{"id":22747,"date":"2022-03-29T10:33:47","date_gmt":"2022-03-29T07:33:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22747"},"modified":"2022-03-29T10:33:48","modified_gmt":"2022-03-29T07:33:48","slug":"shri-lanka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shri-lanka\/","title":{"rendered":"Shri-Lanka"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kolombo. Hududi \u2014 65610 km.kv. Aholisi \u2013 20,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 tamil, singal. Dini \u2014 buddaviylik (69%), hinduiylik (15%), xristianlik (8%), islom (7%). Pul birligi \u2014 shri-lanka rupiyasi.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Hindistonning janubiy sohillari yaqinidagi orolda joylashgan, Hind okeanidagi davlat. Osiyo qit\u2019asidan Shri-Lankani Polk bo\u2018g\u2018ozi va Manar qo\u2018ltig\u2018i ajratib turadi. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 1340 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Janubiy va markaziy qismlarida zinasimon tog\u2018lar bor. Eng baland nuqtasi \u2014 Pidurutalagala cho\u2019qqisi (2524 m). Asosiy daryosi- Maxaveli-Ganga. Asosiy tabiiy resurslari: olmos va boshqa qimmatbaho toshlar, fosfatlar, marmartoshi va baliq. Mamlakat hududining 16%ini haydaladigan yerlar, 32%ini o\u2019rmon va to\u2018qaylar tashkil etadi.\u00a0 Iqlimi \u2014 ekvatorial, subekvatorial. Banyan, daraxtsimon paporotniklar, turli xil palmalar, atlas, sandal, eben daraxtlari florasining asosini tashkil etadi. Hayvonot dunyosini fil, qoplon, silovsin, shoqol, timsoh, turli maymunlar, ilonlar, kaltakesaklar tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Mamlakat 8 provinsiyaga boiingan. Shri-Lanka 1948-yilning 4-fevralida mustaqillikka erishgan (awal: Seylon \u2014 Buyuk Britaniya mustamlakasi). 4-fevral \u2014 Milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezident va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shri-Lanka ozodlik partiyasi, Birlashgan milliy partiya, Shri-Lanka xalq partiyasi, Shri-Lanka sotsialistik par\u00adtiyasi, Yangi siyosiy partiya, Shri-Lanka kommunistik partiyasi, Tamil birlashgan ozodlik fronti, Milliy ozodlik fronti, \u00abTamil Ilamni qutqarish yo\u2018lbarslari\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodining rivojlangan tarmoqlaridan biri \u2014 qishloq xo\u2018jaligi. Sholi, shakarqamish, don ekinlari, dukkakli ekinlar, ziravorlar yetishtiriladi. Choy (dunyoda 3-o\u2018rinda), kokos yong\u2019og\u2018i (umumiy eksport hajmining 1\/3 qismi) eksport qilinadi. Ishlab chiqarish qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari, baliqni qayta ishlash bilan chegaralangan. Turizm asosiy valuta manbalaridan biridir. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Eron, Tayvan. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 1948 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 75749 km (27637 km.ga tosh yotqizilgan), ichki suv yo\u2018llari \u2014 430 km. Portlari \u2014 Galeye, Kolombo, Jafna, Negombo, Trinkomali.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Taxminan m. a. V asrda Shri-Lankaga Gang va Hind daryolari vodiylaridan hind-yevropa til oilasiga mansub qabilalar kirib kelishadi va orollarda Singal davlatiga asos soladi. Orol buddaviylikni targ\u2019ib etish markazlaridan hisoblangan. Afsonalarga ko\u2019ra buddaviy\u00adlikni orolga Ashokaning o\u2018gii (yoki ukasi olib kelgan). \u041c. a. III asrning boshlaridan Shri-Lankaga Hindistonning janubidan tamillar kirib kela boshlaydi. Tamillar Shri-Lankada XII asrgacha hukmronlik qiladi. 1505-yili orolda portugallar paydo boiishdi va XVI asrning oxirida orolni mustamlakaga aylantirishadi. XVII asrda Shri-Lankani gollandlar egallab olishdi. 1802-yilda orol Buyuk Britaniyaga tobe bo\u2018ldi. 1948-yilda Seylon Britaniya hamdo\u2018stligi tarkibidagi mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. 1972-yildan mamlakat Shri-Lanka Respublikasi deb atala boshlandi. Tamillar va singallar o\u2018rtasidagi etnik mojarolar XX asming 80-yillari boshlarida fuqarolar urushiga aylandi. Fuqarolar urushiga barham berilgan bo\u2018lsada, hanuzgacha ikki tomon o\u2018rtasida keskinliklar mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kolombo. Hududi \u2014 65610 km.kv. Aholisi \u2013 20,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 tamil, singal. Dini \u2014 buddaviylik (69%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shri-lanka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22747","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22747","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22747"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22747\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22757,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22747\/revisions\/22757"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22747"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22747"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22747"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}