{"id":22742,"date":"2022-03-29T10:33:07","date_gmt":"2022-03-29T07:33:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22742"},"modified":"2022-03-29T10:33:08","modified_gmt":"2022-03-29T07:33:08","slug":"filippin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/filippin\/","title":{"rendered":"Filippin"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy norni \u2014 Filippin Respublikasi. Poytaxti \u2014 Manila. Hududi \u2013 300,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 90,4 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 filippin. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 Filippin pyesosi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Tinch okeanining g\u2018arbiy qismida, Malayya arxipelagining Filippin orollarida joylashgan davlat. Filippinga tegishli 7100 dan ortiq orollar bor. Eng yirik orollari \u2014 Luson, Mindanao, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindoro, Leyte. Mamlakat g\u2019arbda Janubiy Xitoy, sharqda Filippin, Janubda Sulavesi dengizlari bilan tutashgan. Shimolda Filippin orollarini Tayvan orolidan Bashi bo\u2018g\u2018ozi ajratib turadi. Sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi \u2014 36289 km. Eng yirik o\u2018n bir orol mamlakat hududining 92% ini tashkil etadi. Eng baland cho\u2018qqisi Mindanao orolidagi Apo tog\u2019idir (2954 m). Asosiy tabiiy boyliklari: yog\u2019och, neft, nikel, kobalt, kumush, oltin, mis. Mamlakat hududining 26% i haydaladigan yerlar, 40% i o\u2018rmon va to\u2019qaylardir.\u00a0 Iqlimi \u2014 tropik. Filippin hududining deyarli yarmini tropik o\u2019rmonlar tashkil etib, bu o\u2019rmonlarda palma, kauchuk daraxti, banyan, apitong, mayyapis, lauan, bambuk o\u2018sadi. Dengiz sathidan 1200 m balandlikda buta va yaylov o\u2018simliklari o\u2018sadi. Ohu, mangust, qobon, turli qushlar va sudraluvchilar hayvonot olamini tashkil etadi. Sohilbo\u2018yi suvlarida turli xil baliqlar va molluskalar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Mamlakat tarkibiga 74 ta provinsiyani o\u2018z ichiga olgan 12 ta ma\u2019muriy hudud kiradi. Filippin AQSHdan o\u2018z mustaqilligiga 1946-yilning 4-iyulida erishadi. Milliy bayrami \u2014 12-iyun \u2014 Mustaqillik kuni (1898-yil Ispaniyadan). Davlat va hukumat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ Senat (yuqori) va Vakillar palatasidan (quyi) iborat Kongressdir. Yirik siyosiy partiyalari: Filippinliklaming demokratiya uchun kurashi, Lakas-Filippin demokratik partiyasi, Millatchilar partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Sanoatining eng rivojlangan tarmoqlari (YIM \u2014 35%) elektronika, to\u2019qimachilik, kimyo, yog\u2019ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmatsevtika. Qishloq xo\u2019jaligi (YIM -30%) ham mamlakat iqtisodida muhim o\u2019rin egallaydi. Filippin kokos yong\u2018oqlari va kokos mahsu- lotlarini eksport qiluvchi yirik davlat hisoblanadi. Sholi, makkajo\u2018xori, shakarqamish, banan, ananas, mango yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Germaniya, Yaponiya, Gonkong, Buyuk Britaniya, Tayvan, Singapur. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 378 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 156200 km, ichki suv yoilari \u2014 3219 km. Asosiy portlari: Davao, Manila, Sebu.&nbsp;Tarixi.&nbsp;V asrdan boshlab hozirgi Filippin hududida turli xalqlar va madaniyatlaming qorishgan sivilizatsiyasi shakllanadi. VII-XV asrlarda Filippin hind-malaya dengiz qirolliklariga qaram bo\u2019lgan. 1521 -yilda portugaliyalik Magellan tomonidan kashf etilgan. XVI asrning dastlabki choragida ispan mustamlakasiga aylanadi va shu davrdan shahzoda Filipp (kelajakda qirol Filipp II) sharafiga Filippin deb ataladi. Ispan \u2014 Amerika urushi davrida Filippin AQSHga qaram bo\u2019ladi (1898). Filippin qo\u2018shinlari kurashga kirishib 1899- yilning yanvarida mamlakatni respublika deb e\u2019lon qilishadi. Lekin amalda Filippin AQSHga qaramligicha qolaveradi. 1942-yilda Filippin yapon qo\u2018shinlari tomonidan bosib olinadi. 1946-yilda rasman mustaqillik e\u2019lon qilinsa ham, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Filippin uzoq muddat AQSH ta\u2019siri ostida qoladi. 1968-yildan 1972-yilgacha xristian va musulmonlar o\u2019rtasida fuqarolar urushi boiadi. 1965-yilda prezidentlikka saylangan Markos 1979-yilda harbiy davr qonunini qabul qiladi. 1986-yilda u hokimiyatni Korason Akinaga topshiradi. 1992-yilda Fidel Ramos prezident etib saylanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy norni \u2014 Filippin Respublikasi. Poytaxti \u2014 Manila. Hududi \u2013 300,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 90,4 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 filippin. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/filippin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22742","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22742","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22742"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22742\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22754,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22742\/revisions\/22754"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22742"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22742"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22742"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}