{"id":22600,"date":"2022-03-28T15:32:34","date_gmt":"2022-03-28T12:32:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22600"},"modified":"2022-03-28T15:32:35","modified_gmt":"2022-03-28T12:32:35","slug":"davlat-sotsializmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-sotsializmi\/","title":{"rendered":"DAVLAT SOTSIALIZMI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT SOTSIALIZMI &#8211; 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ&#8217;ib etuvchi reformistik nazariya. 2) sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo&#8217;lgan sotsializm. Davlat sotsializmi nazariyasi 19-asrning 2-yarmida Germaniyada tarqaldi. Uning asoschisi nemis iqtisodchisi K. I. Rodbertusyagesov bo&#8217;lib, uning qarashlariga ko&#8217;ra, insoniyat jamiyati kommunizm sari rivojlanib, o&#8217;z yo&#8217;lida davlatning rivojlanish bosqichlari va mulkchilik shakllari bilan belgilanadigan 3 davr (&#8220;antik davr&#8221;, &#8220;feodalizm va kapitalizm&#8221;, &#8220;kommunizm&#8221;) ni bosib o&#8217;tadi. &#8220;Antik davr&#8221; negizini odamga mulkchilik, &#8220;feodalizm va kapitalizm&#8221; davrini erga va kapitalga mulkchilik, &#8220;kommunizm&#8221;ni mehnatga va ish haqiga mulkchilik belgilaydi. U davlatni jamiyatning &#8220;kommunizm&#8221;ga evolyutsion o&#8217;tishini harakatlantiruvchi kuchi bo&#8217;lgan ideal tashkilot tarzida talqin qiladi. G. Shmoller, L. Brentano, A. Vagner, V. Zombart va boshqalar ham Davlat sotsializmi g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib etganlar. Davlat sotsializmi asoschilari sosializm deganda ishlab chiqarish vositalari va iqtisodiyotning islohotlar yo&#8217;li bilan davlatlashtirilishini tushunar edilar. Shu sababdan ular 1873 yildagi iqtisodiy tanglik davrida Prussiya temir yo\u2019l kompaniyalarini halokatdan qutqarib qolish uchun uning davlat ixtiyoriga olinishi, boj tarifi o&#8217;rnatilishi, tamaki monopoliyasi, spirtli ichimliklarga soliq, ba&#8217;zi Liberal islohotlarni sotsializmning amalga oshirilishi deb talqin qilgan. Davlat sotsializmi nazariyasiga inqilobiy sotsializm nazariyasi asoschilari K. Marks va F. Engels qarshi chiqib, sosializm faqat sotsialistik inqilob, ishchilar sinfi hokimiyatining o&#8217;rnatilishi va ishlab chiqarish vositalarining deyarli hammasini sotsialistik mulkka aylantirish natijasidagina amalga oshirilishi mumkin degan g&#8217;oyani ilgari surganlar. Biroq Rossiyadagi oktyabr to&#8217;ntarishi bilan boshlangan va 1917-91 yillarda o&#8217;tkazilgan sotsialistik eksperiment Marks g&#8217;oyalari asosida yarimyorti shakllangan sosialistik tuzum, o&#8217;z mohiyati va tabiatiga ko&#8217;ra haqiqatdan adolatli demokratik jamiyat bo&#8217;lmasdan, amalda Davlat sotsializmidan iborat ekanini ko&#8217;rsatdi. Sobiq Ittifoqdagi sovet sotsializmi ham, undan nusxa olgan boshqa mamlakatlardagi sosializm ham haddan tashqari markazlashtirilgan boshqarishga asoslangan sotsializm edi. Masalan, Ittifoqda ishlab chiqarish vositalarining 90% dan ortig&#8217;i davlat mulki edi. Shuning uchun u ham haqiqiy demokratik erkin jamiyat bo&#8217;la olmadi va pirovardida inqirozga uchradi. Hozirgi paytda mavjud sotsialistik mamlakatlar (Xitoy, Vetnam) da keng ko&#8217;lamli demokratik islohotlar o&#8217;tkazilmoqda. G&#8217;arb mamlakatlaridagi sotsialistik va kommunistik partiyalar, ishchilar partiyalari (masalan, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, Buyuk Britaniyadagi leyboristlar partiyasi va boshqalar) sotsialistik mafkuraning ko&#8217;pgina tamoyillaridan voz kechdilar, ishlab chiqarish vositalarining mutlaq ko&#8217;pchiligini markazlashtirish va davlatlashtirish kabi g&#8217;oyalar bugungi kunda o\u2019z jozibasini butunlay yo&#8217;qotdi. Chunki bunday Davlat sotsializmi hayot sinovidan o&#8217;ta olmadi, lekin demokratik sotsializm g&#8217;oyalari hali ham uchrab turadi. Kapitalizm ham o&#8217;zini to&#8217;laqonli demokratik va Odil jamiyat sifatida namoyish eta olmaganligi sababli, turli mamlakatlar (Germaniya, Daniya, Shveytsariya va boshqalar) da yangi tsivilizasiyaga, ijtimoiy-insoniy tuzumga o&#8217;tish \u2014 umumdemokratik adolatli jamiyat qurish, uning boshqariladigan, ijtimoiy yo&#8217;naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish g&#8217;oyasi vujudga keldi va uni hayotga joriy etish bo&#8217;yicha samarali ishlar qilinmoqda, demokratik va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustun bo&#8217;lgan, barcha kishilar uchun munosib insoniy hayot ta&#8217;minlanadigan erkin jamiyat qurish yo&#8217;lidan borilmoqda. Erlis Aliqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT SOTSIALIZMI &#8211; 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ&#8217;ib etuvchi reformistik nazariya. 2) sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo&#8217;lgan sotsializm. Davlat sotsializmi nazariyasi 19-asrning 2-yarmida Germaniyada &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-sotsializmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22601,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22600\/revisions\/22601"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}