{"id":22524,"date":"2022-03-26T18:50:11","date_gmt":"2022-03-26T15:50:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22524"},"modified":"2022-03-26T18:50:12","modified_gmt":"2022-03-26T15:50:12","slug":"birlashgan-arab-amirliklari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birlashgan-arab-amirliklari-2\/","title":{"rendered":"Birlashgan Arab Amirliklari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Birlashgan Arab Amirliklari. Poytaxti \u2014 Abu-Dabi. Hududi \u2014 83657 km.kv. Aholisi \u2013 4,6 mln kishidan ortiq (2012). \u00a0Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 dirham. Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Arabiston yarimorolida joylashgan, yetti arab davlatidan iborat federatsiya. Janub va g\u2018arbda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi \u2014 457 km), shimolda \u2014 Ummon (410 km), shimoli g\u2018arbda esa Qatar bilan chegaradosh. Shimolda Fors ko\u2018rfazi, sharqda Ummon ko\u2018rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 1318 km. Mamlakat landshaftida tekisliklar ustunlik qiladi. Unumsiz qirg\u2018oq tekisliklari qumli barxanlarga aylanib boradi. Mamlakat ichkarisidagi yirik maydonlar cho\u2019llar va sho\u2018rxok yerlardan iborat. Sharqda Hojar tog\u2018 cho\u2018qqilari joylashgan (balandligi 1127 km). BAA uchun cho\u2018l o\u2018simliklari dunyosi xosdir: yantoq va cho\u2018l iqlimiga chidamli o\u2019tlar. Mamlakatning sug\u2018oriladigan maydonlarida yovvoyi va madaniy mevali daraxtlari \u2014 xurmo, akatsiya o\u2018stiriladi. Hayvonot dunyosi \u2014 kiyik, quyon hamda ilon va kaltakesaklarning har xil turlari uchraydi. Fors va Ummon ko\u2019rfazi suvlari baliqqa boy.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Mar\u00adkaziy hokimiyati maxsus vakolatlarga ega bo\u2018lgan amirliklar federatsiyasi. Federatsiyaga yetti arab amirliklari: Abu-Dabi, Ajiman, Emanay, Ras-al-Xayma, Umm-al-Kavayn, Shaija hamda Al-Fujayra kiradi. BAA 1971-yil 2-dekabrda mustaqillikka erishdi. Mustaqillikka qadar u Buyuk Britaniya protektorati (qaram davlati) hisoblanib, uning oldingi nomi Shartnomaviy Ummon bo\u2018lgan. Buyuk Britaniya BAAga mustaqillik bergan kun (1971-yil 2-dekabr) milliy bayram \u2014 Federatsiyaning tashkil topgan kuni sifatida nishonlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat Prezidentga hamda hukmdorlarning Oliy Kengashiga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Federal Milliy Kengash amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar mavjud emas. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mamlakat iqtisodi neft va gaz eksportiga asoslangan. 1973-yilda dunyoda neft xarid narxining keskin ko\u2018tarilishi mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning vaqtinchalik o\u2019zgarishiga olib keldi. Qishloq xo\u2018jaligida mehnatga layoqatli aholining 5% i band bo\u2018lib, yetishtiriladigan mahsulotlar quyidagilar \u2014 xurmo, sabzavotlar, tarvuz, parranda, sut mahsulotlari va baliq. Mamlakat o\u2018z ichki oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabining chorak qisminigina ta\u2019minlaydi. 2006-yil YIM miqdori 63670 mln dollami (aholi jon boshiga \u2014 25200 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya. Avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi 2000 km (asfalt yotqizilgan yo`llar \u2014 1800 km). Mamlakatning asosiy portlari: Abu-Dabi, Dubay, Shaija, Al-Fujayra.\u00a0 Tarixi.\u00a0XIX asr oxirlarigacha BAA Ummon tarkibida boigan. 1892-yilda Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan Arab davlatlari federatsiyasi Fors ko\u2019rfazidagi dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish maqsadida Buyuk Britaniya bilan kelishuv imzoladi. 1971-yil, ya\u2019ni BAA davlat mustaqilligi e\u2019lon qilingunga qadar u Buyuk Britaniya protektorati edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Birlashgan Arab Amirliklari. Poytaxti \u2014 Abu-Dabi. Hududi \u2014 83657 km.kv. Aholisi \u2013 4,6 mln kishidan ortiq (2012). \u00a0Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/birlashgan-arab-amirliklari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22524","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22524","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22524"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22529,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22524\/revisions\/22529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22524"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22524"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}