{"id":22721,"date":"2022-03-29T10:25:11","date_gmt":"2022-03-29T07:25:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22721"},"modified":"2022-03-29T10:25:12","modified_gmt":"2022-03-29T07:25:12","slug":"nepal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nepal\/","title":{"rendered":"Nepal"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Nepal Qirolligi. Poytaxti \u2014 Katmandu. Hududi \u2014 147181 km.kv. Aholisi 28 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 nepali. Dini \u2014 induizm (rasmiy dini 90%). Pul birligi \u2014 Nepal rupiyasi.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0<\/strong>Osiyo qit\u2019asining janubiy qismida joylashgan davlat. G\u2019arbda, janubda va sharqda Hindiston (chegara uzunligi 1690 km), shimolda Xitoy bilan (1236 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2926 km. Mamlakat janubida keng Hind-Gang tekisligi joylashgan. Markaziy qismida balandligi 2500 m bo\u2018lgan Mahabxorat va Churiya tepalik va tog\u2018liklari joylashgan. Shimolida Himolay tog`lari joylashgan. Nepalda dunyoning 7 ta eng baland cho\u2019qqilari toiiq yoki qisman joylashgan. Jumladan, yer yuzining eng baland cho\u2018qqisi \u2014 Jomolungma (Everest \u2014 8848 m) ham Nepalda joylashgan. Nepalning asosiy daryolari \u2014 Karnali, Kali-Gandak, Aruklar Gang havzasiga kiruvchi daryolar hisoblanadi. Mamlakat yuqori gidroenergetik potensialga ega bo\u2018lish bilan birga bir qator tabiiy resurslar \u2014 yog\u2018och, mis, kobalt, lignit va temir rudasi konlariga ham egalik qiladi. Ishlov beradigan yerlar mamlakat hududining 17% ini, o\u2018rmon va to\u2018qayzoylar 33% ini tashkil etadi.<br>\u00a0Iqlimi \u2014 tropik iqlim zonasidan arktik iqlim zonasigacha davom etadi. Shunga ko\u2019ra o\u2018simlik dunyosi ham xilma-xildir.<br><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0<\/strong>Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 14 ta zona (viloyat) kiradi. Ular o\u2018z navbatida 75 ta distrintga (tuman) bo\u2018linadi. Nepal 1768-yildan buyon mustaqil davlat hisoblanadi. Qonunchilik hind qonun- lariga va ingliz umumiy huquqiga asoslanadi. Davlat boshlig\u2018i monarx (qirol Birendra Bir Bikram Shax Dev 1985-yil 24-fevralda taxtga o\u2018tirgan). Hozirgi qirolning tug\u2018ilgan kuni 28-dekabr \u2014 Milliy bayram hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat monarx va 2 palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Parlament Milliy Kengash (yuqori palata) va Deputatlar palatasi (quyi palatasi)dan iborat. Yirik siyosiy partiyalari \u2014 Nepal Kongressi, Milliy Demokratik partiya, Nepal kommunistik partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;<\/strong>Nepal jahonning kam rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo\u2018jaligi (YIMning 60% i) tashkil qiladi. Asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari \u2014 sholi, bug\u2018doy va boshqa donli ekinlar \u2014 shakarqamish, jut, shuningdek. go\u2018sht va sut yetishtirish yaxshi taraqqiy etgan. Shunday bo\u2018lsa-da mamlakat o\u2018zining oziq-ovqatga bo\u2019lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Sanoat ishlab chiqarishi qishloq xo\u2019jaligi mahsulot- larini qayta ishlash bilan chegaralangan. To\u2018qimachilik mahsulotlari va gilam eksport qilishdan ham sezilarli darajada foyda olinadi. Keyingi yillarda mamlakat budjetiga daromad tushirishning muhim manbalaridan bin \u2014 turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 AQSH, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya. Temiryo\u2018llaming umumiy uzunligi 101 km, avtomobil yo`llari esa 71400 km.<br><strong>Tarixi.<\/strong>&nbsp;VII asrda Nepal hududida txakur sulolasiga asos solingan bo\u2018lib, ular XVIII asrga qadar hukmronlik qilgan. XIV asrdan boshlab Nepal hududida musul- monlar hukmronligidan saqlanish maqsadida hind shahzodalari o\u2018z knyazliklarini tuzishdi. XVI asrda Nepal hududida Nashput kastasiga mansub bo\u2019lgan roja o\u2018z sulolasiga asos soldi va u 1768-yilga kelib butun Nepal knyazliklarini bo\u2018ysundirishga muvaffaq bo\u2018ldi. 1814-1816-yillarda inglizlar bilan olib borilgan urushlarda Nepal o\u2018z hududining bir qismini boy berdi. 1847-yili hokimiyatga Ran sulolasi keldi va ular Nepalni 1947-yilga qadar idora qilishdi. 1960-yili Nepalda siyosiy partiyalarning faoliyat yuritishi taqiqlangan edi, biroq 1990-yili bu taqiq yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan qirol tomonidan bekor qilindi. 1991-yili esa demokratik hukumat shakllantirildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Nepal Qirolligi. Poytaxti \u2014 Katmandu. Hududi \u2014 147181 km.kv. Aholisi 28 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 nepali. Dini \u2014 induizm (rasmiy dini 90%). Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nepal\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22721","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22721","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22721"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22721\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22731,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22721\/revisions\/22731"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22721"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22721"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22721"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}