{"id":22740,"date":"2022-03-29T10:32:40","date_gmt":"2022-03-29T07:32:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22740"},"modified":"2022-03-29T10:32:41","modified_gmt":"2022-03-29T07:32:41","slug":"turkmaniston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkmaniston\/","title":{"rendered":"Turkmaniston"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Turkmaniston Respublikasi. Poytaxti \u2014 Ashxobod. Hududi 488100 km.kv. Aholisi \u2013 5,1 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 turkman. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 manat.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0<\/strong>Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va sharqda 0\u2018zbekiston (chegaraning uzunligi \u2014 1621 km), shimolda Qozog\u2018iston (379 km), sharqda va janubda Afg\u2018oniston (744 km), janubda Eron (922 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbda mamlakat Kaspiy dengizining suvlari bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 3736 km. Sohilining uzunligi \u2014 1768 km. Mamlakat hududining katta qismi pasttepalik bo\u2019lib, unda Qoraqum sahrosi joylashgan. Sahroning maydoni \u2014 375 ming kv.km. Mamlakatning shimoli g\u2018arbida Kaspiy dengizi bo\u2018yida Qora Bo\u2019g\u2019oz \u2014 Koi ko\u2019rfazi joylashgan. Ko\u2018rfaz dengiz sathidan 35 m past. Janub va janubi g\u2018arbda Kopetdog\u2019 tog\u2019lari bor. Yirik ko\u2019l \u2014 Sariqamish sho\u2018r ko\u2018li. Asosiy daryo \u2014 Amudaryo. Turkmaniston neft, gaz, kaliy va osh tuzlari, rangli va noyob metallarga boy. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 2% ini, yaylovlar 69% ini tashkil etadi.<br><strong>Iqlimi<\/strong>\u00a0\u2014 keskin kontinental. O\u2018simlik dunyosini cho\u2018l va adir o\u2018simliklari tashkil etadi. Sahroda jayron, shoqol, tulki, echkilar, kapcha ilon, agama, tekislik va togiarda tog\u2019 echkisi, gurza, toshbaqa, turli kemiruvchilar yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. 1991-yilning 27-oktyabrida Turkmaniston mustaqil bo`ldi. Mustaqillik kuni (27-oktabr) \u2014 Milliy bayram hisoblanadi. Davlat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Prezident Bosh vazir (Vazirlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Majlis (bir palatali parlament). Ro\u2019yxatdan o\u2019tgan yagona siyosiy partiya \u2014 Turkmaniston demokratik partiyasi.<br><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.<\/strong>&nbsp;Sanoatining asosini neft va gaz qazib chiqarish va neftni qayta ishlash tashkil etadi. Qishloq xo\u2019jaligida paxta, mevalar, sabzavotlar yetishtiriladi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari \u2014 paxta tolasi, dizel yoqilg\u2018isi, mazut, qo\u2019lda to\u2019qilgan gilamlar. Asosiy savdo sheriklari \u2014 Rossiya, Ukraina, 0\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Ozarbayjon, Turkiya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2120 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 13000 km. Asosiy porti \u2014 Turkmanboshi.<br><strong>Tarixi.<\/strong>&nbsp;\u041c. a. I ming yillikda hozirgi Turkmaniston hududida Marg\u2018iyona, Parfiya, Midiya davlatlari mavjud edi. \u041c.a.VI asrlarda bu hududlar forslar davlati, m. a. IV asrda makedoniyalik Iskandar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda bu hududga arablar bostirib kiradi va mahalliy aholi orasida islom dinini targ\u2018ib etadi. IX-X asrlarda bu hududlar Tohiriylar va Somoniylar davlatlari, XI-XIII asrlarda Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. XIII asrda mo\u2019g\u2019ullar bostirib kiradi va hozirgi Turkmaniston yerlarini o\u2019z imperiyasiga qo\u2018shib olishadi. XIV asrning ikkinchisi yarmidan XV asrning oxirlarigacha Turkmaniston hududlari Temur va temuriylar davlatiga kiradi. XVII-XIX asrlarda hozirgi Turkmaniston hududlari Eron shohlari, Xiva va Buxoro xonlari o\u2019rtasida talash bo\u2018lgan. XIX asrning 80-yillarida bu hududlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinadi. 1917-yilgi davlat to\u2019ntarilishidan so\u2019ng Sovet hokimiyati o\u2019rnatiladi. 1991-yilda Turkmaniston mustaqillikni qo\u2018lga kiritadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Turkmaniston Respublikasi. Poytaxti \u2014 Ashxobod. Hududi 488100 km.kv. Aholisi \u2013 5,1 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 turkman. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 manat.Geografik joylashuvi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkmaniston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22740","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22740","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22740"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22752,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22740\/revisions\/22752"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}