{"id":22841,"date":"2022-03-29T12:59:56","date_gmt":"2022-03-29T09:59:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22841"},"modified":"2022-03-29T12:59:56","modified_gmt":"2022-03-29T09:59:56","slug":"nikaragua","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nikaragua\/","title":{"rendered":"Nikaragua"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Nikaragua Respublikasi. Poytaxti \u2014 Managua. Hududi \u2014 129494 km.kv. Aholisi \u2013 6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katoliklar (95%), protestantlar (5%). Pul birligi \u2014 oltin kardoba.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Shimolda Gonduras (chegara uzunligi 922 km), janubda Kosta-Rika (309 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g\u2018arbda Tinch okeaniga, sharqda Karib dengiziga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1231 km. Sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi esa \u2014 910 km. Nikaragua qirg\u2018oqlari bo\u2018ylab tekisliklar joylashgan. Mamlakat ichkarisidagi hududlarning katta qismini balandligi 2438 m gacha bo\u2019lgan tog\u2018lar va tog\u2018oldi hududlari egallagan. Tog`li hududlardan g\u2018arbdagi tektonik chuqurliklarda yirik ko\u2018llari Nikaragua (80029 m.kv) va Managua joylashgan. Mamlakat g\u2018arbida so\u2018ngan va harakatdagi vulqonlar zanjiri cho\u2018zilib ketgan. Asosiy tabiiy resurslari: oltin, kumush, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, sink, volfram, yog\u2018och, baliq. Mamlakat hududining deyarli yarmini o\u2018tloq va yaylovlar, 35%ini esa o\u2018rmon va to\u2018qayzorlar egallagan. Iqlimi \u2014 shimoli sharqida tropik passat, janubi g\u2019arbida esa subekvatorial issiq. Nikaraguaning sharqiy qismi, qirg\u2019oq bo\u2018ylari qalin tropik doimiy yashil o\u2018rmonlar bilan qoplangan. Ular orasida daraxtlarning qimmatbaho turlari \u2014 qizil daraxtlar (maxagonlar), chirimaydigan nispero, sapodil va boshqalar bor. Tog\u2018laming yuqori qismida sosna va dub o\u2019rmonlari bor. Mamlakat g\u2018arbida savannalar va kserofit to\u2019qayzorlari bor. Nikaraguada juda boy hayvonot dunyosi saqlanib qolgan: bu yerda maymun, kiyik, yovvoyi cho\u2018chqa, tapir, qora ayiq, yaguar, katta iguanalar bor. Juda ko\u2018plab to\u2018tilar, tukan va fazanlar bor. Nikaragua daryolarida ko\u2018plab baliqlar, toshbaqa, timsohlar bor, limontin uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 16 ta ma\u2019muriy rayonlarga bo\u2018lingan. Nikaragua 1821-yil \u00a015-sentabrdan mustaqil bo\u2019lgan (ilgari Ispaniya mustamlakasi bolgan). Bu kun milliy bayram hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Oliy qonun chiqaruvchi organi \u2014 Milliy Assambleya. Yirik siyosiy partiyalari: Sandinochilar milliy ozodlik fronti, Sandinochilar yangilanish harakati, Milliy ittifoq, Konservativ-demokratik partiya, Erkin liberal partiya.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodiyotining militarlashuvi, Amerika savdo-iqtisodiy embargosi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda sandinistlar tomonidan yo\u2018l qo\u2018yilgan xatolar qishloq xo\u2018jaligida va sanoatda ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelgan. Bu esa aholi turmush darajasining pasayishiga, shuningdek, tashqi qarzlarining o\u2019sishiga sabab bo\u2018ldi. Ishlab chiqarish sanoatning qishloq xo\u2019jaligi xomashyolarini qayta ishlash, kimyo va to\u2019qimachilik kabi tarmoqlari bilan cheklangan. Qishloq xo\u2019jaligi qahva, shakarqamish, paxta (asosan eksport uchun) yetishtirishga ixtisoslashtirilmoqda. Keyingi yillar davomida hukumat gipperinflyatsiyaga qarshi choralar ko\u2019rmoqda, milliy va\u00adluta qadrini ko\u2019tarishga harakat qilyapti, shuningdek, mamlakat strukturasida qayta qurish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash amalga oshirilmoqda, xususiy-moliyaviy sektor shakllantirilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 YI mamlakat\u00adlari va Lotin Amerikasi.&nbsp; &nbsp;Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 376 km. Avtomobil yo\u2019llarining uzunligi \u2014 15286 km (1598 km qattiq qoplamali yo\u2019llar), ichki suv yo\u2019llari esa 2220 km. Mamlakatning asosiy portlari \u2014 Korinto, Blufilds.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Kolumb tomonidan 1502-yili kashf qilingan hozirgi Nikaragua hududlari Ispaniya mustamlakasiga aylantirildi va 1560-yili Gvatemala superintendantligi tarkibiga kiritildi. 1821-yili mustaqillikni qo\u2019lga kiritganidan so\u2019ng Nikaragua Markaziy Amerika qo\u2019shma provinsiyalari tarkibiga kirdi. 1838-yili to\u2019liq mustaqil bo\u2019lgunga qadar Nikaragua bir qator ichki mojarolarni, shuningdek, chet mamlakatlarning \u2014 Buyuk Britaniyaning 1848-yili va AQSHning 1912-1933-yillarda intervensiyasini boshidan kechirdi. 1936-yildan boshlab mamlakatni Saomosa oilasi boshqardi. 1979-yili u Sandinistlar milliy ozodlik fronti tomonidan ag\u2019darib tashlandi. Sandinistlar hukumatining iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatsizliklari 1990-yilgi prezident saylovlarida muxolifatchilarning g\u2019alaba qozonishlariga va Violetta Chamorroning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo\u2019ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Nikaragua Respublikasi. Poytaxti \u2014 Managua. Hududi \u2014 129494 km.kv. Aholisi \u2013 6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katoliklar (95%), protestantlar (5%). Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nikaragua\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22841","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22841","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22841"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22841\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22853,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22841\/revisions\/22853"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22841"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22841"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22841"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}