{"id":22523,"date":"2022-03-26T18:46:50","date_gmt":"2022-03-26T15:46:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22523"},"modified":"2022-03-26T18:46:53","modified_gmt":"2022-03-26T15:46:53","slug":"bahrayn-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahrayn-2\/","title":{"rendered":"Bahrayn"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Bahrayn. Poytaxti \u2014 Manama. Hududi \u2014 695,15 km.kv. Aholisi 707852 kishi (2007). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 Bahrayn dinori.&nbsp;Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Yaqin Sharqda joylashgan davlat. Fors ko\u2019rfazining shimoli- g\u2018arbiy qismida Saudiya Arabistoni va qator davlatlar qirg\u2019oqlari bilan chegaradosh. 33 ta oroldan iborat. Ularning orasida eng yirigi Arabiston yarimoroli bilan uzunligi 25 km gacha yaqin bo\u2018yin vositasida bog\u2018- langan Bahrayn orolidir. Bahrayn orolining uzunligi 25 km, eni \u2014 16 km ni tashkil etadi. Orollar materik va marjonli kelib chiqishga ega. Tuproq qatlamida ohak- tosh keng tarqalgan. Hududning katta qismini chalacho\u2019llar egallagan. Arxipelagning yuqori nuqtasi Jabal- ad-Duxan (134 m). Ba\u2019zi orollar Bahrayn va Muharrar bilan to\u2018g\u2018onlar (damba) vositasida bog\u2018langan.&nbsp; Iqlimi \u2014 tropikdan subtropikka o\u2018tuvchi. Vohalarda finik palmalari o\u2018sadi. Hududning katta qismi tropik cho\u2018llardan iborat. Ilonlar, chayonlar, kemiruvchi va shoqollar keng tarqalgan.&nbsp; Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 monarxiya. Davlat boshlig\u2019i \u2014 Amir Shayx. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 premyer-ministr Shayx. Siyosiy partiyalari yo\u2018q. Siyosiy tashkilotlari: Bahrayn xalq fronti, Bahrayn milliy ozodlik fronti.Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodining asosini neft qazib olish va uni qayta ishlash tashkil etadi. Kema ta\u2019mirlash, sement va boshqa korxonalar bilan bir qatorda hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Kimyo sanoati ham rivojlangan, alumin eritiladi. Madaniy o\u2018simliklardan makkajo\u2019xori, bug\u2019doy, arpa yetishtiriladi. Echki, qo\u2018y, eshak va zebusimon sigirlar boqiladi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya.&nbsp; Tarixi.&nbsp;M.a. Ill ming yillikda zamonaviy Bahrayn kuchli savdo imperiyasi hisoblangan Dilmunning markazi bo\u2018lgan. M.a. 1600-yillarida Dilmun inqirozga yuz tutadi. Bahrayn m.a. 600-yilda Bobil tarkibiga, IV- VI asrlarida Sosoniylar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda esa Bahrayn arab xalifaligi hukmronligi ostida qoldi. IX-X asrlarda Bahrayn Ummaviylar imperiyasi, keyinchalik Abbosiylar davlati tarkibida bo\u2018ldi. XIII asrda Bahrayn ma\u2019lum muddatga mustaqillikni qo\u2018lga kiritdi. 1487-yilda Bahrayn va Mohara orol\u00adlari Ummonlik qabilalari tomonidan bosib olindi. 1536-yildan 1602-yilgacha orollarni portugallar nazorat qilishdi. XVIII asr o\u2018rtalarida Bahraynda uni hozirgi kunda ham idora etayotgan Al-Xalifa urug\u2018i vujudga keldi. XIX asrda Bahrayn inglizlar nazorati ostida edi. 1971-yil 14-avgustda Bahrayn mustaqillikka erishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Bahrayn. Poytaxti \u2014 Manama. Hududi \u2014 695,15 km.kv. Aholisi 707852 kishi (2007). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 Bahrayn dinori.&nbsp;Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Yaqin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahrayn-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22523","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22523","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22523"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22523\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22523\/revisions\/22528"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22523"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22523"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22523"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}