{"id":22743,"date":"2022-03-29T10:33:20","date_gmt":"2022-03-29T07:33:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22743"},"modified":"2022-03-29T10:33:21","modified_gmt":"2022-03-29T07:33:21","slug":"xitoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xitoy\/","title":{"rendered":"Xitoy"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti \u2014 Pekin. Hududi \u2014 9597000 km.kv. Aholisi \u2013 1 mlrd 330 mln kishidan ortiq (2013). Davlat tili xitoy tilining mandarin dialekti. Dini \u2014 konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi \u2014 yuan.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Osiyoning sharqidagi davlat. Shimoli sharqda (chegara uzunligi \u2014 3633 km) va shimoli g\u2018arbda Rossiya (40 km), shimolda Mongoliya (4670 km), shimoli sharqda Shimoliy Koreya (1416 km), shimoli g\u2018arbda Qozog\u2018iston (1533 km) va Qirg\u2018iziston (858 km), g\u2018arbda Pokiston (523 km), Tojikiston (414 km), Afg\u2018oniston (76 km), janubi g\u2018arbda va janubda Hindiston (3380 km), janubda Myanma (2185 km), Vyetnam (1281 km), Nepal (1236 km), Butan (470 km), Laos (423 km) janubi sharqda Makao (0,34 km) bilan chegardosh. Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunli\u00adgi \u2014 22140 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 14500 km. Xitoy hududining kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o\u2018rinda turadi. Xitoyning janubida Nanlin va Yunnan-Tuychjou tog\u2018lari qad ko\u2018targan. Janubi g\u2018arbda Himolay-qaraqurum, Nanshanya, Kunlenya togiari bilan o\u2018ralgan. 0\u2018rtacha balandligi taxminan 4500 m bo\u2018lgan Tibet tog\u2018lari joylashgan. Nepal bilan chegarada dunyodagi eng baland cho\u2018qqi Jomolungma (Everest \u2014 8848 m) joylashgan. G\u2019arbda va shimoli g\u2018arbda Tokla-Makan cho\u2018li yotadi. Xitoyning shimolida Gobi cho\u2018li yoyilgan. Shimoli sharqda Katta Xingan, Kichik Xingan tog\u2018lari joylashgan. Asosiy daryolari \u2014 Yanszi, Xuanxe, Sungari, Sinszyan. Yerosti boyliklari quyidagilarga boy: temir rudasi, ko\u2018mir, neft, simob, volfram, qalay, surma, marganes, molibden, rux, qo\u2018rg\u2018oshin, aluminiy, uran. Haydaladigan yerlar umumiy maydoning \u2014 10%, o\u2018tloq va maysazorlar \u2014 31% ini egallaydi. Iqlimi \u2014 hududining kattaligi tufayli iqlim turlicha: mo\u2019tadil, subtropik va tropik. Xitoyning o\u2018simlik dunyosi xarakter jihatidan ikki zonaga: sharqiy va g\u2018arbiy qismlarga bo\u2018linadi. Sharqiy qismda o\u2018simliklar turi 25000 dan ortiq. G\u2018arbiy qismda o\u2018simliklar ko\u2018proq bir yillikka ega. Braxmaputra vodiysida ignabargli o\u2018rmonlar: qarag\u2018ay va kedrning har xil turlari o\u2018sadi. Bo\u2018ri, tulki, ayiq, yo\u2018lbars, sibir suvsari, sibir ko\u2018zani, oq sichqon, olmaxonlar va boshqalar yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.&nbsp;Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Konstitutsiyaga ko\u2018ra xalq demokratik diktaturasi o\u2018rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida \u2014 22 provinsiya, 5 avtonom hudud va 3 markaziy \u2014 Pekin, Shanxay va Tyanszin bor. Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yil 1-oktabrda tashkil topgan. 1-oktabr \u2014 Milliy bayram \u2014 XXR e\u2019lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshlig\u2018i)ga, Umumxitoy xalq vakillari yig\u2018ilishi doimiy qo\u2018mitasi raisi, Davlat Kengashi raisi (hukumat boshlig\u2018i)ga tegishli. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi \u2014 Umumxitoy xalq vakillari yig\u2018ilishi. Mamlakatda boshqa siyosiy partiyalar paydo bo\u2018lganiga qaramay, siyosiy hayotni Xitoy Kommunistik partiyasi belgilaydi.&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;XX asrning 80-yillarida Xitoy rahbarlari mamlakatni markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o\u2018tkazishga kirishdi. Buning uchun qishloq xo\u2018jaligida kollektivlashtirishdan fermerlik tizimiga o\u2019tildi. Qishloq xo\u2018jaligi yalpi milliy mahsulotning 30%ini ta\u2019minlaydi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari \u2014 metallurgiya, mashinasozlik, ko\u2018mir qazib olish, neft qazib olish, to\u2018qimachilik, kimyo, harbiy sanoat. Asosiy savdo hamkorlari: Gonkong, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Tayvan, Germaniya. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 taxminan 54000 km. Avtomobil yollari \u2014 1300000 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 138600 km. Asosiy portlari: Guanchjou, Dalyan, Sindao, Shanxay.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Birinchi Xitoy sulolasi \u2014 Sin (m. a. XVIII-XI asrlar), m. a. XIV asrda In nomini olgan. M. a. III 1-yilda davlat chjou qabilalari tomonidan zabt etilgan. \u041c. a. VII asrda Chjou davlati bir nechta podsholiklarga bolinib ketgan. \u041c. a. Ill asrda 36 ta provinsiyaga bolingan. Markazlashgan Sin imperiyasi paydo bo\u2018ldi. Bu imperiya davrida xunnlar hujumidan himoyalanish maqsadida Buyuk Xitoy devori qurilgan. M. a. 206-yilda Sin imperiyasi o\u2018rnida paydo bo\u2018lgan Xan imperiyasi m. a. 140-87-yillarda o\u2018z rivojlanishi- ning eng yuqori cho\u2019qqisiga chiqqan. \u00abUch qirollik\u00bb davridan keyin mamlakatda hokimiyat 907-yilgacha hukmronlik qilgan Tan sulolasi qo\u2018liga o\u2018tgan. 1226-yilda mo\u2018g\u2018ullar bosqinidan keyin mamlakatda mo\u2018g\u2018ullardan bo\u2018lgan Yuan sulolasi hukm surgan. 1368-yilda hokimiyat Xitoy imperatori qo\u2018liga o\u2018tadi va Min dinastiyasi davri boshlanadi. Xitoy hukmronlari 1628-1645-yillarda ko\u2018tarilgan qo\u2018zg\u2018olonlarni bostirish uchun manchjur qabilalari ko\u2018magiga tayanadi. Manchjurlar 1644-yilda hokimiyatni qo\u2018lga kiritadi va 1912-yilgacha mamlakatni idora qiladi. Imperiya hududini Sibir, Oltoy, Pomir va Nepalgacha kengaytirgan manchjurlar hukumati XIX asrda ko\u2018plab ichki va tashqi muammolarga duch keladi. 1912-yilda Sun Yatsen Gomindan hukumatiga asos soladi. Sun Yatsen o\u2018limidan keyin Chan Kayshi guruhi kommunistlar bilan aloqani uzib Nankinda milliy hukumat tuzadi. 1938-yilda yapon qo\u2018shinlarining bostirib kirishidan keyin gomindanchilar bosqinchilarga qarshi kurashish uchun kommunistlar bilan birlashadilar. Gomindanchilar mag\u2018lubiyatga uchrab, Tayvanga qochadi, kommunistlar esa Mao Szedun boshchiligida 1949-yil 1-oktabrda Xitoy Respublikasining tashkil topganini e\u2019lon qiladi. Mao Sze Dun vafotidan so\u2018ng XXR raisi etib saylangan Den Syaopin mamlakatni siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo\u2018liga boshladi. Natijada XXR dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo\u2018shildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti \u2014 Pekin. Hududi \u2014 9597000 km.kv. Aholisi \u2013 1 mlrd 330 mln kishidan ortiq (2013). Davlat tili xitoy tilining mandarin dialekti. Dini \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xitoy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22743","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22743","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22743"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22755,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22743\/revisions\/22755"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}