019qqisi \u2014 Jerivitsa (dengiz sathidan 2656 m baland) hisoblanadi. Yana 15 ta cho\u2019qqilari 2000 m dan baland.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 mo\u2019tadil kontinental, o\u2019simlik va hayvonot dunyosi juda boy. 0\u2018rmonlarining 4\/5 qismi bargli, 1\/5 qismi ignabargli o\u2018rmonlardir. Serbiya hududlarida ayiq, to\u2019ng\u2019iz, bo\u2018ri, tulki, quyon, yowoyi echki, ohu, silovsin, bug\u2018u, tog` echkisi va hokazolar uchraydi. Qushlar dunyosi ham xilma-xil. Yevropa tabiatida mavjud bo\u2018lgan 666 turdagi qushlardan 508 turi Serbiyada uchraydi. Daryo, ko\u2018l va kanallarda har hil turdagi baliqlar ko\u2018p. Serbiya hududlari rudalar, mine- rallarga boy: mis, oltin, kumush, qo\u2019rg\u2019oshin, rux, ko\u2019mir va hokazolar. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishiga ko\u2019ra parlamentar respublika. Ijro etuvchi hokimiyat umumiy, to\u2018g\u2018ridan to\u2019g\u2018ri saylovlarda 5 yil muddatga saylanadigan prezidentga va rais boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Rais parlament tomonidan tasdiqlanadigan hukumat tuzadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 1 palatali parla\u00adment \u2014 Skupshina. Skupshina deputatlari (250 ta) 4 yil muddatga xalq tomonidan saylanadi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Sanoatining rivojlangan sohalari: oziq-ovqat, to\u2018qimachilik, kimyo, metallga ishlov berish, avtomobil, qishloq xo\u2018jalik texnikasini ishlab chiqarish, maishiy asbob-uskunalar, mineral o\u2018g\u2018itlar, dori-darmon, keng iste\u2019mol mollarini va yog\u2018ochni qayta ishlash sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo\u2019jaligida asosan makkajo\u2018xori, bug\u2018doy, qandlavlagi, kartoshka, olxo\u2018ri va uzum yetishtiriladi. Chorvachilik ham taraqqiy etgan. 2012-yil YMM 75,5 mlrd AQSH mlrd dollarni (aholi jon boshiga 10,2 ming doll.) tashkil etgan.\u00a0 Tarixi.\u00a0Hozirgi Serbiya hududlarida m. a. II ming yillikning 2-yarmida illiriy, frakiy, keyinchalik kelt qabi- lalari yashay boshlagan. VI-VII asrlarda Serbiya hudud\u00adlarida slavyanlar paydo bo\u2018lgan. IX asrning 2-yarmida serblar xristianlikni qabul qilgan. X asr o\u2018rtalarida yirik davlat \u2014 serb knyazligi paydo boigan. 1217-yili qirollikka aylangan. 1389-yili Kosovo maydonidagi jangda serblar turk qo\u2018shinlaridan mag\u2018lubiyatga uchragan. Shundan so\u2018ng Serbiya turklarga qaram bo\u2018ldi, 1459-yili esa Turkiya tarkibiga qo\u2018shib yuboriladi. XVIII asr oxiridagi Rossiya, Turkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki bo\u2019ldi. Turkiya sultonining 1830-1833-yillardagi farmonlariga ko\u2018ra Serbiya Turkiya panohi ostidagi o\u2018zini o\u2019zi idora qiladigan avtonom knyazlik deb e\u2019lon qilindi. 1838-yili Turkiya sultoni Serbiyada konstitutsiya joriy qildi. 1918-yil 1-dekabrda Serb, Xorvat va Slovenlarning birlashgan qirolligi tuzildi. 1941-yil aprelda Serbiya nemis-fashist qo\u2019shinlari tomonidan bosib olindi. Nemislar Belgradda general M.Nedich boshchiligida qo\u2018g\u2018irchoq \u00abSerb hukumati\u00bbni tuzishdi. 1945-yil 29-noyabrda Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi e\u2019lon qilingach Serbiya Yugoslaviya tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Serbiya Chernogoriya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil mayda o\u2018tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko\u2018ra mustaqil davlatga aylandi. AQSH va bir qator Farb mamlakatlari qo\u2018llab-quvvatlashi tufayli Serbiyaning Kosovo avtonom hududi 2008-yil 17-mart kuni o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. Uni 20 dan oshiq davlat tan oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Serbiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Belgrad. Hududi \u2014 73,1 ming km.kv. Aholisi \u2014 7 mln kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 serb. Dini \u2014 pravoslav, musulmonlar ham bor. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/serbiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22490,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22484","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22484","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22484"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22484\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22484\/revisions\/22491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22490"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22484"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22484"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22484"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}