{"id":22772,"date":"2022-03-29T10:44:14","date_gmt":"2022-03-29T07:44:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22772"},"modified":"2022-03-29T10:44:15","modified_gmt":"2022-03-29T07:44:15","slug":"guam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/guam\/","title":{"rendered":"Guam"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Guam. Ma\u2019muriy markazi \u2014 Aganya. Hududi \u2014 541 km.kv. Aholisi \u2013 200 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 AQSH dollari.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Guam xuddi shu nom bilan ataladigan Tinch okeanning g\u2019arbiy qismidagi Marian orollarining eng yirik orolida joylashgan. Orol balandligi 405 metrgacha yetadigan va okeanga yaqinlashgan sari pasayib boradigan marjon qatlamlaridan tashkil topgan yassitog\u2019likdan iborat. Yassitog\u2018liklarning relyefi hamma joyda ham tekislikdan iborat bo\u2018lmay, ba\u2019zi joylarida botiqlar ham bor.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 tropik. Orolning florasini asosan pandanus, non daraxtlari hamda mangr daraxtlari tashkil etadi. Sohil bo\u2018ylarida 20-50 km masofagacha kokos palmalari va turli butalar o\u2018sadi. Guamning hayvonot dunyosi boy emas. Orolning faunasini sayroqi qushlar tashkil etadi. Sut emizuvchilar yo\u2018q. Sohilbo\u2018yidagi suvlarda turli baliqlar ko\u2018p.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Guam AQSHning \u00abqo\u2018shilmagan hudud\u00bbi hisoblanadi. Orolga o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqi berilgan. Aholisi AQSH fuqarosi hisoblanadi, biroq ularning saylovlarda qatnashish huquqi yo\u2018q. Guam AQSH Kongressi Vakillari palatasida ikki yilga saylanadigan bir delegatga (ovoz berish huquqisiz) ega. Boshqaruv boshlig\u2018i \u2014 gubernator. U mahalliy aholi tomonidan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ bir palatali \u2014 Qonun chiqaruvchi majlis bo\u2018lib, uning yigirma bir a\u2019zosi mahalliy aholi tomonidan har ikki yilda saylana\u00addi. Siyosiy partiyalari \u2014 orolda AQSHning Respublikachilar va Demokratlar partiyalarining mahalliy bo\u2018limlari faoliyat yuritadi.\u00a0 \u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodining asosini turizm tashkil etadi. Orol iqtisodidagi muhim o\u2018rinni AQSHning harbiy obyektlaridan keladigan daromadlar egallaydi. Orol aholisi mashg\u2018ul bo\u2018lgan qishloq xo\u2018jaligi aholining ehtiyojlarini qoplamaydi. Sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlanmoqda. Aholi olib kelinadigan xomashyoda ishlaydigan oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari hamda turmush elektronikasini yig\u2018ish korxonalarida band. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eksport: kiyim-kechak, ichimliklar va tamaki mahsulotlari, elektronika. Import: oziq-ovqat, yoqilg\u2019i (importning 50% atrofida). Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya, Tayvan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Yevropaliklardan birinchi bo\u2018lib Guamni F. Magellan 1521-yilda o\u2018zining birinchi yer aylana sayohati davrida kashf etadi. 1563-yildan orol Ispaniya mustamlakasi. 1568-yilda Guamda dastlabki missioner iezuitlar o\u2019rnashadi. Yevropaliklar tomonidan olib kelingan kasalliklar hamda qattiq ekspluatatsiya natijasida mahalliy aholi yuz mingdan (1521-yil) 5 minggacha (1741-yil) qisqaradi. 1898-yilgi Ispan-Amerika urushida orolni AQSH egallab oladi. II jahon urushi davrida Guam Yaponiya tomonidan bosib olinadi (1941). 1944-yilning iyul, avgustida o\u2018tkazilgan harbiy operatsiya natijasida orol yana AQSH tasarrufiga o\u2019tadi. AQSH Kongressi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Guam orolining asosiy qonuniga ko\u2018ra orolga o\u2018zini-o\u2018zi boshqarish huquqi beriladi. Uning aholisiga AQSH fuqaroligi berilib, ular milliy saylovlarda qatnasha olishmaydi. Hozirgi kunda Guam AQSHning Tinch okeandagi strategik harbiy bazasidir. Orolda Apra- Xarbor harbiy dengiz va Andersen aviatsiya bazalari joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Guam. Ma\u2019muriy markazi \u2014 Aganya. Hududi \u2014 541 km.kv. Aholisi \u2013 200 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 AQSH &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/guam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[175],"tags":[],"class_list":["post-22772","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-avstraliya-va-okeaniya-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22772","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22772"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22772\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22784,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22772\/revisions\/22784"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22772"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22772"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22772"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}