{"id":22498,"date":"2022-03-26T16:43:15","date_gmt":"2022-03-26T13:43:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22498"},"modified":"2022-03-26T16:43:15","modified_gmt":"2022-03-26T13:43:15","slug":"shvetsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shvetsiya\/","title":{"rendered":"Shvetsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Shvetsiya Qirolligi. Poytaxti \u2014 Stokgolm. Hududi \u2014 449964 km.kv. Aholisi \u2014 9 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 shved. Dini \u2014 lyuteranlar (94%), katoliklar (1,5%). Pul birligi \u2014 shved kronasi.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Skandinaviya yarimorolining katta qismini egallagan Shimoliy Yevropadagi davlat. Shvetsiyaga Boltiq dengizidagi Gotland va Aland orollari hamda mamlakat sohili yaqinidagi qator mayda orollar tegishli. Shvetsiya g\u2018arbda va shimolda Norvegiya (chegara uzunligi \u2014 1619 km), shimoli sharqda Finlyandiya (586 km) davlatlari bilan chegaradosh. Sharqda Shvetsiya Boltiq dengizi va Botnika qo\u2018ltig\u2018i, janubi g\u2019arbda Kattegat va Skagerrak bo\u2018g\u2018ozlari bilan tutashgan. Eresunn tor bo\u2018g\u2018ozi Shvetsiyani Daniyaga tegishli bo\u2018lgan Zelandiya orolidan ajratib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 2205 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 3218 km. Mamlakat hududining asosiy qismi yassitog`liklar va tepaliklari bor tekisliklardan iborat. Shimol va g\u2018arbda Skandinav tog\u2018lari (eng baland nuqtasi \u2014 Kebnekayse tog\u2018i \u2014 2123 m) joylashgan. Mamlakat sharqida Norland yassitog\u2019ligi joylashgan. Shvetsiyaning janubiy qismida ko\u2018p sonli ko\u2018llardan iborat vodiy bor. Yirik ko\u2018llari \u2014 Vettem va Venem. Asosiy daryolari \u2014 Kaliks-Elv, Shellefte-Elf, Ume-Elf, Tume-Elf. Mamla\u00adkat temir rudasi, qo\u2018rg\u2018oshin, rux, mis, kumush va yog\u2018ochga boy. Haydaladigan yerlar mamlakat hududi\u00adning 7%, o\u2018rmonlar va to\u2018qaylar 64% ini tashkil etadi.\u00a0 Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil. Mamlakat hududining yarmidan ko\u2018prog\u2018i o\u2019rmonlardan iborat (23 mln ga). Ignabargli o\u2018rmonlar ko\u2018p. Mamlakat janubida aralash o\u2018rmonlar mavjud. Shimolda asosan mox va lishayniklar o\u2018sadi. Bug\u2018u, kiyik, tulki, o\u2018rmon suvsari, olmaxon, quyon, o\u2018rdak va oqqushlar hayvonot dunyosini tashkil etadi. Daryolari va Boltiq dengizi turli baliqlarga boy. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 24 len (gubemiya) kiradi. Milliy bayrami \u2014 6-iyun \u2014 Shved Bayrog\u2018i kuni. Davlat boshlig\u2018i \u2014 monarx. Ijro etuvchi hokimiyat \u2014 Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hoki\u00admiyat \u2014 bir palatali parlament \u2014 Riksdag tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shvetsiya xalq-demokratik ishchi partiyasi, Mo\u2018tadil koalitsion partiya, Xalq partiyasi \u2014 liberallar, So\u2018l partiya, Atrof-muhitni himoya qilish partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Shvetsiya samarali ijtimoiy ta\u2019minot, aholining yuqori turmush darajasi hamda fuqarolarning ish bilan to\u2018la bandligini ta\u2019minlaydigan iqtisodiyotga ega. Mamlakat zo\u2018r transport kommunikatsiyasiga va malakali ishchi kuchiga ega. Iqtisodining asosini yog\u2019ochni qayta ishlash, qog\u2018oz-selluloza sanoati, metallurgiya, gidroenergetika va avtomobilsozlik tashkil etadi. Qishloq xo\u2018jaligida chorvachilik rnuhim o\u2018rin tutadi. Don mahsulotlari, qandlavlagi, kartoshka asosiy ekinlar hisoblanadi. So\u2018nggi yillarda hukumat tomonidan o\u2018tkazilayotgan islohotlar \u2014 soliqlarni kamaytirish, davlat korxonalarini xususiylashtirishdan iborat bo\u2018lib, ular ishlab chiqarish hajmining o\u2018sishiga, narxlarning barqarorligini saqlab qolishga, ishsizlik darajasini kamaytirishga qaratilgan. 2012-yil YIM miqdori 325,3 ming AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 35,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Buyuk Britaniya, Daniya, AQSH, Norvegiya.\u00a0Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 12000 km. Avtomobil yo\u2018llari \u2014 135819 km (97818 km qattiq qoplamali), ichki suv yo\u2018llari \u2014 2052 km. Portlari \u2014 Evle, Gyoteborg, Kalmar, Malmyo, Stokgolm, Xelsingborg.Tarixi.\u00a0Hozirgi Shvetsiya hududida qadimda german qabilalari yashagan. VII-X asrlarda vikinglarning (sharqda ularni varyaglar deb atashgan) ta\u2019siri sharqqa, avvaliga Boltiqbo\u2018yiga, keyinroq Rossiyaga (IX asrda varyag knyazlari Novgorod va Kiyevni boshqarishga taklif etilgan) tarqalgan. 860-yilga kelib varyaglar Konstantinopol bilan savdo qilishgan. Xristianlikni mamlakatga 830-yilda frank missionerlari olib kirishgan. Bu din dastlabki xristian qirollar Olafe, Skotkonunge (XI asr) va, ayniqsa, XII asrda hukmronlik qilgan Erik IX (Avliyo) davrida keng tarqalgan. Erik IX (1150-1160) Finlyandiyaga qarshi urush boshlaydi. Finlyandiya XIII asrda Shvetsiya tomonidan bosib olinadi. 1359-yilda Shvetsiyaning Daniya va Norvegiya bilan birlashishi (Kalmar uniyasi) Shvetsiyani XVI asr boshigacha Daniyaga qaram qilib qo\u2018yadi. Karl XII Rossiya, Daniya va Polshaga qarshi kurashgan Shimoliy urushda (1700-1721) shved armiyasi Poltava yaqinida mag`lubiyatga uchraydi va Shvetsiya XVII asrda Gustav II Adolf davrida egallagan hududlarni qo\u2018ldan boy beradi. Karl XIII 1814-yilda Norvegiyani Shvetsiyaga qo\u2018shib oladi (1905-yilgacha). XX asrda ikkala jahon urushlarida neytralitet e\u2019lon qilgan Shvetsiyaning siyosiy hayotida sotsial-demokratlar mavqeyi ortadi. Sotsial-demokratik partiyaning yorqin namoyandalaridan biri Shvetsiya Bosh vaziri 1986-yili terrorchi tomonidan o`ldirilgan Ulof Palmedir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Shvetsiya Qirolligi. Poytaxti \u2014 Stokgolm. Hududi \u2014 449964 km.kv. Aholisi \u2014 9 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 shved. Dini \u2014 lyuteranlar (94%), katoliklar (1,5%). Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shvetsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22498","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22498","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22498"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22498\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22511,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22498\/revisions\/22511"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22498"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22498"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22498"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}