{"id":22736,"date":"2022-03-29T10:31:34","date_gmt":"2022-03-29T07:31:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22736"},"modified":"2022-03-29T10:31:36","modified_gmt":"2022-03-29T07:31:36","slug":"suriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suriya\/","title":{"rendered":"Suriya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Suriya Arab Respublikasi. Poytaxti \u2014 Damashq. Hududi \u2014 185200 km.kv. Aholisi \u2013 19,7 mln.kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili arab. \u00a0Dini \u2014 islom. \u00a0Pul birligi \u2014 Suriya funti.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Suriya Janubi G\u2018arbiy Osiyoda joylashgan davlat. Shimolda Turkiya (chegara uzunligi \u2014 822 km), sharqda Iroq (605 km), janubda lordaniya (375 km) va Isroil (79 km), g\u2018arbda Livan bilan (375 km) chegaradosh. Mamlakat hududining asosiy qismini tekisliklar egallagan. Janubda Suriya cho\u2019llari joylashgan. G\u2019arbda Suriya O`rtayer dengizi bilan tutashib ketgan. Mamlakatning g\u2019arbiy qismida Ansoriya va Antilivan tog` tizmalari joylashgan. Suriyaning eng baland cho\u2019qqisi \u2014 Xerman (2814) ham shu yerda joylashgan. Asosiy daryolari: Frot va Al-Asi. Mamlakat neft, fosfat, marganes konlariga boy. Hududining 28%ida dehqonchilik qilinsa, 46%i yaylovlardan iborat. Suriya iqlimi ancha iliq bo\u2018lib, O\u2018rta yer dengizi sohillari boshqa hududlardan keskin farq qiladi.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat 14 ta ma\u2019muriy hududga bo\u2018lingan. Suriya 1946-yil 17-aprelda o\u2018z mustaqilligini qo\u2019lga kiritgan. Davlat va ijroiya hokimiyat rahbari \u2014 prezident. Oliy qonun chiqaruvchi organi bir palatali parlament \u2014 Xalq Kengashi. Yirik siyosiy partiyalari: Arab sotsialistik uyg\u2019onish partiyasi, Milliy sotsialistik partiya, Taraqqiyot milliy fronti (7 ta partiyani birlashtirgan).\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a01991-yil bo\u2019lib o\u2019tgan Iroq-Quvayt urushidan so\u2019ng Suriya arab va G\u2018arbiy Yevropa davlatlaridan sezilarli darajada moliyaviy yordam oldi. Bu narsa mamlakatning tashqi qarzlarini to\u2019lashga va neftni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga yordam berdi. Neft va fosforit qazib olish Suriya sanoatining asosini tashkil etadi. Qishloq xo\u2018jaligi umummilliy mahsulotning 30% ini yetishtiradi. Asosiy ekinlar: paxta, bug\u2018doy, arpa. Suriya o\u2018z-o\u2018zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlay olmaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Yevropa Ittifoqi davlatlari. Temiryo\u2018llari uzunligi \u2014 1998 km. Avtomobil yo\u2019llari \u2014 31569 km. Asosiy portlari \u2014 Tartus va Baniyaz.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Bugungi Suriya hududlari tarixning turli davrlarida turli xil davlatlar tarkibiga kirgan. \u041c. a. XVI asrda qadimgi Misr, m. a. XIV asrda Xett podsholigi, m. a. XII asrga kelib bu hududlar yahudiylar tomonidan ishg\u2018ol qilingan. \u041c.a. VII-VI asrlarda bu hududlar ossuriyaliklar tomonidan egallangan. M. a. 539-yilda forslar, m.a. 333-yilda Aleksandr Makedonskiy imperiyasi tarkibiga kirdi. \u041c.a. III asrda salavkiylar sulolasi Suriya podsholigiga asos soldi. M. a. 64-yildan bu podsholik Rim imperiyasi tarkibiga kiritildi. 636-yilda bu hududlar arablar tomonidan bosib olindi. Keyin Suriya salibchilar tomonidan tashkil etilgan Quddus podsholigi tarkibiga kirdi. 1516-yildan 1920-yilgacha Suriya Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismi bo\u2019lib qoldi. 1920-yili Fransiya Suriyani boshqarish huquqini oldi. 1914-yil sentabrda Suriya o\u2019z mustaqilligini e\u2019lon qilgan bo\u2019lsa-da, amalda 1946-yilning 17-aprelidan to\u2019la mustaqillikka erishdi. 1958-yilda Suriya va Misr yagona Birlashgan Arab Respublikasini tashkil etishadi. 1962-yili Suriya bu ittifoqdan chiqib mustaqil Suriya Arab Respublikasini tuzadi.\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Suriya Arab Respublikasi. Poytaxti \u2014 Damashq. Hududi \u2014 185200 km.kv. Aholisi \u2013 19,7 mln.kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili arab. \u00a0Dini \u2014 islom. \u00a0Pul birligi \u2014 Suriya funti.\u00a0Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22736","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22736","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22736"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22736\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22748,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22736\/revisions\/22748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}