{"id":22855,"date":"2022-03-29T13:02:55","date_gmt":"2022-03-29T10:02:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22855"},"modified":"2022-03-29T13:02:56","modified_gmt":"2022-03-29T10:02:56","slug":"salvador","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/salvador\/","title":{"rendered":"Salvador"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 El-Salvador Respublikasi. Poytaxti \u2014 San-Salvador. Hududi \u2013 21,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 7 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 Salvador koloni.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Amerikadagi davlat. Sharq va shimol tomondan Gonduras (chegaraning uzunligi 342 km), g\u2018arb va shimoli g\u2018arbda Gvatemala bilan (203 km) chegaradosh. Mamlakat janubda Tinch okeani, janubi sharqda esa Foneska qo\u2018ltig\u2018i suvlari bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 545 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 307 km. Mamlakat hududi asosan vulqon etaklaridan iborat. Eng baland nuqtasi \u2014 Santa-Ana vulqoni (2381 m). Qirg\u2018oq bo\u2019ylab torgina qirg\u2018oqbo\u2018yi tekisligi cho\u2019zilgan. Uning eni 10-20 km dan oshmaydi. Mamlakatning asosiy daryosi \u2014 Lempa. Asosiy tabi\u00adiy boyliklari: neft va gidroenergetik resurslar. Ishlov beriladigan maydoni \u2014 27%, yaylovlar 29% ni tashkil etadi. \u00a0lqlimi \u2014 tropik. Mamlakatda siyrak past bo\u2018yli daraxtlar (chaparro, mimoza va b.) uchraydigan quruq savannalarga tez-tez duch kelish mumkin; Tinch okeani qirg\u2018oqlarida eman va qarag\u2018ayzor o\u2018rmonlar saqlanib qolgan, qirg\u2018oqqa yaqin yerlarda esa bambukzorlar mavjud. Salvadorda noyob balzamli (malhamli) daraxt- lardan bir necha o\u2018n minglabi o\u2018sadi. Boshqa qimmatbaho turlardan ispan kordi, sariq daraxt, sapodilya, qizil daraxt ham uchraydi. Mamlakatning hayvonot olami ancha xilma-xil. Markaziy Amerika tapiri, chumolixo\u2019r, bo\u2018rsiq, dangasa, jayra va maymunlar ko\u2018p uchraydi, shuningdek, qoplon, puma, otselotlar ham bor, sudraluvchilardan esa bo\u2018g\u2018ma va zaharli ilonlarning boshqa turlari mavjud. Savannalarida kaltakesak, Meksika bug\u2018usi, kayot va xilma-xil mayda kemiruvchilar yashaydilar. Daryolarida timsohlar bor. Qushlarning bir necha yuz xillari (to\u2018tiqush, tukanlar, qarg\u2019alar, yowoyi g\u2018ozlar, kolibrlar va b.) hisobga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat 14 departamentga bo\u2018lingan. Salvador Ispaniyadan mustaqillikni qo\u2018lga kiritishga 1821-yilning 15-sentabridan kurasha boshlagan, biroq faqat 1841-yildagina to\u2018la mustaqillikka erishgan. Milliy bayrami \u2014 &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;15-sentabr \u2014 Mustaqillik kuni. Mamlakat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Oliy qonunchilik organi \u2014 Qonunchilik Assambleyasi (bir palatali parlament). Eng yirik siyosiy partiyalari: Milliy respublika ittifoqi (ARENA), Xristian-demokratik partiya (XDP), Demokratik konvergensiya (FK), Salvador Kommunistik partiyasi (SKP).&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodiyotining asosiy tarmog\u2018i \u2014 qishloq xo\u2018jaligi bo\u2019lib, u ichki milliy ishlab chiqarish (YIM)ning 25% i va eksportning 66% ga yaqinini ta\u2019minlaydi (asosiy eksport mahsuloti \u2014 qahva, u umumiy eksport hajmining 45% ini tashkil qiladi). Boshqa qishloq xo\u2019jalik ekinlari \u2014 shakarqamish, sholi, boshoqli, donli va yog\u2018 olinadigan ekinlar. Oziq-ovqat sanoatidan (YIM \u2014 18%) tashqari to\u2018qimachilik, neft va kimyo sanoati ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Germaniya, Vengriya, Meksika. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 302 km, avtoyo\u2018llar \u2014 10000 km (shundan 1500 km asfaltlangan). Mamlakatning asosiy portlari: Akaxutla, Kutuko, La-Unon.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Avval mayyalar, keyin atsteklar imperiyalarining kattagina qismi bo\u2018lgan hozirgi Salvador hududi ispanlar tomonidan 1523-yili kashf qilingan. Alvarado boshchiligidagi konkistadorlar mahalliy hindularning qariyb hammasini qirib tashladilar, 1528-yili esa San-Salvador va Sonsonate shaharlariga asos soldilar. Salvador to 1821-yilgacha Gvatemala mustamlakasining bir qismi bo\u2018lib, o\u2018sha yili Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. 1823-yili Salvador Markaziy Amerika Birlashgan Hududlari tarkibiga kirdi, toia mustaqillikni esa 1841-yili qo\u2019lga kiritdi. Mustaqillikka erishgandan so\u2018ng mamlakat bir nechta harbiy diktaturalarni boshidan o\u2019tkazdi. Ulaming orasida Martines tuzumi &nbsp;(1933-1944) alohida o\u2018rin tutadi. 1969-yili Salvador bilan Gonduras o\u2018rtasida harbiy mojaro bo\u2018lib o\u2018tdi. 1979-yili mamlakatda hokimiyatni harbiy xunta egallab oldi. Xunta Farabundo Marti nomidagi Milliy ozodlik fronti isyonchilariga qarshi urush olib borishiga to\u2018g\u2018ri keldi. O\u2018n yildan ko\u2018proq davom etgan fuqarolar urushi 75000 kishining o\u2018limi, lagerlarga minglab qamalganlar, shuningdek, jiddiy iqtisodiy inqirozga sabab bo\u2018ldi. 1992-yili qarama-qarshi tomonlar o\u2018rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi mamlakatda demokratiyalashtirish yo\u2018lida ma\u2019lum bir qadamlar qo\u2018yilishiga imkon yaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 El-Salvador Respublikasi. Poytaxti \u2014 San-Salvador. Hududi \u2013 21,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 7 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 Salvador &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/salvador\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22855","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22855","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22855"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22855\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22860,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22855\/revisions\/22860"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22855"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22855"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22855"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}