{"id":22515,"date":"2022-03-26T18:44:48","date_gmt":"2022-03-26T15:44:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22515"},"modified":"2022-03-26T18:44:49","modified_gmt":"2022-03-26T15:44:49","slug":"afgoniston-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/afgoniston-2\/","title":{"rendered":"Afg\u2018oniston"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Afg\u2018oniston Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kobul. Hududi \u2014 652090 km.kv Aholisi \u2014 32.7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili doriy (50%), pushtun (35% aholi so\u2018zlashadi). Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 afg\u2018oni.Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Osiyoning janubi g\u2018arbidagi davlat. Janubda \u2014 Pokiston (chegara uzunligi 2430 km), g\u2019arbda \u2014 Eron (936 km), shimolda \u2014 Tojikiston (1206 km), Turkmaniston (744 km) va O\u2019zbekiston (137 km), sharqda \u2014 Xitoy (76 km) bilan chegaradosh. Tog\u2019lar mamlakat hududining 75% ini egallaydi. Asosiy tog\u2018 tizimi \u2014 Hindikush \u2014 Afg\u2019onistonning shimoli sharqida joylashgan. Afg\u2018onistonning eng yuqori nuqtasi \u2014 Novshak tog\u2018i (7475 m). Shimoli va janubi g\u2018arbida Baqtriya, Registon, Dashti-Margo tekisliklari mavjud. Yirik daryolari \u2014 Amudaryo, Hilmand, Herirud, Kobul. Foydali qazilmalari \u2014 tabiiy gaz, neft, ko\u2018mir, mis, oltingugurt, sink, temir rudasi, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar. Haydaladigan yerlar \u2014 12%, yaylov va o\u2018tloqlar \u2014 46%, o\u2018rmon va butazorlar \u2014 3%.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 kontinental, subtropik.\u00a0Mamlakatda cho\u2018l va chala cho\u2018l o\u2018simliklari ko\u2018p, 1800 metrdan balandlikda ignabargli o\u2018rmonlar, janubda esa xurmo va sitrus daraxtlari o\u2018sadi. Yovvoyi hayvonlardan tog\u2018 echkilari, bo\u2018rilar, shoqollar, ayiqlar, ohular, tulkilar, yovvoyi mushuklar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Davlat 30 viloyatga bo\u2018lingan. Mustaqillikka 1919-yil 19-avgustda erishgan. Milliy bayramlari: 19-avgust \u2014 Mustaqillik kuni, 4-may \u2014 Xotira kuni. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament. Asosiy siyosiy partiyalari: Afg\u2018oniston Islom jamiyati, Afg\u2018oniston Islom partiyasi va h.k.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodi asosan qishloq xo\u2018jaligiga yo\u2018naltirilgan. Eksportga tabiiy gaz, meva va yong\u2018oq, qoida to\u2018qilgan gilamlar, movut, paxta, qorako\u2018l chiqaziladi. Oziq-ovqat va neft mahsulotlari import qilinadi. Sanoati sust rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligida natural xo\u2018jalik hukmronlik qiladi. \u00a0Temiryo\u2018llari uzunligi \u2014 24,6 km; avtomobil yo\u2019llari \u2014 21000 km; asosan Amudaryodan o\u2018tadigan suv yo\u2018llari uzunligi 1200 km (500 tonnagacha bo`lgan kemalar suzishi mumkin).\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Eron, Xitoy va Hindistonga boradigan yo\u2019llarda joylashgan Afg\u2018oniston Iskandar Zulqarnayn, hindlar, forsiylar, arablar, mo\u2018g\u2018ul-tatarlar, Bobur tomonidan zabt etilgan edi. 1747-yilda Ahmadshoh boshliq dastlabki afg\u2018on davlati tuziladi. Durroniylar sulolasi 1818-yilgacha, aniqrog\u2018i, Buyuk Britaniya Afg\u2018onistonni o\u2018z nazorati ostiga olgunga qadar hukm\u00adronlik qilgan. 1919-yilda hokimiyatni egallagan Omonulloxon Sovet Rossiyasi yordamida mustaqilligini e\u2019lon qiladi. 1929-1973-yillarda hokimiyat Nodirshoh sulo\u00adlasi qo\u2018lida bo\u2018lgan. 1978-yilgi navbatdagi harbiy to\u2018ntarishdan so\u2018ng hokimiyat tepasiga kelgan Muhammad Taraqqiy Afg\u2018onistonni demokratik respub\u00adlika deb e\u2019lon qiladi. 1979-yili hokimiyat tepasiga kelgan Babrak Karmalni qo`llash uchun sovet qo\u2019shinlarining \u00abcheklangan kontingenti\u00bb mamlakatga kiritiladi. 1986-yilda uning o\u2018rniga Najibullo keladi. Afg\u2018on qurollangan muxolifatchilariga qarshi kurashda 15000 sovet askari halok bo\u2018lgan. \u00a0 1989-yilda sovet qo\u2018shinlari Afg\u2018onistondan chiqarilgandan keyin ham hukumat va mujohidlar o\u2018rtasidagi kurash davom etgan. Pokiston yordamida hokimiyat Tolibon islom harakati qo`liga o\u2018tadi. 2001-2002-yillarda AQSH boshchiligida tolibonlarga qarshi olib borilgan antiterroristik harakat natijasida hokimiyat demokratik fuqarolar hukumati qo\u2019liga o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Afg\u2018oniston Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kobul. Hududi \u2014 652090 km.kv Aholisi \u2014 32.7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili doriy (50%), pushtun (35% aholi so\u2018zlashadi). Dini \u2014 islom. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/afgoniston-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22515"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22521,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22515\/revisions\/22521"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}