{"id":22745,"date":"2022-03-29T10:34:01","date_gmt":"2022-03-29T07:34:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22745"},"modified":"2022-03-29T10:34:01","modified_gmt":"2022-03-29T07:34:01","slug":"eron","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eron\/","title":{"rendered":"Eron"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Eron Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tehron. Hududi \u2014 1648000 km.kv. Davlat tili \u2014 fors. Aholisi \u2013 80 mln.dan ortiq (2012). Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 Eron riali\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Eron Janubi g\u2018arbiy Osiyoda joylashgan. G\u2019arbda Iroq (chegara uzunligi 1458 km) va Turkiya (4999 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston (35 km), sharqda Afg\u2018oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan chegaradosh. Janubda Fors va Ormuz qoitiqlari, shimolda Kaspiy dengizi bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 5440 km. Eronning katta qismini Eron tog\u2018lig\u2018i egallaydi. Shimolda Kaspiy dengizi qirg\u2018oqlari bo\u2018ylab Elburs tog\u2018lari qad ko\u2018targan. Shimoli sharqda Kopetdog` tizmasi joylashgan. G\u2018arbiy chegaralar bo\u2019ylab shimoli g\u2018arbdan janubi sharqqa tomon Zagros tog\u2018lari cho\u2018zilgan. G\u2018arbda Huziston tekisligi joylashgan. Mamlakat markazida Dashti-Kabir va Dashti-Lut cho\u2018llari joylashgan. Eronda katta daryo\u00adlar kam. Asosiy daryosi \u2014 Korun. Eng katta ko\u2018li Urmiya \u2014 shimoli g\u2018arbda joylashgan. Neft va tabiiy gaz konlariga boy. Shuningdek, boshqa foydali qazil- malari: ko\u2018mir, temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, marganes, oltingugurt.\u00a0Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 islom respublikasi. Ma\u2019muriy jihatdan 24 provinsiya (ostona)ga bo\u2018linadi. 1906-yilda Konstitutsion monarxiya, 1979-yil 1-aprelda Eron Islom Respublikasi deb e\u2019lon qilingan. (1-aprel \u2014 Milliy bayram). Ijroiya hokimiyati Oyatulloh (davlat- ning diniy boshlig\u2019i) va prezidentga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament \u2014 Islom qo\u2018mitasi Kengashi (majlis). Eron Islom Respub\u00adlikasi (EIR) Konstitutsiyasiga ko\u2018ra Eronda noislomiy siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati taqiqlanadi. Shunga qaramasdan mamlakatda bir qator oppozitsion partiyalar: Eron Kurdistoni demokratik partiyasi (EKDP), Eron xalq partiyasi (EXP) va boshqalar faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Eron iqtisodiyotida ishlab chiqarish vositalari, birinchi navbatda neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoat korxonalari davlat mulkini tashkil etadi. Qishloq xo\u2019jaligi mamlakat- ning asosiy qishloq xo\u2018jalik mahsulotlariga bo\u2019lgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega emas. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Italiya, Germaniya. Temiryo`llarining uzunligi \u2014 4850 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 140072 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 904 km. Mamlakatning asosiy porti Eron \u2014 Iroq urushi davrida kuchli vayron qilingan.&nbsp;Tarixi.&nbsp;Forslar dastlab m. a. IX asrlarga oid Ossuriya manbalarida tilga olinadi. M. a. 556-550-yillarda Buyuk Kir II qadimgi dunyoda buyuk imperiyani yaratgan fors podsholari sulolasiga asos soldi. Doro I (M. a. 522-486-yillarda) davrida imperiya o\u2018zining rivojlanish cho\u2019qqisiga ko\u2018tarildi. Imperiya hududi Hindistondan 0\u2018rtayer dengizigacha kengaydi. Misr, Kichik Osiyo va Frakiya yerlari imperiya tarkibiga kiritildi. \u041c. a. V asr oxirlarida forslaming ekspansiyasi greklar tomonidan to\u2018xtatildi. M. a. 330-yilda Fors imperiyasi Aleksandr Makedonskiy qo\u2018shinlari tomo\u00adnidan zabt etildi. M. a. 224-yilda mamlakatni to\u2018rt asr davomida idora qilgan sosoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Fors imperiyasi VI asr oxirlarida va VII asr boshlarida rivojlanishning eng yuqori darajasiga ko\u2018tarildi. Arablar bosqini imperiyani zaiflashtirdi, islom dini kiritildi. XI asrda mamlakat saljuqiy turklar tomonidan zabt etilgandan so\u2018ng islom-fors sivilizatsiyasi inqirozga uchradi. 1221 \u2014 1222-yillarda Chingizxon, XIV asrda Amir Temur tomonidan bosib olindi. XVI asr boshlari\u00adda mamlakat yana forslar \u2014 safaviylar sulolasi tomonidan boshqarildi. XVIII-XIX asrlarda bu hududda Eronni o\u2018z ta\u2019siriga kiritishga intilgan Rossiya va Buyuk Britaniyaga qarshi kurashishgan bir qancha fors sulolalari almashdi. 1925-yilda hokimiyatga kelgan pahlaviylar sulolasi mamlakatni 1979-yilgacha shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumatga qarshi chiqishlar natijasida taxtdan ag\u2019darilguniga qadar idora qildi. 1934-yildan boshlab mamlakat Eron deb nomlana boshlandi. 1980-yilda Eron Islom Respublikasi deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Eron Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tehron. Hududi \u2014 1648000 km.kv. Davlat tili \u2014 fors. Aholisi \u2013 80 mln.dan ortiq (2012). Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 Eron &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eron\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22745","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22745","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22745"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22745\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22758,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22745\/revisions\/22758"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22745"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22745"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22745"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}