{"id":22814,"date":"2022-03-29T12:38:16","date_gmt":"2022-03-29T09:38:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22814"},"modified":"2022-03-29T12:38:17","modified_gmt":"2022-03-29T09:38:17","slug":"gonduras","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gonduras\/","title":{"rendered":"Gonduras"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Gonduras Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tegusigalpa. Hududi \u2014 112100 km.kv. Aholisi \u2013 7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 lempira.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Janubda Nikaragua, g\u2018arbda Gvatemala va Salvador bilan chegaradosh. Shimolda va sharqda Karib dengizi, janubi g\u2019arbda Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat hududi asosan Komayagua, Montesilos, Opalaka kabi yassitog\u2018liklardan iborat. Eng baland nuqtasi Selake cho\u2018qqisi (2865 m). Karib dengizi sohillari tekisliklardan iborat. Asosiy daryolari: Ulda, Aguan, Patuka. Asosiy tabiiy boyliklari: oltin, kumush, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, temir rudasi, rux, yog\u2018och va baliq.\u00a0 Iqlimi \u2014 tropik. O\u2018simlik dunyosi o\u2018ta xilma-xil. Bu yerda palma, qizil daraxt, kauchuk daraxti kabi turli daraxtlar o\u2018sadi. Hayvonot dunyosida tropik iqlimga xos bolgan deyarli barcha hayvonlar uchraydi. Yaguar, qoplon, maymunlarning turli xillari shular jumlasidandir.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat 18 ta departamentdan iborat. 1921-yil 15-sentabrda Ispaniya istibdodidan ozod bo\u2018lib, o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qilgan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Milliy Kongressga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Gonduras Liberal partiyasi (GAP), Gonduras sotsialistik partiyasi (GSP), Xristian-Demokratik partiya (XDP).\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Gonduras g\u2018arbiy yarim shaming qashshoq davlatlaridan biridir. Eksportga chiqaradigan mahsulotlari asosan qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari: banan, qahva, shakarqamish, tamaki, sholi. Dehqonchilik qilinadigan yerlarning asosiy qismi yirik yer egalari \u2014 latifundistlarga tegishli. Aholining 9 % i tog\u2018-kon ishlarida mehnat qiladi. 2006-yil Y1M miqdori 20189 mln dollarni (aholi jon boshiga \u2014 2686 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya. Yirik portlari: Puerto- Kortes, Tela, Truxilo, La-Seyba.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0Gondurasning janubiy sohillari 1502-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1523-yilda Alvarado boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomo\u00adnidan istilo qilingan. 1790-yilda Gonduras Gvatemala bilan birlashtirilgan. 1821-yil mustaqillikka erishgach, Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari tarkibiga kirgan. Faqatgina 1839-yil mustaqil davlat shakllantirildi. XX asrda Gonduras bir nechta harbiy diktatura va qonli urushlarni boshidan kechirdi. 1969-yilda Salvadorga qarshi urush harakatlari olib bordi. 1981-yildan fuqaro hukumati hokimiyatni o\u2018z qo\u2019liga oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Gonduras Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tegusigalpa. Hududi \u2014 112100 km.kv. Aholisi \u2013 7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 lempira.\u00a0Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gonduras\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22814","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22814","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22825,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22814\/revisions\/22825"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}