{"id":22707,"date":"2022-03-29T10:19:11","date_gmt":"2022-03-29T07:19:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22707"},"modified":"2022-03-29T10:19:12","modified_gmt":"2022-03-29T07:19:12","slug":"koreya-xalq-demokratik-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koreya-xalq-demokratik-respublikasi\/","title":{"rendered":"Koreya Xalq Demokratik Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Pxenyan. Hududi \u2014 120538 km.kv. Aholisi \u2013 23,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 koreys. Dini \u2014 budda va konfutsiylik (biroq diniy faoliyat amalda deyarli yo\u2018q). Pul birligi \u2014 von.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0<\/strong>Sharqiy Osiyodagi davlat. Koreya yarimorolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda Xitoy (chegara uzunligi \u2014 1416 km), janubda Janubiy Koreya (238 km), shimoli sharqda Rossiya bilan (17 km) chegaradosh. G\u2018arbdan Sariq dengiz, sharqdan Yapon dengizi o\u2018rab turadi. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1671 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 3495 km. Mamlakat hududini asosan tepalik va tog\u2018lar tashkil qiladi, ulaming oralig\u2018i torgina vodiylardan iborat. Mamlakatning eng baland nuqtasi \u2014 Pektusan tog\u2018i (2750 m). Asosiy daryolari: Amnokkan, Tedongan, Tumangan. Asosiy tabiiy boyliklari: ko\u2018mir, qo\u2018rg\u2018oshin, volfram, temir rudasi, mis, oltin rux, grafit, magnezit. Hududining 20% i haydaladigan yerlar, 74% i o\u2018rmon va changalzorlar.<br>Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil mussonli. Mamlakatning tog\u2018li tumanlari uchun ignabargli o\u2018rmonlar xarakterli: qarag\u2018ay, archa, koreys oq qarag\u2018ayi, shuningdek, tol, terak, g\u2018ujumlar ko\u2018proq bo\u2018lgan aralash o\u2018rmonlar bor. Vodiylar amalda to`laligicha qishloq xo\u2018jalik ekinlari bilan band. Bu yerlarda sholi, soya, javdar, makkajo\u2018xori va boshoqli ekinlar ekiladi. Mamlakat hayvonot dunyosida yo\u2019lbars, qoplon, ayiq, tulki, bo\u2018rilarni uchratish mumkin. Qushlar olamida burgut, bekas, tuma va qirg\u2018iylar bor.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Konstitutsiyasiga binoan KXDR suveren sotsialistik davlat hisoblanadi, amalda esa mamlakatda kommunistik rejim o\u2019rnatilgan. Mamlakat tarkibida 9 ta viloyat va ikkita markazga bo\u2018ysunuvchi shahar bor. KXDR 1948-yil 9-sentabrda mustaqil davlat bo\u2019ldi (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi). 9-sentabr \u2014 Milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni. Davlat boshlig\u2018i \u2014 amalda cheklanmagan hokimiyatga ega boigan prezident (Kim Ir Senning vafotidan so\u2018ng, 1994-yildan beri mamlakatni prezident Kim Chen Ir boshqaradi). Ikkita vitse-prezident, Ma\u2019muriy Kengash rahbari va to\u2018qqizta vitse-rahbarlar prezidentga bo\u2018ysunadilar. Yuqori qonunchilik organi \u2014 Xalq Oliy majlisi. Mamlakatda faqat bitta siyosiy partiya \u2014 Koreya Mehnat partiyasi ro\u2018yxatga olingan.<br><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.<\/strong>\u00a0Foydali qazilmalar va gidroenergetik resurslarning katta hajmi mamlakat sanoat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Asosan qazib chiqarish sanoati (ko\u2018mir, temir, magnit rudalari, grafit, mis, rux, qo\u2018rg\u2018oshin) va og\u2019ir sanoat rivojlangan. Iqtisodiyot ustidan o\u2018matilgan davlat nazorati hatto kommunistik rejim uchun ham juda qattiq. Qishloq xo\u2019jaligi uchun yaroqli yerlarning barchasi kollektivlashtirilgan. Qishloq xo\u2018jaligida (YIMning chorak qismiga yaqini) mehnatga layoqatli aholining 36%i band. Asosiy ekinlari \u2014 sholi, makkajo\u2019xori, soya, kartoshka, boshoqli ekinlar. Iqtisodiy rivojlanish va turmush darajasi bo\u2019yicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan ancha orqada. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Gonkong, Singapur.<br>\u00a0Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi 4915 km, avtomobil yo\u2018llari uzunligi 30000 km ga yaqin. Mamlakat portlari: Vonsan, Nampxo, Chxonjin, Xinnam.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0\u041c. a. II-I asrlarda hozirgi Koreyaning hududi Xitoyning mustamlakasi edi. M. a. 37-yili Koreya yarimorolining shimolida Koreys davlati Kogure paydo boiadi, janubiy qismi esa ikkita qirollikka: Pekche va Sillaga bo\u2018lingandi. X asrning oxirlarida koreys davlatlari Koryo dinastiyasi hukmronligi ostida birlashtirildi. 1321-yili mo\u2018g\u2018ullar Koreyani bosib o`lganlarida qirol saroyidagilar Chejudo oroliga bekindilar. Li dinastiyasi hukmronligi yillarida (1392-1910) mamlakatga yaponlar (XVI asr oxiri) va manchjurlar (XVIII asr) hujum qildilar, XIX asrda esa Xitoy, Yaponiya va Rossiya o\u2018rtasida talash bo\u2018ldi. 1910-yili Yaponiya tomonidan bosib olingan Koreya 1938-yili yapon bosqinchilariga qarshi kurash boshladi va 1943-yili mustaqillikka erishdi. Biroq sovet va Amerika qo\u2018shinlari bosib olgan ikki zona 38-parallel bo\u2018yicha ikki qismga bo\u2018lindi. 1948-yili mamlakatning shimoliy qismida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi e\u2019lon qilindi. 1950-1953-yillarda Shimoliy va Janubiy Koreya o\u2019rtasida urush davom etdi. Bu urush tugagandan keyin ham ikkala koreys davlatlari o\u2018rtasida chegara mojarolari bo\u2018lib turdi. Shimoldagi koreys davlatining dastalbki davridayoq undagi hokimiyat bir kishi \u2014 Kim Ir Senning qo\u2018lida bo\u2018ldi, u mamlakatda kommunistik diktatura o\u2018rnatdi. Kim Ir Senning o`limidan so\u2018ng hokimiyatni uning o\u2018g\u2018li Kim Chen Ir egalladi, uncha ko\u2018p davom etmagan motam davridan so\u2018ng u KXDRning prezidenti deb rasman e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Pxenyan. Hududi \u2014 120538 km.kv. Aholisi \u2013 23,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 koreys. Dini \u2014 budda va konfutsiylik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koreya-xalq-demokratik-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22707","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22707"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22715,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22707\/revisions\/22715"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}