{"id":22708,"date":"2022-03-29T10:15:03","date_gmt":"2022-03-29T07:15:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22708"},"modified":"2022-03-29T10:15:04","modified_gmt":"2022-03-29T07:15:04","slug":"indoneziya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/indoneziya\/","title":{"rendered":"Indoneziya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi &#8211; Indoneziya Respublikasi. Poytaxti &#8211; Jakarta. Hududi &#8211; 1919400 km<sup>2<\/sup>. Davlat tili indonez. Dini &#8211; musulmonlar (87%), protestantlar (6%), katoliklar (3%), buddistlar (3%). Pul birligi \u2014 Indoneziya rupiyasi.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0<\/strong>Indoneziya Respublikasi Janubi sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (G\u2018arbiy Irian) orolining g\u2019arbiy qismida joylashgan. Indoneziya hududining yarmidan ko\u2019prog\u2019i o\u2018rtacha baland va pastqam tog\u2018lardan, Yangi Gvineyada qisman baland togiardan (eng baland joyi &#8211; 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orolda 400 dan ortiq vulqon bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulqonlardir. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila bo\u2018lib turadi. Neft, ko\u2019mir, temir, marganes, qalay rudalari, boksit, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.<br>Iqlimi &#8211; Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqiy va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim. Eng yirik daryolari &#8211; Kapuas, Barito, Xarri, Kompar, Musi, Mamberamo, Digul.<br><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Indo\u00adneziya &#8211; unitar respublika. Davlat va hukumat boshlig\u2018i &#8211; prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Xalq Maslahat Kongressi. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yil 18-avgustda qabul qilingan. Ijroiya hokimiyatni prezi\u00addent o\u2018zi tayinlagan hukumat bilan birga boshqaradi. Asosiy siyosiy partiyalari: Birlik va taraqqiyot partiyasi, IDP Milliy mandat partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0<\/strong>Indoneziya &#8211; agrar-industrial mamiakat. Qishloq xo\u2018jaligi Indoneziya iqtisodining yetakchi tarmog\u2018i hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko\u2018prog\u2018i qishloq xo\u2018jaligida band. Tabiiy kauchuk va palma yog\u2018i ishlab chiqarish bo\u2018yicha dunyoda birinchi o\u2019rinda turadi. Tropik daraxt yog\u2018ochidan yasalgan buyumlar, tamaki, choy, qahva, ziravor dorivorlar, shuningdek, baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin &#8211; sholi, makkajo\u2019xori. Chorvachiligida qoramol, cho\u2018chqa, echki, qo\u2018y, yilqi, parranda boqiladi. Indoneziya hududining 65% i o\u2019rmon bilan qoplangan bo\u2018lib, qimmatbaho yog\u2018och tayyorlanadi. Konchilik sanoati budjet tushumlarining ancha qismini ta\u2019minlaydi. Yiliga o\u2018rtacha 576 mln barrel neft qazib olinadi. Indoneziya suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda birinchi o\u2018rinda, qalay qazib olishda ikkinchi o\u2018rinda, nikel qazib olishda to\u2018rtinchi o\u2018rinda turadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini iste\u2019mol mollari: gazlama, charm buyumlar, ro\u2018zg\u00bborbop kimyoviy mahsulotlar, oziq-ovqat tashkil etadi. Sholi oqlash, tamaki, qand-shakar, choy, yog\u2018, ip-gazlama, jun, qurilish materiallari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral o\u2019g\u2019it va shina zavodlari bor. Yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, neft kimyosi, avtomobil yig\u2019ish, radioelektronika rivojlanmoqda. Indoneziyada dengiz transporti yetakchi o\u2018rinda. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya.<br>Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi &#8211; 6964 km. Avtomobil yo`llari &#8211; 119500 km. Ichki suv yo\u2018llari &#8211; 21579 km. Portlari: Tanjungprion (Jakarta porti), Surabaya, Palembang, Balikpapan, Ujungpan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarixi.\u00a0<\/strong>Indoneziya qadimiy madaniyat markazlaridan biridir. \u041c.a. II asrga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayyu orollarida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. VII asrda bir necha mayda davlatlar birlashib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. VIII asrning birinchi yarmida Yavada Mataram davlati paydo bo\u2018ldi. 1025-yil Shrivi\u00adjayya inqirozga uchradi. XI asrning 40-yillarida Mataram Kediri (XIII asrdan Singasari) va Jangola davlatlariga bo\u2018linib ketdi. XIII asr oxirida Singasari yemirilib, uning o\u2018mida Majapaxit imperiyasi tashkil topdi (1293 &#8211; taxm. 1520). XIV asrda Hindiston va Malakkadan Indoneziyaga islom dini kirib keldi. XVI asrdan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga bo\u2018linib ketgach, Indoneziya hududiga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-yil gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompaniyasiga asos soldi. 1811-yil lndoneziyani inglizlar bosib oldi. 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga ko\u2018ra Indoneziya Niderlandiya qo\u2018liga o\u2018tdi. 1942-1945-yillarda Indoneziyani Yaponiya bosib oldi. Yaponiya II Jahon urushida mag\u2019lubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil Indoneziya Respublikasi deb e\u2019lon qilindi (1945-yil 17-avgust). 1945-yil 6-sentabrda Indoneziyaga ingliz, keyinroq golland qo\u2018shinlari bostirib kirdi. 1949-yil noyabrda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan olishga majbur bo\u2018ldi. Biroq Indoneziya 16 hududga bo\u2018linib tashlandi: Mamlakat \u00abIndoneziya Qo\u2018shma Shtatlari\u00bb nomi bilan yuritila boshlandi. Gollandiya G\u2018arbiy Irianni o\u2018z qo\u2018l ostida saqlab qoldi. 1950-yil 6- avgustda Indoneziya unitar davlat deb e\u2019lon qilindi. 1953-yil 1-mayda G\u2018arbiy Irian Indoneziya Respub\u00adlikasi tarkibiga qo\u2018shib olindi. Etnik jihatdan indo- neziyaliklardan farq qiluvchi Farbiy Irian (Irian-Jaya, Yangi Gvineya oroli) aholisi XX asrning 70-90 yillarida qo\u2018zg\u2018olonlar ko\u2018tardi.1968-yilda Suxarto prezidentlik lavozimiga saylanganda, Indoneziya dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri edi. (70 mln odam (aholining 60%) o\u2018ta qashshoq bo\u2018lgan). Oxirgi 25 yilda yashash tarzi yaxshilanib, urbanizatsiya jarayoni kuchaydi.\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p>Indoneziya 1992-yilda O\u2018zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabati o\u2018rnatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi &#8211; Indoneziya Respublikasi. Poytaxti &#8211; Jakarta. Hududi &#8211; 1919400 km2. Davlat tili indonez. Dini &#8211; musulmonlar (87%), protestantlar (6%), katoliklar (3%), buddistlar (3%). Pul birligi \u2014 Indoneziya rupiyasi.Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/indoneziya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22708","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22708","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22708"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22708\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22709,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22708\/revisions\/22709"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22708"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22708"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22708"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}