{"id":22578,"date":"2022-03-27T17:33:49","date_gmt":"2022-03-27T14:33:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22578"},"modified":"2022-03-27T17:33:52","modified_gmt":"2022-03-27T14:33:52","slug":"davlat-mulki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-mulki\/","title":{"rendered":"DAVLAT MULKI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT MULKI \u2014 mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning uz vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquklar. Davlat mulki tushunchasi &#8220;davlat&#8221; tushunchasi bilan uzviy bog&#8217;langan bo&#8217;lib, ular doimo bir-birini taqozo etib keladi. O&#8217;tmishda Davlat mulki asosan bosqinchilik urushlari xisobiga ko&#8217;payib bordi. Davlat mulki tarkibiga imoratlar va yerdan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari, ot-ulov vositalari, yem va boshqalar ham kirgan. Kapitalizm davriga kelib turli sohalar (pul muomalasi, bandlik, tashqi savdo, aholining kam ta&#8217;minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, madaniyat, ta&#8217;limni rivojlantirish va boshqalar) da davlat boshqaruvchilik vazifasini bajara boshladi. Shunga bog&#8217;liq holda Davlat mulki ham maktablar, kasalxonalar, pul-kredit muassasalari, elchixonalar va boshqalar hisobiga ortib bordi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlatga qarashli korxonalar ulushi turlichadir. Masalan, AQSh, Yaponiyada bu miqdor juda kam (2% atrofida). Yevropada yalpi ichki mahsulotning 10%dan (Germaniya) 30%gacha (Avstriya) bo&#8217;lgan ulushini davlat korxonalari ishlab chiqaradi. Ularda 4%dan (Buyuk Britaniya) 20\u2014 25%gacha (Avstriya, Gretsiya, Frantsiya) ish kuchi band. Davlat korxonalari iqtisodiyotda yalpi kapital qo&#8217;yilmalarining (Germaniya, Buyuk Britaniyada) 1\/6 qismini, Frantsiyada 1\/3, Avstriyada 1\/2 qismini amalga oshiradi. AQShda ekiladigan yerlarning 1\/3 qismi federal hukumat mulkiga kiradi. Jahon tajribasida Davlat mulki asosan ikki yo&#8217;l bilan paydo bo&#8217;ladi: davlat byudjet vositalari hisobiga mol-mulk ob&#8217;yektlari yoki davlat korxonalarini barpo etadi; davlat xususiy mulkchilik egaligida bo&#8217;lgan mol-mulkni qisman yoki to&#8217;laligicha milliylashtirish (natsionalizasiya)ni amalga oshiradi. Davlat korxonalari mulki shu tartibda davlat byudjeti vositalari hisobidan butun iqtisodiyotning faoliyat kursatishi uchun zarur bulgan serxarajat infratuzilma korxonalari (kommunal xo&#8217;jaligi, energetika, transport, aloqa) ni barpo etish, ilmiy-texnika progressi bilan bog&#8217;liq ayrim kapitaltalab tarmoqlar (elektronika, aviatsiya) ni rivojlantirish, zarar ko\u2019rib ishlayotgan korxonalarni (masalan, ko\u2019mir sanoati korxonalari) ni milliylashtirish va boshqalar yo\u2019li bilan shakllanadi. O&#8217;zbekistonda oktyabr to\u2019ntarishidan boshlab 20-asrning 90-yillar boshigacha \u2014 Respublika mustaqillikka erishgunga qadar shaxsiy va kooperativ mulkdan tashqari barcha mol-mulk Davlat mulki hisoblanar edi. Mustaqillikdan so&#8217;ng mulkchilikning hamma shakllari \u2014 Davlat mulki, aralash mulk, qo&#8217;shma korxonalar mulki, jamoa mulki, aktsiyadorlik mulki va boshqalarning daxlsizligi va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratish qonun yo&#8217;li bilan mustahkamlandi. Shunga ko&#8217;ra mulkchilik munosabatlari O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, 1990 yil 31 oktbarda kuchga kirgan &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida mulkchilik to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonun hamda bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Davlat mulki tarkibi, turlari qat&#8217;iy belgilab qo&#8217;yildi. Iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo&#8217;g&#8217;ini tarzida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish yo&#8217;nalishi tanlandi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mulki respublika mulki va ma&#8217;muriy xududiy tuzilmalar mulkidan tashkil topadi. Respublika mulkiga (yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, mamlakat hududi doirasidagi xavo havzasi, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosi, respublika hokimiyat va idora organlari mol-mulki, respublika xalqlarining madaniy va tarixiy boyliklari, respublika byudjeti mablag&#8217;lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari, O&#8217;zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi mulki, davlatning byudjet yoki boshqa mablag&#8217;lari evaziga yaratilgan yoki sotib olingan korxonalar, tashkilotlar, o&#8217;quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek, intellektual faoliyat natijalari va boshqalar kiradi. Ma&#8217;muriy &#8211; hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk) mahalliy davlat hokimiyati idoralari mulki, kommunal uy-joy fondi va kommunal xo&#8217;jaligi korxonalari, mahalliy byudjet mablag&#8217;lari, madaniyat, sog&#8217;liqni saqlash, xalq ta&#8217;limi muassasalari va boshqalardan iborat. O&#8217;zbekistonda Davlat mulkiga bo&#8217;lgan mulkchilik huquqini xalq nomidan O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan Markaziy davlat idoralari (vazirliklar) hamda mahalliy hokimiyat idoralari amalga oshiradilar. Abdulla Abduqodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT MULKI \u2014 mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning uz vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquklar. Davlat mulki tushunchasi &#8220;davlat&#8221; tushunchasi bilan uzviy bog&#8217;langan bo&#8217;lib, ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-mulki\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22578","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22578","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22578"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22578\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22580,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22578\/revisions\/22580"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22578"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22578"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22578"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}