{"id":22795,"date":"2022-03-29T10:48:07","date_gmt":"2022-03-29T07:48:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22795"},"modified":"2022-03-29T10:48:09","modified_gmt":"2022-03-29T07:48:09","slug":"yangi-kaledoniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-kaledoniya\/","title":{"rendered":"Yangi Kaledoniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Yangi Kaledoniya. Poytaxti \u2014 Numea. Hududi \u2014 19100 km.kv Aholisi \u2013 207 ming kishidan ortiq.(2012). Davlat tili \u2014 fransuz.Dini \u2014 katoliklar (60%), protestant \u2014 kalvinchi lar(30%). Pul birligi \u2014 kaledoniya franki.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Fransiyaning mulki, Okeaniyada, Tinch okeanining janubi g\u2018arbiy qismida joylashgan. Fransiyaning \u00abdengizorti hududi\u00bb Yangi Kaledoniya (asosiy orol), Luayote va Cheterfild orollari guruhidan, Pen va boshqa orollardan iborat. Orollarning qirg\u2018oqlari marjon riflari bilan o\u2018ralgan bo\u2018lib, dunyoda eng uzun (600 km) to\u2018siqli riflarni tashkil etadi. Yangi Kaledoniya orolining sharqida vulqon otilishi natijasida paydo bo\u2018lgan yassitog\u2018lik mavjud. Eng yuqori cho\u2018qqisi \u2014 Pane tog\u2019i (1628). Mayda daryolar tarmog\u2018i mavjud. Asosiy qazilma boyliklari: nikel (dunyo zaxiralarining 20% i), kobalt, xrom, temir rudasi, marganes, mis, ko\u2018mir. Iqlimi \u2014 tropik. 3000 ga yaqin o\u2019simlik turlari mavjud. 10% hududi o\u2018rmonlar bilan qoplangan (araukariya, agatis va boshqa daraxtlar). 61 turdagi qushlar, ko\u2019plab ilonlar mavjud.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a01946- yildan Fransiya mulki. Hudud boshqaruvini Oliy komissar amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 hudud Kongressi (54 deputat 6 yilga 3 ta provinsiya nomidan saylanadi). Fransiya parlamenti \u2014 Milliy yig\u2018inda Yangi Kaledoniya 2 deputat va 1 senator vakilligiga ega. Ma\u2019muriy jihatdan 3 provinsiyaga bo\u2018lingan. Siyosiy partiyalari: Respublika tarkibida Kaledoniya uchun birlashma, Kanaklar ozodligi milliy sotsialistik fronti, Yangi Kaledoniya barcha uchun.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodiyoti asosini tog\u2018-kon sanoati tashkil etadi. Yangi Kaledoniya nikelning eng yirik zaxiralari egasidir (nikel eksporti valuta daromadlarining 75% ini tashkil etadi). Metallurgiya, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish korxonalari bor. Qishloq xo\u2019jaligida aholining 70%i band. Chorvachilik va baliqchilik rivojlanib bormoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSH, Avstraliya, Yaponiya. Asosiy dengiz porti: Numea.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;1774-yili melaneziyaliklar yashayotgan bu orollar ingliz sayyohi J. Kuk tomonidan kashf qilingan va Shotlandiyaning eski nomi bilan Kaledoniya deb atalgan. 1843-yili orollarga fransuz katolik missionerlari yetib kelishdi. 1853-yildan Fransiyaga qarashli. 1860-yildan esa mustamlakaga aylantirilgan. 1864- 1896- yillarda Yangi Kaledoniya siyosiy mahbuslar surgun qilinadigan joyga aylantirildi. Bu yerga 4000 ga yaqin Parij Kommunasi ishtirokchilari ham surgun qilingan. 1879-yili mahalliy aholining yirik qo\u2018zg\u2018oloni fransuzlar tomonidan ayovsiz bostirildi. Yangi Kaledoniya 1946-yildan Fransiyaning \u00abdengizorti hududi\u00bb maqomiga erishdi. 1984-yilning noyabrigacha Fransiya hukumati- ning Oliy komissari tomonidan boshqarilgan. 1988-yili Fransiyada o\u2019tkazilgan referendumga ko\u2018ra 1989-yildan bevosita boshqaruv bekor qilinib, avtonomiya kuchaytirildi. 1998-yili Fransiya Bosh vaziri L.Jospen imzolagan shartnomaga ko\u2018ra Yangi Kaledoniyada 20 yillik mustaqillikka o\u2018tish davri e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Yangi Kaledoniya. Poytaxti \u2014 Numea. Hududi \u2014 19100 km.kv Aholisi \u2013 207 ming kishidan ortiq.(2012). Davlat tili \u2014 fransuz.Dini \u2014 katoliklar (60%), protestant \u2014 kalvinchi lar(30%). Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-kaledoniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[175],"tags":[],"class_list":["post-22795","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-avstraliya-va-okeaniya-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22795","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22795"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22795\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22798,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22795\/revisions\/22798"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22795"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22795"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22795"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}