{"id":22632,"date":"2022-03-29T08:05:03","date_gmt":"2022-03-29T05:05:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22632"},"modified":"2022-03-29T08:05:05","modified_gmt":"2022-03-29T05:05:05","slug":"davlat-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-tili\/","title":{"rendered":"DAVLAT TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT TILI \u2014 muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, ko&#8217;p millatli mamlakatlarda, masalan, Hindiston, Kanada, Shveytsariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitusiyalarida belgilab qo&#8217;yilgan. Davlatlarning ko&#8217;pchiligida rasmiy til bilan Davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til maqomi Davlat tili maqomidan farqlanadi. Masalan, Shveytsariyada Konstitutsiyaga binoan nemis, frantsuz, italyan tillari \u2014 rasmiy til; nemis, frantsuz, italyan va retoroman tillari \u2014 Davlat tili sanaladi. O&#8217;zbekistonda sho&#8217;rolar hukmronligi paytida Davlat tili haqida umuman gapirish ham mumkin bo&#8217;lmagan, aksincha o&#8217;zbek tilining ijtimoiy hayotda qo&#8217;llanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish ma&#8217;naviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi o&#8217;laroq &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat tili haqida&#8221;gi qonun qabul qilindi (1989 yil 21 oktabr). Bu qonun o&#8217;zbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol o&#8217;ynadi. Mazkur qonun qoidalari O&#8217;zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo&#8217;yildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan O&#8217;zbekistonda Davlat tili \u2014 o&#8217;zbek tilidir. Qoraqalpog&#8217;istonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan Real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib boorish vazifasi til islohoti bilan bog&#8217;liq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tug&#8217;dirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida bo&#8217;lgan va madaniy-ma&#8217;naviy sohada o&#8217;ziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan Davlat tili haqidagi qonunning ko&#8217;pgina moddalariga o&#8217;zgartirishlar va qo&#8217;shimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995 yil 22 dekabrda O&#8217;zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. O&#8217;zbek tilining O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida Davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Davlat tilini o&#8217;rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda Millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo&#8217;lish, ularning rivojlanishi ta&#8217;minlanadi. Davlat tilini o&#8217;qitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). Davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki husumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o&#8217;zaro muomala, tarbiya va ta&#8217;lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to&#8217;sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo&#8217;ladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi ta&#8217;minlangan. Ta&#8217;lim-tarbiya ishlari o&#8217;zbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirg&#8217;iz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun etarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va an&#8217;analariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab bo&#8217;ladi. Ad.: Abdumajidov F., Davlat tili haqida (qonunga sharhlar), T., 1998. G&#8217;afur Abdumajidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT TILI \u2014 muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, ko&#8217;p millatli mamlakatlarda, masalan, Hindiston, Kanada, Shveytsariyada qaysi til yoki tillar rasmiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22632","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22632","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22632"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22632\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22634,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22632\/revisions\/22634"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22632"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22632"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22632"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}