{"id":22493,"date":"2022-03-26T16:34:34","date_gmt":"2022-03-26T13:34:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22493"},"modified":"2022-03-26T16:34:36","modified_gmt":"2022-03-26T13:34:36","slug":"finlyandiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/finlyandiya\/","title":{"rendered":"Finlyandiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Finlyandiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Xelsinki. Hududi \u2014 338145 km.kv. Aholisi \u2013 5,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fin va shved. Dini \u2014 lyuteranlik (90%). Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Shimoliy Yevropadagi davlat. Janub va sharqda Rossiya (chegaraning uzunligi \u2014 1313 km), shimolda Norvegiya (729 km), g\u2018arbda Shvetsiya (586 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning g\u2018arbini Botnik qo\u2019ltig\u2019i, janubini Fin qo\u2018ltig\u2018i suvlari yuvib turadi. Chegaraning umumiy uzunligi \u2014 2628 km, sohilining uzunligi \u2014 1126 km. Mamlakat hududining katta qismi tekisliklardan iborat. Hududning 30% ini botqoqliklar tashkil etadi. Mamla\u00adkatning shimoliy g\u2018arbida Laplandiya joylashgan, relyefi tog\u2018li hududlarda o\u2019zgaradi. Shu tog\u2019larda mamlakat\u00adning eng yuqori nuqtasi \u2014 Xaltiotunturi (1328 m) tog\u2018i joylashgan. Finlyandiya \u2014 ko\u2018llar mamlakati. 60000 ga yaqin ko\u2018l bor. Ko\u2018llarning eng yiriklari \u2014 Pyayyanne, Sayma, Inari, Piyelinen. Asosiy daryolari \u2014 Tornio, Kemi, Oulu. Mamlakat hududida titan, magniy, mis, rux, temir, nikel rudalari topilgan. Muhim tabiiy boyliklaridan biri yog\u2019ochdir. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 8% ini, o\u2019rmonlar 76% ini tashkil etadi.\u00a0Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil, shimolida kontinental. Finlyandiya hududining katta qismini o\u2019rmonlar tashkil etadi. 0\u2018rmonlarda qarag\u2018ay, archa, eman, zarang, qoraqayin, qoraqarag\u2018ay, shimolida tundra o\u2018simliklari o\u2019sadi. Shimol bug\u2018usi, los, olmaxon, quyon, tulki, qunduz, ayiq, bo\u2018ri, silovsin, 250 ga yaqin parranda va qush turlari hayvonot olamini tashkil etadi. Daryo va ko\u2018llarida turli baliqlar ko\u2018p.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 parlament respublikasi. Finlyandiya ma\u2019muriy jihatdan 5 ta lyan (guberniya)ga, muxtoriyat huquqiga ega boigan Aland orollariga bo\u2018linadi. Lyanlar kixlakunta (uyezd)larga bo\u2018lingan. Finlyandiya 1917-yil 6-dekabrda mustaqillikka erishadi (awal Rossiya mustamlakasi). 6-dekabr milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni hisoblanadi. Qonunlar shved umumiy huquqiga asoslangan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 parlament (bir palatali). Yirik siyosiy partiyalari: Finlyandiya markazi, Finlyandiya sotsial-demokratik partiyasi, Milliy koalitsion partiya, Liberal xalq partiyasi, Fin\u00adlyandiya qishloq partiyasi. \u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Finlyandiya qayta ishlash tarmoqlariga asoslangan rivoj\u00adlangan bozor iqtisodiga ega. Bundan tashqari mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, to\u2019qimachilik sanoatlari rivojlangan. Yog\u2018och va bir qator qazilma boyliklarni hisobga olmaganda Finlyandiya xomashyo va energiya importiga qaram. Iqlim sharoiti tufayli qishloq xo\u2018jaligi don yetishtirish va chorvachilik bilan cheklangan. 2012-yil YIM miqdori 186,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 35,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Shvetsiya, Buyuk Brita\u00adniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Rossiya.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 5924 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 78400 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 3700 km. Asosiy portlari: Kotka, Turku, Xelruxi.\u00a0 Tarixi.\u00a0I asrning oxirlarida Estoniyadan kelgan fmlar hozirgi Finlyandiyaning janubiy hududida o\u2018mashishadi. 800-yillarga kelib fmlar Kareliyagacha yetib borishadi va fm-ugor guruhiga mansub boshqa elatlar bilan aralashib ketishadi. Keyinroq mamlakat janubini vikinglar egallashadi. 1150-yilda Finlyandiya to\u2018liq Shvetsiyaga qaram bo\u2018ladi. Shvetsiya Finlyandiyaga xristianlikni olib keladi. 1809-yilda Finlyandiya rus podshosi Aleksandr 1 tomonidan bosib olinadi. Awaliga Finlyandiya ma\u2019lum avtonomiyaga ega bo\u2019ladi. XIX asming oxirlarida Finlyandiyada majburiy ruslashtirish siyosati amalga oshirila boshlaydi. Rossiyada inqilob bo\u2019lgach, Finlyandiya mustaqillikka erishadi va qisqa muddatli monarxiyadan so\u2018ng mamlakat respublika deb e\u2019lon qilinadi. Sovet-fin urushida Finlyandiya mag\u2018lubiyatga uchraydi. Ikki o\u2018rtada tuzilgan sulhga ko\u2019ra Finlyandiya Kareliya va Laplandiyadan ajraydi. 1960-yilda Finlyandiya Skandinaviya davlatlarining umumiy bozoriga a\u2019zo bo\u2018ladi.\u00a0 Finlandiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Finlyandiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Xelsinki. Hududi \u2014 338145 km.kv. Aholisi \u2013 5,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fin va shved. Dini \u2014 lyuteranlik (90%). Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/finlyandiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22503,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22493","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22493","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22493"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22493\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22493\/revisions\/22504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22503"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22493"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22493"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22493"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}