{"id":22794,"date":"2022-03-29T10:47:58","date_gmt":"2022-03-29T07:47:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22794"},"modified":"2022-03-29T10:47:59","modified_gmt":"2022-03-29T07:47:59","slug":"yangi-zelandiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-zelandiya\/","title":{"rendered":"Yangi Zelandiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Yangi Zelandiya. Poytaxti \u2014 Vellington. Hududi \u2013 270,5 ming km2. Aholisi \u2013 4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 yangi zelan\u00addiya dollari.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Tinch okeanining janubiy qismida ikkita yirik orolda (Kuk bo\u2018g\u2019ozi ajratib turadigan shimoliy va janubiy orollarda) va bir nechta mayda orollarda (Styuart, Chatem, Kermadek, Kempbell) joylashgan davlat. Sharqda \u2014 Tinch okeani, shimolda \u2014 Fidji dengizi, g\u2019arbda esa orollarni Avstraliya materigidan ajratib turadigan Tasman dengizi bilan tutashib ketgan. Bundan tashqari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan Tokelau, Kuk, Niue orollariga ham egalik qiladi. Sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi \u2014 15134 km. Qirg\u2019oqlari joylarda fordlar bilan ajralgan. Hududining katta qismini tog\u2018lar, qoyalar va tepaliklar egallagan. 200 dan ko\u2018proq cho\u2018qqilarning balandligi 2300 m dan oshiq. Eng yuqori nuqtasi Kuk tog\u2018i (3754 m)da joylashgan. Faol harakatdagi vulqonlar, geyzerlar, issiq mineral buloqlar bor. Tez-tez zilzila bo\u2018lib turadi. Mamlakatda vulqonlar natijasida paydo bo\u2018lgan ko\u2018llar juda ko\u2018p boiib, ulardan eng yirigi \u2014 Taupo (606 m2) ko\u2018lidir. Bosh daryosi \u2014 Uaikato. Asosiy tabiiy resurslari \u2014 tabiiy gaz, temir rudasi, ko\u2018mir, mis, oltin, gidroenergetik resurs- lar. Umumiy yerlarining yarmidan ko\u2018prog\u2018i (53%)ni o\u2018tloq va yaylovlar, 38% hududini o\u2018rmon va to\u2018qayzorlar egallaydi. Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil. Janubiy orolning tekisliklari va shimoliy orolning bir qismi tassek (qumlikda o\u2018sadigan o\u2018simliklar) bilan qoplangan. Toglarda janub buki o\u2018rmonlari, shimoliy orolda esa subtropik o\u2018rmonlar bor. Orollarning faunasi juda o\u2018ziga xos. Yangi Zelandiyadagi qushlarning 90%i endemiklardir. Bu yerda hayvonlarning ayrim guruhlari umuman yo\u2019q. Kam uchraydigan, uchmaydigan qushlarning ko\u2018pchilik turlari \u2014 kivi, kakapo to\u2018tisi, juda kam uchraydigan takaxe qushi ham uchraydi. Yangi Zelandiyada uchray\u00addigan eng qadimgi umurtqalilardan \u2014 tuatara yoki gatteriyalar bu yerda mamontlar paydo bo\u2018lgunga qadar ham istiqomat qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Mamlakat Buyuk Britaniya hamdo\u2018stligi tarkibiga kiradi. Yangi Zelandiya 10 ta provinsiyaga bo\u2018lingan. Mamlakat 1907-yil 26- sentabrda Buyuk Britaniyadan mustaqillik olgan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Milliy bayrami \u2014 6-fevral \u2014 Vaytongi kuni (1840). Davlat boshlig\u2019i rasmiy ravishda britan monarxi (hozirgi kunda qirolicha Yelizaveta II) hisoblanadi, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi. Amalda ijroiya hoki\u00admiyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ \u2014 Vakillar palatasi (bir palatali parlament)dir. Yirik siyosiy partiyalari: Yangi Zelandiya Milliy partiyasi, Yangi Zelandiya leyboristlar partiyasi, Mana Motuxake (Bizning meros).&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Oxirgi o\u2018n yillik davomida hukumat Buyuk Britaniyaga bog\u2018liq bo\u2018lgan va agrar iqtisodiyot yo\u2018nalishini erkin bozor munosabatlariga asoslangan jahon iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Sanoatining nisbatan taraqqiy etgan tarmoqlari: oziq-ovqat ishlab chiqarish, selluloza-qog\u2018oz, kimyo, mashinasozlik, to\u2018qimachilik. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xo\u2018jaligida (YIM \u2014 9%) peshqadam o\u2018rinni chorvachilik egallaydi (qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarining 80%ini beradi). Mamlakat iqtisodiyotida o\u2018rmonchilik va baliqchilik ham muhim o\u2018rin tutadi. Muhim savdo hamkorlari \u2014 YI mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya, AQSH. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 4716 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 92648 km (49547 km qattiq qoplamali yoilar), ichki suv yo\u2019llari esa \u2014 1609 km. Mamlakatning asosiy portlari \u2014 Vellington, Oklend.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Maori xalqlari istiqomat qilib kelgan Yangi Zelandiya 1642-yili A. Tasman tomonidan kashf etilgan. XX asrda inglizlar tomonidan mamlakatni mustam- lakalashtirish maorilar qarshilik ko\u2018rsatganligi tufayli (1842-1846, 1860-1868-yillardagi maori urushlari) ju\u00adda sekinlik bilan bordi. 1851-yilda Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e\u2019lon qilingan Yangi Zelandiya 1907-yili dominion maqomini qoiga kiritdi. Britan hamdo\u2018stligi tarkibida mustaqillikka esa 1931-yili erishdi. Fransiya tomonidan Tinch okeanida yadro sinovlarining o\u2018tkazilishi Yangi Zelandiya tomonidan qattiq qoralandi, 1985-yilgi \u00abGrinpis ishi\u00bbdan keyin esa ikki davlat o\u2018rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Yangi Zelandiya. Poytaxti \u2014 Vellington. Hududi \u2013 270,5 ming km2. Aholisi \u2013 4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-zelandiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[175],"tags":[],"class_list":["post-22794","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-avstraliya-va-okeaniya-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22794","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22794"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22794\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22797,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22794\/revisions\/22797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22794"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22794"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22794"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}