{"id":22494,"date":"2022-03-26T16:37:47","date_gmt":"2022-03-26T13:37:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22494"},"modified":"2022-03-26T16:37:48","modified_gmt":"2022-03-26T13:37:48","slug":"fransiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fransiya\/","title":{"rendered":"Fransiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Fransiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Parij. Hududi \u2013 549,2 ming km.kv. Aholisi \u2013 62 lmn kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 katolik (90%). Pul birligi \u2014 yevro.\u00a0\u00a0<strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Yevropaning g\u2018arbidagi davlat. Janubda Ispaniya (chegara uzunligi \u2014 623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg (73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0\u2018rtayer dengizi, g\u2018arbda Biskay ko\u2018rfazi, shimoli g\u2018arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo\u2018g\u2018ozlari bilan tutashgan. 0\u2018rtayer dengizidagi Korsika oroli, to\u2018rtta dengizorti departamentlari \u2014 Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi hamda dengizorti hududlari \u2014 Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va Korsika) \u2014 28924 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunli\u00adgi \u2014 3427 km. Mamlakatning g\u2019arbi va shimoli tekisliklardan iborat. Markaz va sharqda o\u2018rta balandlikdagi Markaziy massiv, Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g\u2018arbda Ispaniya bilan tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog\u2018lari yotadi. Bu tog\u2018 tizmasining eng baland nuqtasi \u2014 Pik-de-Vinmal (3298 m). Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G\u2018arbiy Yevropaning eng baland cho\u2019qqisi \u2014 Monblan tog\u2018i (4807 m) joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy daryolari \u2014 Sena, Rona, Luara, Garonna. Ko\u2018llar Fransiyada ko\u2018p emas, eng yirik ko\u2018l \u2014 Jeneva (katt qismi Shveysariyada joylash\u00adgan). Asosiy tabiiy boyliklari: ko\u2018mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog\u2019och. Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o\u2018rmon va to\u2018qaylar 27% ini, o\u2018tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.\u00a0<strong>\u00a0Iqlimi\u00a0<\/strong>\u2014 mo\u2018tadil, Korsika orolida subtropik. Mamlakatning to\u2018rtdan bir qismini o\u2019rmonlar tashkil etadi. 0\u2018rmonlarda eman, qarag\u2018ay, qoraqayin, qayrag\u2018och, oq qayin, archa, kashtan kabi daraxtlar, O\u2018rtayer dengizi bo\u2018ylarida zaytun, tok, palma, agavalar o\u2018sadi. Hayvonot dunyosini ayiq, tog\u2018 echkisi, muflon, tulki, bo\u2019rsiq, ohu, kosulya, to\u2018ng\u2018iz, olmaxon, kaklik, burgut, flamingo (janubda) tashkil etadi.<strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo\u2018lingan 22 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi respublika 1792-yilda e\u2019lon qilingan. So\u2019nggi Konstitutsiya (V res\u00adpublika) 1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14-iyul \u2014 Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi palata)dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Respublikani qoMlash birlashmasi, Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar par\u00adtiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So\u2018l radikal harakat, Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front.\u00a0\u00a0<strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.<\/strong>\u00a0Fransiya dunyoning yuqori taraqqiy etgan sanoat, katta qishloq xo\u2019jaligi resurslariga ega bo\u2018lgan mamlakatlaridan biridir. Sanoatning asosiy tarmoqlari (YIMning 1\/4 qismi): mashinasozlik, kimyo, avtomobil, samolyotsozlik, elektronika, metallurgiya, tog\u2018-kon, to\u2019qimachilik, oziq-ovqat. Unumdor yerlarning katta maydonlari, zamonaviy texnologiyalarning qo\u2019llanilishi, hukumat subsidiyalari Fransiyani G\u2018arbiy Yevropada qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yetakchi davlatga aylantirdi. Mamlakat iqtisodida tobora xizmat ko\u2019rsatish sohasining salmog\u2019i ortmoqda. 2012-yil YIM miqdori 2064,5 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga \u2013 33,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya.\u00a0 \u00a0Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 34568 km (11674 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo\u2018llari \u2014 1551400 km (803000 km asfaltlangan), ichki suv yo\u2018llari \u2014 15000 km. Asosiy portlari: Bordo, Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan.\u00a0<strong>\u00a0Tarixi.<\/strong>\u00a0\u041c. a. I asrning o\u2018rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi. Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat cho\u2018qqisiga ko\u2018tariladi. 987-yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi keladi. G\u2019arbiy Yevropada Fransiyaning ta\u2019siri XIII asrda Fillip II Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan \u00abYuz yillik urush\u00bb olib boradi. Shu davrda ingliz qo\u2018shinlariga qarshi ozodlik kurashini Janna d\u2019Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podsho hokimiyatining cheklanishiga (1789-yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi. 1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799-yili Napoleon Bonapart davlat to\u2018ntarishi o\u2018tkazib diktatura o\u2019rnatdi va 1804-yilda o\u2018zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e\u2019lon qildi. Bosqinchilik urushlari natijasida Fran\u00adsiya deyarli butun Markaziy va G\u2018arbiy Yevropani o\u2018ziga bo\u2018ysundirdi. 1812-yilgi Rossiyaga yurish \u00abBuyuk armiyaning\u00bb yakson qilinishi bilan tugadi. 1814-yilda rus qo\u2018shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815-yilda Napo\u00adleon qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi (\u00ab100 kun\u00bb) va Vaterloo magMubiyatidan so\u2018ng u butunlay hokimiyatni qo\u2019ldan boy berdi. Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob burjua monarxiyasining o\u2019rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848-yilgi inqilob natijasida Fransiyada II respublika e\u2019lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852-yili monarxiyani qayta tikladi. 1853- 1856-yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi. 1871-yil-Parij Kommunasining tuzilishi va halokati. Ill Respublika Konstitutsiyasi 1875-yilda qabul qilindi. 1914-1918-yillarda Fransiya I Jahon urushida ishtirok etdi va g\u2018alaba qozondi. Uning natijalariga ko\u2019ra, Versal shartnomasi bo\u2018yicha Elzas va Lotaringiyani o\u2018ziga qaytarib oldi. Shuningdek, Saar viloyati, Togo va Kamerun ham Fransiyaga o\u2018tdi. I Jahon urushi davrida Fransiya nemis qo\u2018shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi: mamlakat 2 qismga bo\u2019lindi (bosib olingan hududlar va Muxtor Fransiya davlati). 1944-yili Normandiyaga ittifoqchi qo\u2019shinlar tushirildi va Fransiya ozod qilindi. 1946-yili IV Res\u00adpublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fransiya 1949-yili NATOga a\u2019zo bo\u2018lib kirdi. 1945- 1954-yillarda Vyetnamdagi mustamlaka urushlari natijasida Fransiya Hindixitoyni boy berdi. 1957-yilda mamlakat YI a\u2019zosi bo\u2019ldi. 1958-yilda ijroiya hukumat huquqlarini kengaytirgan yangi Konstitutsiya (V Respublika) qabul qilindi. 1960-yili Fransiyada mustamlaka tizimining parchalanish jarayoni boshlandi. 1962-yili Jazoir mustaqillikka erishdi. 1966-yili Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi. Fransiya 1970-1990-yillarda Yevropa integratsiyasining faol tarafdori bo\u2018lib keldi. 2005-yilda kelib chiqishi Osiyo va Afrikadan bo\u2018lgan muhojirlarning morozilik chiqishlari qator tartibsizliklarni keltirib chiqardi. 2007-yil may oyidagi prezidentlik saylovlarida N. Sarkozi g\u2019olib chiqdi. Fransiya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatildi va ular o\u2018rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik samarali tus oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Fransiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Parij. Hududi \u2013 549,2 ming km.kv. Aholisi \u2013 62 lmn kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 katolik (90%). Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fransiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22505,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22494","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22494","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22494"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22506,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22494\/revisions\/22506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22505"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}