{"id":22496,"date":"2022-03-26T16:42:10","date_gmt":"2022-03-26T13:42:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22496"},"modified":"2022-03-26T16:42:11","modified_gmt":"2022-03-26T13:42:11","slug":"xorvatiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorvatiya\/","title":{"rendered":"Xorvatiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Xorvatiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Zagreb. Hududi \u2013 56,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 4, mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 xorvat. Dini \u2014 katoliklar (11%), pravoslavlar (12%), musulmonlar (1,5%). Pul birligi \u2014 kuna.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolida joylashgan davlat. Sharqda va janubi sharqda Bosniya va Gersogovina (chegara uzunligi \u2014 842 km), shimolda Sloveniya (455 km) va Vengriya (292 km), sharq va janubda Serbiya hamda Chernogoriya (254 km) bilan chegaradosh. Xorvatiyaga Adriatika dengizidagi eng yiriklari Krk, Sres, Xvar, Korchula, Brach kabi bir qator orollar tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1843 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 5090 km (materik qismi \u2014 1078 km, orollarniki \u2014 4012 km). Mamlakat hududi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Adriatika dengizi sohilida Dinor tog\u2018i (eng baland nuqtasi \u2014 Troglav cho\u2018qqisi \u2014 1913 m), Velebet tizmasi va Kapela tizmasi joylashgan. Asosiy daryolari: Sava, Dunay. Xorvatiya neft, tabiiy gaz, ko\u2018mir, marganes, xrom, temir rudalariga ega. Hududning 32% i haydaladigan yerlar, 18% i o\u2018tloq va yaylovlar, 15% i o\u2018rmon va to\u2018qaylardir.\u00a0 Iqlimi \u2014 O\u2018rtayer dengizi tipidagi iqlim. Hududning katta qismi ignabargli o\u2019rmonlar bilan qoplangan. Bargli o\u2019rmonlar ham uchraydi. Adriatika dengizi sohillarida asosan butalar o\u2018sadi. Hayvonot olami boy. Dalmatin orollarida mangustlar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 parlament respublikasi. Mamlakat tarkibiga 102 jupaniy (ma\u2019muriy hudud) kiradi. Xorvatiya mustaqillikka 1991-yilning 26-iyunida erishdi (avval YSFSR tarkibida bo\u2018lgan). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) va rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Xorvatiya Sobori (yuqori va quyi palatadan iborat). Yirik siyosiy partiyalari: Xristian-demokratik hamdo\u2018stlik, Sotsial-demokratik partiya, Xalq partiyasi, Demokratik partiya, Sotsial-liberal partiya, Sotsialistik partiya, Xristian-demokratik par\u00adtiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.Yugoslaviya tarqalguncha Xorvatiya Sloveniya kabi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hudud hisoblanardi. Serbiya bilan urush tugagandan so\u2018ng Xorvatiya katta miqdordagi tashqi qarz, vayron etilgan infrastruktura, sobiq yugoslav respublikalari bilan iqtisodiy aloqalarning uzilganligi kabi muammolarni muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Sanoatning taraqqiy etgan tarmoqlari: kemasozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, kimyo, yog\u2018ochni qayta ishlash, elektrotexnika, elektronika, farmatsevtika, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik. Qishloq xo\u2018jaligida dehqonchilik (makkajo\u2019xori, bug\u2018doy, qandlavlagi, kungaboqar, kanop) yetakchi. Uzum yetishtirish rivojlan\u00adgan. Etnik guruhlar o\u2019rtasidagi nizolar tugagandan so\u2018ng turizm mamlakatning asosiy daromad manbayiga aylanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 66,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 15,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, Sobiq Yugoslaviya Res\u00adpublikalari.\u00a0 Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2698 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 32071 km (23305 km qattiq qoplamali), ichki suv yo\u2018llari \u2014 785 km. Portlari: Dubrovnik, Riyeka, Split (dengiz), Vukovar, Osiyek (daryo).\u00a0 Tarixi.\u00a0I asrda hozirgi Xorvatiya hududi Rim provinsiyasi Pannoniya tarkibiga kirgan. VII asrda Karpat tog\u2018laridan ko\u2018chib kelgan xorvatlar bu hududda 925-yili Xorvat qirolligiga asos soldi. 1102-yilda Xorvatiya Venger qirolligi tarkibiga kiradi va turk (1526-1599) hamda fransuz (1809-1813) okkupatsiyalarini hisoblamaganda 1918-yilgacha bu qirollikka tobe bo\u2019ladi. 1919-yilda mamlakat serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi tarkibiga kiradi. 1941-yilda Pavelich rahnamoligidagi ustashlarning millatchilik harakati Germaniya va Italiya tan olgan mustaqil Xorvatiya davlatini tashkil etadi. Fashist Germaniyasining magiubiyatidan so\u2018ng Xorvatiya Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1991-yilda Xorvatiya o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qiladi, natijada serblar va xorvatlar o\u2018rtasida harbiy nizo kelib chiqadi. Qator janglar natijasida serblar ustidan g\u2018alaba qozongan xorvatlar 1998-yilda mamlakat chegaralarini toiiq tiklashga muvaffaq bo`lishdi. 2005-yili Xorvatiya YI ga kirishga rozilik oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Xorvatiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Zagreb. Hududi \u2013 56,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 4, mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 xorvat. Dini \u2014 katoliklar (11%), pravoslavlar (12%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorvatiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22496","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22496","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22496"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22496\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22496\/revisions\/22509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22496"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22496"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22496"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}