{"id":22644,"date":"2022-03-29T08:42:41","date_gmt":"2022-03-29T05:42:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22644"},"modified":"2022-03-29T08:42:42","modified_gmt":"2022-03-29T05:42:42","slug":"davlat-chegarasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-chegarasi\/","title":{"rendered":"DAVLAT CHEGARASI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT CHEGARASI \u2014 davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan o&#8217;tadigan vertikal sath shu davlatning havo chegarasi hisoblanadi. Xalqaro huquqqa binoan qo\u2019shni davlatlar o&#8217;rtasidagi Davlat chegarasi shartnoma tartibida belgilanadi. Davlat chegarasini belgilash 2 bosqichda amalga oshiriladi: chegarani delimitasiya qilish (Davlat chegarasi yo&#8217;nalishini belgilash va uni shartnomaga ilova qilinadigan xaritaga tushirish) va chegarani demarkasiya qilish (chegara belgilari yordamida joyda chegarani belgilash). O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, o&#8217;zgartirish, himoya qilish va qo&#8217;riqlash sohasidagi munosabatlar &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonun (1999 yil 20 avgust) bilan tartibga solinadi. 2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan ana shu qonunga ko\u2019ra, Davlat chegarasini belgilash va o&#8217;zgartirish O&#8217;zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi joylarda aniq ko&#8217;rinib turadigan chegara belgilari bilan ko&#8217;rsatib qo&#8217;yiladi. Chegara belgilarining shakllari, o&#8217;lchamlari va ularni o&#8217;rnatish tartibi qonun hujjatlari hamda O&#8217;zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o&#8217;tkazish belgilangan o&#8217;tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. Davlat chegarasi orqali o&#8217;tkazish punktlarida chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi hududlar belgilanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo&#8217;shimcha rejim qoidalari joriy etiladi. Davlat chegarasi rejimini ta&#8217;minlash uchun chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi belgilanadi. Chegara oldi zonasi \u2014 Davlat chegarasiga tutash hududning bir qismi bo&#8217;lib, u Davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Chegara oldi mintaqasi \u2014 chegara oldi zonasining Davlat chegarasi chizig&#8217;iga bevosita tutash qismi bo&#8217;lib, u bevosita Davlat chegarasi bo&#8217;ylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara bo&#8217;yi daryolari, ko&#8217;llari va boshqa suv havzalari qirg&#8217;og&#8217;i bo&#8217;ylab o&#8217;tkaziladi. Davlat chegarasini himoya qilish va qo&#8217;riqlash bo&#8217;yicha maxsus vakolatli organ O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo&#8217;mitadir. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga mazkur qo&#8217;mitaning raisi O&#8217;zbekiston Respublikasining chegara vakillarini tayinlaydi. Shoenbek Karimboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT CHEGARASI \u2014 davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan o&#8217;tadigan vertikal sath shu davlatning havo chegarasi hisoblanadi. Xalqaro huquqqa binoan qo\u2019shni davlatlar o&#8217;rtasidagi Davlat chegarasi shartnoma &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-chegarasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22644"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22649,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22644\/revisions\/22649"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}