{"id":22746,"date":"2022-03-29T10:34:14","date_gmt":"2022-03-29T07:34:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22746"},"modified":"2022-03-29T10:34:15","modified_gmt":"2022-03-29T07:34:15","slug":"yaman","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaman\/","title":{"rendered":"Yaman"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Yaman Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sana. Hududi \u2014 527970 km.kv. Aholisi \u2013 23 mln.dan ortiq kishi (2012-yil). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 yaman riali.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubi g\u2018arbiy Osiyoda, Arabiston yarimorolida joylashgan davlat. Shimolda va shimoli sharqda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi \u2014 1458 km), sharqda Ummon (288 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbda Qizil dengiz, janubda Aden ko\u2019rfazi bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1746 km. Hududining katta qismini tog\u2018li yerlar (eng baland nuqtasi An-Nabi-Shaib tog\u2018i \u2014 3600 m) egallagan. Shimolda va sharqda cho\u2018llar joylashgan. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, oltin, temir, mis, gips, toshko\u2019mir, kvars, oltingugurt, yarim qimmatbaho toshlar.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Ma\u2019muriy jihatdan 17 provinsiyaga bo\u2018linadi. Yaman Respublikasi Yaman Arab Respublikasi (YAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YXDR) ning birlashishi bilan 1990-yil 22-mayda tashkil topdi. Bu kun \u00abYaman birligi kuni\u00bb sifatida nishonlanadi. Boshqa milliy bayramlari \u2014 26- sentabr \u2014 Inqilob kuni, 30 noyabr \u2014 Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi hokimiyat \u2014 Prezident Kengashi (Prezident Kengashi raisi katta vakolatga ega) va premyer-ministr rahbarligidagi Vazirlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi organ \u2014 bir palatali parlament \u2014 Deputatlar palatasi. Asosiy siyosiy partiyalari: Umumiy xalq kongressi (UXK) va Yaman sotsialistik partiyasi (YSP).\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Hukumat siyosatining strategik yo\u2018nalishlari neft sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishni yaxshilash, erkin iqtisodiy hududlar yaratish. Qishloq xo\u2018jaligi YIMning 25%ini ta\u2019minlaydi. Shunga qaramasdan, Yaman oziq-ovqat mahsulotlarining 70%ini chetdan keltirishga majbur. Agar Sana shahri mamlakatning siyosiy markazi bo\u2018lsa, janubiy shahar Aden Yamanning iqtisodiy va savdo markazidir. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 51390 km. Portlari: Aden, Al-Mukallo, Salif, Xodeydo.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. I ming yillikda Yaman hududida Xadramaut, Kataban, Ausan, Saba, Main davlatlari vujudga kelgan. Yaman IV asrda Efiopiya, VI asrda forslar tomonidan zabt etilgan. VIII asrda mamlakat hududida islom dini tarqaldi. X asrda mamlakatda Zeydiylar sulolasi hukmronligi o\u2018rnatildi. XVI asrda Yaman Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1633-yilda Yaman hududida yana mustaqil davlat \u2014 Zeydiylar imomligi tashkil topdi. 1839-yilda Aden inglizlar tomonidan okkupatsiya qilindi. Yamanning shimolida XIX asrning 70-yillarida inglizlar hukmronligi o\u2018rnatildi. XX asrning boshlarida mamlakat Shimoliy Yaman va Janubiy Yamanga boiinadi. 1918-yilda Shimoliy Yaman mustaqillikka erishdi. 1962-yil Konstitutsion monarxiya respublikaga aylandi. Janubiy Yaman mustaqillikka 1967-yilda erishdi. 1970-yildan boshlab Yaman Xalq Demokratik Respublikasi deb atala boshladi. 1980-yillarda boshlangan ikki davlat o\u2018rtasidagi muzokaralar natijasida 1990-yil 21-mayda ikki davlat birlashib, yagona davlat tashkil topdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Yaman Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sana. Hududi \u2014 527970 km.kv. Aholisi \u2013 23 mln.dan ortiq kishi (2012-yil). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 yaman &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaman\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22746","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22746","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22746"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22746\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22759,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22746\/revisions\/22759"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22746"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22746"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22746"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}