{"id":22547,"date":"2022-03-26T19:44:18","date_gmt":"2022-03-26T16:44:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22547"},"modified":"2022-03-26T19:44:26","modified_gmt":"2022-03-26T16:44:26","slug":"davlat-byudjeti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-byudjeti\/","title":{"rendered":"DAVLAT BYUDJETI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT BYUDJETI \u2014 davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo&#8217;ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo&#8217;g&#8217;ini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki Markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yig&#8217;indisi) va mahalliy (munisipal) byudjet (hududiy tuzilmalar \u2014 o&#8217;lka, viloyat, tuman va hokazolar doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari) ga bo&#8217;linadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni ta&#8217;minlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar ko&#8217;rsatish va boshqalar) ko&#8217;rsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yig&#8217;imlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag&#8217;lardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potentsiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bog&#8217;liq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, ya&#8217;ni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3-3,5% ga teng bo&#8217;lishi me&#8217;yoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining g&#8217;oyat oshib ketishi va uni daromad bilan ta&#8217;minlash mumkin bo&#8217;lmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetilari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yig&#8217;indisi davlatning yig\u2019ma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha bo&#8217;ladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab bo&#8217;ladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yig&#8217;iladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi ko&#8217;payadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad solig&#8217;i, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda solig&#8217;i va boshqalar) hisobiga shakllanadi (masalan, 1987 yilda AQShda soliq tushumlari Davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Frantsiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSh federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida &#8220;daromadlar darajasini ta&#8217;minlash&#8221; (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yo&#8217;qotgan oilalar va hokazolarga yordam ko&#8217;rsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa xarajatlari (28\u2014 30%) eng muhim o&#8217;rinda turadi. Hozirgi davrda oz sonli sosialistax mamlakatlarda Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablag&#8217;lardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil bo&#8217;ladi va asosan xalq xo&#8217;jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy maishiy tadbirlarga sarflanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika Davlat byudjeti, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Davlat byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini birlashtiradi. O&#8217;zbekistonning birinchi Davlat byudjeti 1924-25 yillarda tuzilgan bo&#8217;lib, uning hajmi 3,64 million so&#8217;mni tashkil etgan edi. O&#8217;zbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakuni (dekabr oyining oxiri)da O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo&#8217;ladi hamda amaliyotga joriy etiladi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish davridagi o&#8217;zgarishlar bilan bogliq holda bordi. O&#8217;zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq ko&#8217;pchilik qismi soliqlar hisobiga olinmoqda. 1995 yilda O&#8217;zbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 yilda 3,5%, 1997 yilda 2,2%, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 milliard so&#8217;m)ga teng bo&#8217;ldi. Amalda bo&#8217;lgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamg&#8217;armalar (ijtimoiy sug&#8217;urta jamg&#8217;armasi, ish bilan ta&#8217;minlashga ko&#8217;maklashish jamg&#8217;armasi, kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi jamg&#8217;armasi, yo&#8217;l jamg&#8217;armasi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo&#8217;mitasi jamg&#8217;armasi, mineral xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish fondi, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yo&#8217;nalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab O&#8217;zbekiston Respublikasining Birlashgan byudjetiga kiritildi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar o&#8217;zgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo&#8217;jaliklar va aholi daromadlarining o&#8217;sishi asosiy ahamiyatga ega. O&#8217;zbekistonda Davlat byudjetini shakllantirish tartibi O&#8217;zbekistan Respublikasining 2001 yil 1 yanvardan kuchga kirgan &#8220;Davlat byudjeti tizimi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonuni (2000 yil 14 dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Erlis Alikulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT BYUDJETI \u2014 davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo&#8217;ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo&#8217;g&#8217;ini hisoblanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-byudjeti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22547","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22547","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22547"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22547\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22548,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22547\/revisions\/22548"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22547"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22547"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22547"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}