{"id":22645,"date":"2022-03-29T08:42:57","date_gmt":"2022-03-29T05:42:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22645"},"modified":"2022-03-29T08:42:58","modified_gmt":"2022-03-29T05:42:58","slug":"davlat-qarzi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-qarzi\/","title":{"rendered":"DAVLAT QARZI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT QARZI \u2014 davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o&#8217;z daromadlari bilan xarajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo bo&#8217;ladi va u qarz ko&#8217;tarish yo&#8217;li bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qog&#8217;ozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi. Davlat qarzining to&#8217;lov davriga ko&#8217;ra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga ko&#8217;ra ichki qarz (davlat mamlakatning o&#8217;zidagi iqtisodiy sub&#8217;yektlardan qarzdor bo&#8217;ladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalardan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada to&#8217;lanadi. Davlat qarzining darajasi, ya&#8217;ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig&#8217;indisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan o&#8217;lchanadi, ya&#8217;ni to&#8217;lov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to&#8217;lash uchun zarur pul byudjetda soliqlarni oshirish orqali to&#8217;planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko&#8217;payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to&#8217;g&#8217;ri keladi. Vaqtida to&#8217;lanmagan tashqi qarzga qo&#8217;shimcha foiz to&#8217;lanadi, undiriladigan foiz qarzga qo&#8217;shilib, uning mikdori yanada oshadi. Davlat qarzining bo&#8217;lishi uni boshqarishni taqozo etadi, ya&#8217;ni qarzni olish va to&#8217;lash bilan bog&#8217;liq muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim bo&#8217;ladi. Qarz va uning foizlarini to&#8217;lash uchun byudjetdan pul ajratish Davlat qarziga xizmat qilish deyiladi. Davlat qarzini to&#8217;lashdagi shartsharoitlarning o&#8217;zgarishi Davlat qarzi restrukturizasiyasi deyiladi. Restrukturizasiya yuz berganda qarz haqining o&#8217;zgarishi konversiya deyiladi. Qarz to&#8217;lash muddati cho&#8217;zilganda Davlat qarzi prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va Davlat qarzining konsolidasiyasi yuz beradi. Davlat qarziga o&#8217;rin bo&#8217;lmasligi uchun davlat xarajatlari davlat daromadlari darajasida bo&#8217;lishi lozim. Bunda taqchillikka yo&#8217;l berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi (masalan, O&#8217;zbekiston davlat ichki qarzini oshirmaslik uchun byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1997 yilda 2,2% ga, 2000 yilda 1% ga keltirildi). Ahmadjon Ulmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT QARZI \u2014 davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o&#8217;z daromadlari bilan xarajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo bo&#8217;ladi va u qarz ko&#8217;tarish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/davlat-qarzi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22645","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22645","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22645"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22645\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22650,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22645\/revisions\/22650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22645"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22645"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22645"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}