{"id":22779,"date":"2022-03-29T10:45:44","date_gmt":"2022-03-29T07:45:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22779"},"modified":"2022-03-29T10:45:45","modified_gmt":"2022-03-29T07:45:45","slug":"tuvalu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuvalu\/","title":{"rendered":"Tuvalu"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Tuvalu. Poytaxti \u2014 Funafuti. Hududi \u2014 26 km.kv. Aholisi \u2013 12 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 tuvalu va ingliz. Dini \u2014 protestantlik. Pul birligi \u2014 avstraliya dollari va tuvalu dollari.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Tinch okeanining janubi g\u2018arbiy qismidagi davlat. Sohilining umumiy uzunligi \u2014 24 km. Shimoli g\u2018arbdan janubi sharqqa tomon 600 km uzunlikdagi masofada joylash\u00adgan 9 ta maijon (korall) orollar Tuvaluni tashkil etadi. Asosiy orol \u2014 Funafuti. Asosiy tabiiy boyligi \u2014 baliq. Iqlimi \u2014 subekvatorial. 0\u2018simlik dunyosi asosan paporotnik va mangozorlardan iborat. Hayvonot dunyosini cho\u2018chqa, it, kalamush, dengiz qushlari, kaltakesaklar tashkil etadi.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Britaniya hamdo\u2018stligi tarkibidagi mustaqil davlat. Tuvalu mustaqillikka 1918-yilning \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 1-oktyabrida erishdi (awalgi nomi \u2014 Ellis orollari). 1-oktabr \u2014 Milliy bayram (Mustaqillik kuni). Davlat boshlig\u2018i \u2014 Britaniya monarxi (hozirgi kunda qirolicha Yelizaveta II). Ijro etuvchi hokimiyat Britaniya monarxining vakili \u2014 general-gubernator va hukumat boshlig\u2018i Bosh vaziriga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari yo\u2018q.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodi asosan baliqchilik va qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari \u2014 kokos yong\u2018og\u2018i va kopra (kokos yong\u2018og\u2018ining mag\u2018zi). Turizmning rivojlanishiga orollarning juda uzoqda joylashganligi to\u2019sqinlik qiladi. Hukumat marka va tangalar sotishdan ham katta daromad oladi. Asosiy savdo sheriklari: Fiji, Avstraliya, Yangi Zelandiya. Avtomobil yo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 8 km. Portlari: Funafuti, Nukufetau.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Nikunua oroli ingliz J.Bayron tomonidan 1764-yilda kashf etiladi. Hozirgi Tuvalu hududini tashkil etuvchi qolgan orollar 1788-yilda Gilbert tomonidan kashf etiladi. 1892-yilda Gilbert va Ellis orollari Britaniyaning protektorati deb e\u2019lon qilinadi. 1915-yilda bu orollar Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylanadi. 1974-yilda o\u2019tkazilgan referendum natijasiga ko\u2018ra Ellis orollari Tuvalu deb nomlangan mustaqil davlatga aylanadi. Gilbert orollari 1979-yilda mustaqillikka erishib Kiribati Respublikasini tashkil etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Tuvalu. Poytaxti \u2014 Funafuti. Hududi \u2014 26 km.kv. Aholisi \u2013 12 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 tuvalu va ingliz. Dini \u2014 protestantlik. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuvalu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[175],"tags":[],"class_list":["post-22779","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-avstraliya-va-okeaniya-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22779","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22779"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22779\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22791,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22779\/revisions\/22791"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22779"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22779"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22779"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}